Okan Aydın (Turkcha: [oˈkan ajˈdɯn], 1994-yil 8-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi, Avstriyaning TSV Hartberg klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasi sobiq aʼzosi.

Okan Aydın
Aydın Eskişehirsporda, 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-may 1994-yil (1994-05-08) (29 yosh)
Tavallud joyi Leverkusen, Germaniya[1]
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
TSV Hartberg
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2002 SV 07 Setterich
2002-2012 Bayer Leverkusen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2013 Bayer Leverkusen II 28 (5)
2012-2013 Bayer Leverkusen 1 (0)
2013-2014 Eskişehirspor 1 (0)
2014-2017 Rot-Weiß Erfurt 98 (12)
2017-2018 Chemnitzer FC 19 (0)
2019-2020 Viktoria Berlin 0 (0)
2019Austria Klagenfurt (ijara) 15 (4)
2019-2020 Austria Klagenfurt 29 (12)
2021-2022 Wacker Innsbruck 31 (6)
2022- TSV Hartberg 7 (0)
Milliy terma jamoa
2009-2010 Germaniya U16 5 (2)
2010-2011 Germaniya U17 21 (5)
2012 Germaniya U18 1 (0)
2013 Turkiya U19 11 (2)
2013 Turkiya U20 3 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 16-aprel uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

2012-yilda Aydın Bayer 04 Leverkuzenga yoshlar safidan oʻtdi va 2012-yilning oktyabr oyida „Mainz 05“ bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Simon Rolfes oʻrniga maydonga tushib Bundesligada debyut qildi. 2013-yilning 6-sentyabrida „Eskişehirspor“ga uch yillik shartnoma asosida kelib qo‘shildi[2]. Turk klubida oʻzini koʻrsata olmagani va 2013—2014-yilgi mavsumda atigi bir marta maydonga tushganidan soʻng, Okan Germaniyaga qaytib keldi va 3.Liga vakili FC Rot-Weiß Erfurttaga qoʻshildi. U yerda Okan ikki yillik uzaytirish bandi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[3].

2020-yil sentabr oyida Okan Avstriyaning Klagenfurt klubidan Xitoyning birinchi ligasi vakili Jiangxi Liansheng FCga o‘tdi[4].

2022-yilning 14-yanvarida Okan Avstriya Futbol Bundesligasida TSV Hartberg bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi[5].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Aydın 2013-yili 19 yoshgacha boʻlgan Turkiya milliy terma jamoasi safida Turkiyaning Mersin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Turkiyani himoya qilgan. Aydin, shuningdek, 2011-yilgi U17 Jahon chempionatida Germaniya safida boʻlgan. Jamoa yarim finalda yakuniy chempion va mezbon Meksikaga qoʻshimcha vaqtdagi dramatik oʻyinda magʻlub boʻldi. Germaniya uchinchi oʻrinni oldi[6].

Shaxsiy hayoti tahrir

Aydınning ukasi Anıl Aydın ham professional futbolchi[7].

Manbalar tahrir

  1. „Okan Aydin“. worldfootball.net. Qaraldi: 2013-yil 16-sentyabr.
  2. „Eskisehirspor sign Bayer 04 Leverkusen winger Okan Aydin“ (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 16-sentyabr.
  3. „Rot-Weiß verpflichtet Okan Aydin“ (German). Rot-Weiß Erfurt (2014-yil 1-sentyabr). 2014-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-sentyabr.
  4. „Klagenfurt-Kicker wechselt nach China“ (German). laola1.at (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  5. TSV Hartberg (2022-yil 14-yanvar). „Okan Aydin verstärkt die Hartberg-Offensive“ (de). Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  6. „Gomez the hero for mighty Mexico“. FIFA.com (2011-yil 7-iyul). 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-may.
  7. Jung, Kevin. „FCK nimmt FC-Talent Anil Aydin unter Vertrag“ (de). liga3-online.de (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.

Havolalar tahrir