Oleg Valeryanovich Fuks (1948-yil 16-oktyabr — 2021-yil 17-mart)[1] — SSSR va oʻzbekistonlik regbichi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy[2]. Oʻzbekistonda va Rossiyada regbi sportini rivojlantirishda[1][3] hamda Oʻzbekiston SSRning eng kuchli va taniqli regbi oʻyinchilarini tarbiyalashda munosib hissasini qoʻshgan mohir murabbiy.

Oleg Valeryanovich Fuks
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Rossiya
Tavallud sanasi 1948-yil 16-oktabr
Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 2021-yil 17-mart
Rossiya
Faoliyat yillari 1993-2021
Sport
Qaysi sport Regbi
Medallar
“Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni

Hayoti tahrir

U oʻyinchi sifatida Oʻzbekiston SSRning koʻp karra chempioni va SSSR chempionatlari ishtirokchisi. Toshkent politexnika instituti jamoasida oʻynagan. Oʻyinchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng, Toshkentning „Zvezda“ va Kaliningradning „Vest-Zvezda“ klublarida murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettirgan[4]. Keyinchalik u Shchelkovskiy tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻqituvchi-murabbiy boʻlib faoliyat yuritdi[2], shuningdek Moninning Harbiy Havo kuchlari akademiyasi (HHKA) „HHKA-Podmoskovye“ klubida murabbiylik qilib klub oʻyinchilarini nufuzli chempionatlarga tayyorlagan[5]. Uning eng taniqli shogirdlari — Denis Kukishyev („Strela“)[6], Aleksandr Gudok („Lokomotiv-Penza“) va Artyom Marchenko („HHKA-Podmoskovye“)[7].

Klubdagi faoliyati tahrir

Toshkent politexnika institutida oʻz faoliyatini boshlagan. Universitet jamoasini nufuzli musobaqalarda munosib himoya qilib, koʻplab musobaqa va chempionatlarda sovrindorlar qatorida oʻrin egallashida munosib hissasini qoʻshgan. Jamoadoshlari va murabbiylari orasida tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan barchaning koʻnglidan joy olgan qadrli sportchi boʻlishi bilan bir qatorda, yaxshi doʻst va malakali sportchi sifatida muhlislari koʻnglidan ham oʻrin egallagan. Eʼtiborli jixati shundaki, u faoliyati davomida barcha musobaqalarda eng yaxshi oʻyinchi sifatida eʼtirof etilgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

  • Zvezda (Toshkent) (1993-yil — 1995-yil)
  • Vest-Zvezda Kaliningrad (1995-yil — ?)
  • umrining oxiriga qadar Shchelkovskiy munitsipal tumanining BOʻSMda regbi boʻyicha oliy toifali murabbiy-oʻqituvchilik qilgan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir