Obihayot
Obihayot (ruscha: Обихаят) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazrlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[2].
Shaharcha | |
38°32′25″N 66°23′27″E / 38.54028°N 66.39083°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Gʻuzor tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 180310[1] |
|
Etimologiyasi
tahrirShaharcha nomi ob + i + hayot shaklidagi soʻzlar yigʻindisidan tarkib topgan. Obihayot soʻzining for-tojik tilidagi ayni tarjimasi hayot suvi va tiriklik suvi degan maʼnoni anglatadi. Obihayot bu ichiladigan, yerni sugʻoradigan suv yoki buloq, anhor suvi, shuningdek, daryo yoki kanal suvi maʼnolarini anglatadi. Aniqroq qilib aytganda, obihayot yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun foydalaniladigan oqar suv deganidir. Obihayot ham ayni anhor, kanal, katta ariq boʻyida joylashgan, yangidan bunyod etilgan aholi yashash punkti hisoblanadi. Avvaliga shunchaki nomlangan bu nom keyinchalik rasmiy-maʼmuriy tarzda qoʻllanila boshlangan[3].
Joylashuvi
tahrirObihayot shaharchasi Qashqadaryo viloyati Gʻuzro tumanining sharqiy qismida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari Shoʻrbuloq (shimoli-sharq), Boʻlakadir (shimoli-gʻarb), Oqpaykal (gʻarb) shahrchalaridir. Obihayot shaharchasining shimoliy qismidan Gʻuzordaryo oqib oʻtadi. Shaharcha yaqinida Pachkamar suv ombori joylashgan. Shaharcha Adirlik ustida qad rostlagan.
Aholisi
tahrirAholini roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra, Obihayot shaharchasida 2013-yil 1-yanvarda 2237 nafar, 2016-yilda esa 2300 nafar aholi istiqomat qilgan[4].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar, shuningdek qozoq, qoraqalpoq, tojik va boshqa millat vakillari tashkil etadi.
Iqlimi
tahrirObihayot shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, oʻrtacha yillik harorat 16° C ga teng. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 1,9° C, eng past harorat —23° C. Iyul oyining oʻrtacha harorati 26,6° C, eng yuqori harorati 46° C ga teng.
Yogʻin miqdori
tahrirShaharchada oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 285 mm ni tashkil etadi. Yogʻinning asosiy qismi bahor va qish fasllarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 272 kunga teng.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 187-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 153-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.