Okan Buruk (1973-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi . Hozirda u Superliganing „Galatasaroy“ klubi bosh murabbiyi. Sobiq yarim himoyachi sifatida „Galatasaroy“, "Inter", „Beshiktosh“ va „Istanbul BB“ klublarida oʻynagan. U Turkiya terma jamoasi safida 56 marta maydonga tushgan.

Okan Buruk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Okan Buruk
Tavallud sanasi 19-oktyabr 1973-yil (1973-10-19) (50 yosh)
Tavallud joyi Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.69 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Galatasaray (Murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
?-1984 Karadeniz İdman Ocağı
1984—1991 Galatasaray
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—2001 Galatasaray 189 (33)
2001—2004 Inter Milan 24 (2)
2004—2006 Beşiktaş 43 (1)
2006—2008 Galatasaray 19 (2)
2008—2010 İstanbul B.B. 28 (0)
Milliy terma jamoa
1989—1990 Turkiya U16 5 (0)
1990—1992 Turkiya U18 28 (4)
1992—1995 Turkiya U21 13 (1)
1992—2010 Turkiya 56 (8)
Boshqargan klublari
2013—2014 Elazığspor
2014—2015 Gaziantepspor
2015—2016 Sivasspor
2016—2017 Göztepe
2017—2018 Akhisarspor
2018—2019 Çaykur Rizespor
2019—2021 İstanbul Başakşehir
2022- Galatasaray
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Okan Buruk 1991—2001-yillarda Turkiyaning „Galatasaroy“ klubida toʻp surgan, olti marta Turkiya Superligasi va 1999—2000-yillarda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan. U shuningdek, 2000-yilgi UEFA Superkubogini qoʻlga kiritish uchun "Real Madrid"ni 2:1 hisobida magʻlub etgan Galatasaroyning oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Inter Milan tahrir

2001-yilda u va jamoadoshi Emre Italiya A Seriyasining „Inter“ klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda uch yil oʻynagan. 2001-yil 26-avgustda Okan „Perudja“ga qarshi oʻyinda debyutini Seedorfning oʻrniga maydonga tushib oʻtkazgan. U „Inter“ safida Chempionlar ligasidagi ilk oʻyinini 2002-yil 25-sentyabrda „Ayaks“ga qarshi uy oʻyinida oʻtkazgan.

2001-yil 21-oktabrda Terim boshchiligidagi „Milan“ga qarshi derbida Okan Kallonga golli uzatmani amalga oshirgan.

Okan oʻzining birinchi golini 89-daqiqada urgan va jamoasiga 2002-yil 16-noyabrda " Roma "ga qarshi safar oʻyinida 2:2 hisobida durang oʻynashga yordam bergan. Okan toʻxtovsiz yuguruvchi futbolchi boʻlgan.

Beshiktosh tahrir

U „Beshiktosh“ safida ikki mavsum oʻynagan va 2006-yilda Turkiya kubogini qoʻlga kiritgan.

Galatasaroyga qaytish tahrir

2006-yilning iyul oyida Okan ikki yillik shartnoma imzolab, sobiq jamoasi Galatasaroyga qaytgan. 2007-08-yilgi mavsumda Superliga gʻolibi boʻlganidan soʻng uning shartnomasi uzaytirilmagan va Okan klubni tark etgan.

İstanbul Başakşehir tahrir

"Galatasaroy" bilan shartnomasi tugagach, Okan 2008-yilning iyul oyida Istanbul BB jamoasiga kelib qoʻshilgan va ikki yildan soʻng faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyat tahrir

Okan Turkiya terma jamoasi safida 56 oʻyinda maydonga tushib, UEFA Yero 2000 va 2002 FIFA Jahon chempionatida mamlakatni himoya qilgan. U Arnhemda Italiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganida Turkiyaning yevrodagi ilk golini kiritgan. Okan 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham ishtirok etgan, ammo jarohati tufayli u uchinchi oʻrin uchun pley-offda mezbon Janubiy Koreyaga qarshi 3:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatidan soʻng Okan professional murabbiyga aylangan. 2018-yilning 10-mayida u „Akhisarspor“ klubini oʻz tarixidagi ikkinchi sovrini 2017-18-yilgi Turkiya kubogigacha olib kelgan[1].

„Akhisarspor“dan keyin u 2018-yildan 2019-yilgacha „Chaykur Rizespor“ni boshqargan, 2019-yil 11-iyun kuni İstanbul Başakşehirning yangi bosh murabbiyi boʻlgan. Oʻzining birinchi mavsumida Buruk klubni birinchi liga chempionligiga olib kelgan.

2021-yil boshida u Superliganing 2020-21-yilgi mavsumida uning boshqaruvidagi klub tomonidan bir qator yomon natijalarga erishganidan soʻng, „oʻzaro kelishuv“ asosida İstanbul Başakşehirni tark etgan[2].

Galatasaroy tahrir

2022-yil 23-iyunda Okan sobiq jamoasi Galatasaroyga murabbiy etib tayinlangan[3].

Shaxsiy hayoti tahrir

U asli Trabzonlik. 2007-yil 3-iyulda model va sobiq Turkiya goʻzali gʻolibi Nihan Akkush bilan oila qurgan. Uning akasi Fuat ham professional futbolchi va hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi[4].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Galatasaray 1991-92 1. Lig 1 2 1 2
1992-93 15 0 1 0 1 0 17 0
1993-94 2 0 2 0 4 0
1994-95 20 0 5 1 2 0 27 0
1995-96 28 1 3 0 2 0 33 1
1996-97 16 3 1 0 2 0 19 3
1997-98 24 3 8 1 2 0 34 4
1998-99 28 11 6 2 8 1 42 13
1999-00 28 8 5 1 15 3 48 12
2000-01 26 2 3 0 14 0 43 2
Jami 188 30 32 5 39 3 259 38
Internazionale 2001-02 A Seriya 7 0 1 0 3 0 11 0
2002-03 15 2 7 0 22 2
2003-04 3 0 2 4 0 9 0
Jami 24 2 0 0 14 0 38 2
Beşiktaş 2004-05 Süper Lig 22 0 4 2 26 2
2005-06 21 1 3 0 5 1 29 2
Jami 43 1 0 0 7 2 50 3
Galatasaray 2006-07 Süper Lig 15 1 4 0 3 1 22 2
2007-08 4 1 2 0 2 0 8 1
Jami 19 2 6 0 5 1 30 3
İstanbul BB 2008-09 Süper Lig 17 0 1 0 18 0
2009-10 11 0 2 0 13 0
Jami 28 0 3 0 31 0
Karyerada jami 302 35 3 0 65 5 369 40

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Turkiya 1992 1 0
1998 3 0
1999 5 0
2000 8 2
2001 9 2
2002 7 2
2003 9 1
2004 9 0
2005 4 1
2010 1 0
Jami 56 8

Yutuqlar tahrir

Futbolchilik tahrir

Galatasaroy

  • UEFA Superkubogi : 2000-yil
  • UEFA kubogi : 1999-2000
  • Superliga : 1992-93, 1993-94, 1996-97, 1997-98, 1998-99, 1999-2000, 2007-08
  • Turkiya kubogi : 1992-93, 1995-96, 1998-99, 1999-2000

Beshiktosh

  • Turkiya kubogi : 2006-yil

Turkiya

Murabbiylik tahrir

Akhisarspor

  • Turkiya kubogi : 2017-18

İstanbul Başakşehir

Manbalar tahrir

  1. „Kupa tarihinin 15. şampiyonu oldu!“.
  2. „Başakşehir parts way with coach Okan Buruk after Trabzon defeat“. Daily Sabah.
  3. „Yuvana hoş geldin Okan Buruk!“. Galatasaray S.K. (23-iyun 2022-yil). Qaraldi: 23-iyun 2022-yil.
  4. „Alican Buruk Orhangazispor'da“ (19-noyabr 2013-yil). 2013-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Crouch, Terry. The World Cup - The Complete History. Great Britain: Aurum Press Ltd, 2002 — 548 bet. ISBN 1845131495. 
  6. „2002 FIFA World Cup Korea/Japan™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
  7. „Korea Republic 2 – 3 Turkey“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.