Ogava (yaponcha: 小川村 Ogava-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1074 ta xonadonda 2585 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 44 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 58,11 kvadrat kilometr (22,44 mi²) ni tashkil etadi. Ogava Yaponiyadagi eng goʻzal qishloqlar roʻyxatiga kiritilgan.

Ogava

小川村
Qishloq
Skyline of Ogava
Ogava
Bayroq
Ogava
Gerb
36°37′2″N 137°58′29″E / 36.61722°N 137.97472°E / 36.61722; 137.97472
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 58.11 km2 (22.44 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
2 585
Zichligi 44 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 026-269-2323
Ogava xaritada
Ogava
Ogava
Furusato Land Ogawa

Geografiyasi

tahrir

Ogavabqishlogʻi Nagano prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida, togʻlar orasida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Qishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, qisqa kechadigan issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Ogavada oʻrtacha yillik harorat 10,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1273 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,3 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ogava aholisi soni 1950-yildagi eng yuqori choʻqqiga nisbatan toʻrtdan uch qismdan koʻproqqa kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19408,846—    
19509,436+6.7%
19608,283−12.2%
19706,163−25.6%
19805,132−16.7%
19904,133−19.5%
20003,62−12.4%
20103,046−15.9%
20202,215−27.3%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Ogava hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Kita-Ogava va Minami-Ogava qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Ikki qishloq birlashib, 1955-yil 1-aprelda Ogava qishlogʻini tashkil qilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Ogava iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, birinchi navbatda sholi yetishtirish va bogʻdorchilikka asoslanadi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Ogavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Ogavada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl

tahrir
  • Milliy yoʻnalish 406

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir
  • Furusato Land Ogava, oʻlkashunoslik muzeyi

Galereya

tahrir
Ogava shahridagi jamoat binolari (zamonaviy va tarixiy) koʻrinishi

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir