Tashnov
(Obdondan yoʻnaltirildi)
Tashnov (adan, obdon, ovdan, xadik) — yer osti va yomgʻir suvlarini bir joyga yigʻish uchun shaharlarda quriladigan inshoot (maxsus oʻra, chuqur joy)[1]. Markaziy Osiyodagi sardobalarning bir turi. Asosan, oʻrta asrda Ozarbayjonda keng tarqalgan. Odatda, meʼmorlik majmuasining, bogʻ yoki parklarning bir qismi sanaladi. Shakli va hajmi muayyan joyning tuzilishi, geologik sharoiti va relyefiga qarab turli xil boʻlgan. Tashnov suvidan shahar aholisi turli maqsadlarda foydalangan. Koʻpincha suv ombori, hovuz ovdan deb yuritiladi.[2]
Hovli sahnidagi kir oʻrani, xora poygohidagi qoʻl yuviladigan maxsus joyni ham tashnov yoki hadik deb aytiladi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Zohidov 1996, s. 7—8.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
tahrir- Zohidov P. Sh.. Meʼmor olami. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1996 — 238-bet. ISBN 5-89890-116-7.