OKMK sport majmuasi tahrir

OKMK sport majmuasi – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi oʻyingoh. U Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida joylashgan[1].

Katta futbol maydoni tahrir

Fayl:OKMK katta stadioni.jpg
OKMK katta stadioni

2013-yilda foydalanishga topshirilgan sport majmuasi xalqaro standartlarga javob beradi. Respublikamizda yagona gibrid maydon hisoblangan oʻyingohda 12 ming sonli muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan katta futbol maydoni mavjud. Ushbu futbol maydoni 105x79 metrni tashkil qiladi. Oʻyingohda har biri 30 nafardan futbolchi va murabbiylarga moʻljallangan jami toʻrtta kiyim almashtirish xonasi sportchilar xizmatida. U yerda yumshoq oʻrindiqlar, kiyim-kechaklar uchun maxsus shkaf, yuvinish xonasi, massaj xonasi va boshqa qulayliklarga ega zarur sharoitlar yaratilgan.

Yopiq maydonlar tahrir

OKMK sort majmuasida ikkita yopiq sport maydoni (70x38 metr) ham mavjud boʻlib, har biri 500 oʻrinli muxlislarga moʻljallangan tribunalardan iborat. Ularning birida AGMK futzal jamoasining sport musobaqalari oʻtkaziladi. Ikkinchisida esa, kurash, kikboksing, boks va boshqa sport musobaqalari oʻtkaziladi. Yopiq sport maydonining ichida ham kiyim almashtirish, yuvinish, massaj xonalari mavjud.

Tennes maydoni tahrir

OKMK sport majmuasida standart talablar asosida qurilgan tennis maydoni ham mavjud. Ikki taraflama tribunada 1000ga yaqin muxlis sportchilar mahoratidan zavq olishi mumkin. Bundan tashqari, standart oʻlchamdagi[2] ikkita basketbol va tennis mashgʻuloti maydoni hamda sunʼiy qoplamali maydon yosh sportchilarni yetishtirishda qoʻl kelmoqda.

OKMK sport majmuasi koʻplab nufuzli xalqaro sport musobaqalari, respublika, viloyat miqyosidagi katta tadbirlar, bayram konsertlariga mezbonlik qilib keladi.

Bu yerda shugʻullanayotgan sport jamoalari nafaqat viloyat, respublika balki, jahon arenalarida ham muvaffaqqiyat qozonib kelishmoqda.

Jumladan, futzal boʻyicha AGMK jamoasi, basketbol boʻyicha AGMK ayollar jamoasi, Voleybol boʻyicha AGMK erkaklar jamoasi, futbol boʻyicha AGMK erkaklar jamoasi va “AGMK-women” ayollar jamoalari Respublika va Osiyo va Sharqiy Osiyoda munosib o’rinlarni qo’lga kiritib kelishmoqda.

Manbalar tahrir

  1. https://www.agmk.uz/oz/news/okmk-sport-majmuasi-chempionlarga-maskani, OKMK sport majmuasi – chempionlar maskani, 26-oktyabr 2022, www.agmk.uz
  2. https://allbasketball.org/232994-razmeri-basketbolnoj-ploschadki.html, РАЗМЕРЫ БАСКЕТБОЛЬНОЙ ПЛОЩАДКИ, 6 ДЕКАБРЯ 2020, https://allbasketball.org/