Ochiq bozor
Ochiq bozor — tovarlarning boshqa yerdan erkin keltirilib va chegaralanmagan miqsorda oldi-sotdi qilinishi. Xalqaro bozor oʻz tabiati bilan ochiq bozor, unda hamma mamlakatlar qatnasha oladi. Ochiq bozor xorij mollari uchun ochiq boʻlgan milliy va davlatlararo (mintaqaviy) bozordir. Ochiq bozor boj toʻlovi bilan himoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar cheklanmay oqib keladi. Ochiq bozor ayrim tovarlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Milliy bozor bir tovar uchun ochiq boʻlsa, boshqasi uchun yopiq boʻlishi mumkin. Ochiq bozorning oʻziga xos muayyan sharoitlari ham bor. Yevropa Ittifoqi bozori unda ishtirokchi mamlakatlar uchun toʻla ochiq, lekin boshqa mamlakatlar uchun qisman ochiq[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |