Oʻzsuvta’minot
„Oʻzsuvtaʼminot“ AJ (ruscha: AO „Узсувтаъминот“, inglizcha: JSC „"Uzsuvtaminot“) “– respublika boʻylab suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada yaxshilash va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish xizmatlarni amalga oshiradigan korxona.
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 26-noyabr, 2019-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 152-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Ahmad Suvonqulov |
Vebsayti | uzsuv.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus, ingliz |
2024-yil 24-yanvar holatiga koʻra, „Oʻzsuvtaʼminot“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 2,3 trillion soʻmni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi „Oʻzsuvtaʼminot“ AJ ning 100 foizlik aksiyalar paketiga egalik qiladi.
Tarixi
tahrir2019-yil 26-noyabrda „Oʻzsuvtaʼminot“ aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5883-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentliginining 2020-yil 9-martdagi 108-sonli buyrugʻiga asosan aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan[1][2].
Rahbariyat
tahrirF.I.Sh | Lavozimi |
---|---|
Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich | AJ boshqaruv raisi[3][4][5] |
Xaydarov Taxir Abidjanovich | AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari |
Raxmatullayev Xurshid Xotamjonovich | AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari |
Yusupov Komilbek Shuxratovich | AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari |
Manbalar
tahrir- ↑ „AHOLINING ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASINI OSHIRISH VA UNING SIFATINI YAXSHILASH UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUV RESURSLARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH VAZIRLIGI HUZURIDAGI ICHIMLIK SUVIDAN FOYDALANISHNI NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
- ↑ „Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli qaroriga asosan “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi“. musaffo.uzsuv.uz. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
- ↑ „Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” raisi v.b. bo‘ldi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
- ↑ „“Oʻzsuvtaʼminot” AJ raisi vazifasini bajaruvchi tayinlandi“. platina.uz. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.