Ogʻirlik markazi
(Og`irlik markazidan yoʻnaltirildi)
Ogʻirlik markazi - qattiq jism bilan muntazam bogʻlangan nuqta; jism zarralariga taʼsir etuvchi ogʻirlik kuchlarining teng taʼsir etuvchisi shu nuktadan oʻtadi. Simmetriya markazi mavjud boʻlgan bir jinsli jismlar (doira, shar, kub va boshqalar) da ogʻirlik markazi shu simmetriya markazida yotadi. Boshqa jismlarning ogʻirlik markazi turli joyda (masalan, toʻgʻri chiziqning ogʻirlik markazi oʻrtasida, parallelogrammning ogʻirlik markazi diagonallari kesishgan nuqtada, uchbur-chakniki medianalari kesishgan nuktada va hokazo) boʻladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |