Olatogʻ, Olatov – koʻp yillik qrr va muzliklari xdmda balandlik mintaqalari boʻlgan togʻlar. Baland togʻlarda doimiy qorlar oppoq, yalangʻoch qoyalar esa qoramtir, oʻtloqlar yam-yashil boʻlib koʻrinadi. Olatogʻ togʻlar nomini ham bildiradi. Masalan, Jungʻariya Olatovi, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Talas Olatovi, Qirgʻiziston Olatovi, Olatogʻ soʻzidagi „ola“ turkiy tillardagi ala (ola, ola bula, gulli) soʻzidan kelib chiqqanligi aniq seziladi. Lekin moʻgʻulcha ola („togʻ“) soʻzidan kelib chiqqan degan taxminlar ham bor. Boshqa variantida „ola“ arabcha „oliy“ (baland) soʻzidan olingan fikrlar ham mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil