Oʻqquloq koʻrshapalaklar
(O‘qquloq ko‘rshapalaklardan yoʻnaltirildi)
Oʻqquloq koʻrshapalaklar — silliq burun koʻrshapalaklar urugʻi. Quloq suprasi 4 sm gacha. Bir necha turi bor. Gʻarbiy Osiyo va Shim. Afrikaning quruq iqlimli hududlarida tarqalgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda oqqorinli Oʻqquloq koʻrshapalaklar uchraydi. Oʻqquloq koʻrshapalaklar uchun qoyalar yorigʻi va imoratlar pana joy boʻladi. Tunda faol.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |