Olga Valeryevna Yujnaya (1979-yil 26-aprel, Krasnogorsk, Toshkent viloyati) – rossiyalik basketbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Rossiya terma jamoasi tarkibida 2003-yilda Yevropa chempioni, 2005-yilda Yevropa chempionati kumush medali sohibi.

Olga Valeryevna Yujnaya
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 1979-yil 26-aprel
Krasnogorsk, Toshkent viloyati
Boʻyi 172 sm
Vazni 60 kg
Sport
Qaysi sport basketbol
Pozitsiyasi himoyachi

Biografiyasi

tahrir

Olga 7 yoshidan ota-onasining koʻmagi va tavsiyasi bilan basketbol bilan shugʻullanishni boshlagan[1]. U VBM-SSAU jamoasi tarkibida 2002—2003-yilgi mavsumda mamlakat vitse-chempioniga aylangan. Oʻshanda Olganing jamoasi faqatgina UMMC jamoasiga yutqazgan edi. Oradan bir yil oʻtgach, u Rossiya chempionati, Rossiya kubogi va Jahon ligasida gʻolib chiqqan. 2005-yilning yozida UMMC jamoasiga koʻchib oʻtgan. Olga u yerda bir mavsum oʻynagan va oʻzining sobiq klubi VBM-SSAUga yutqazib, vitse-chempion boʻlgan bo'lsada, jamoasi bilan Yevroligada gʻolib boʻlgan. 2006-yilda u Moskvaning Dinamo klubiga oʻtgan, ammo bironta ham sovrin yuta olmagan. 2008-yilda esa Spartakda oʻynash uchun Sankt-Peterburgga joʻnab ketgan.

Olga Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida 2003-yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozongan, uchta oʻyinda 6 daqiqa maydonda harakat qilgan va Belgiyaga qarshi oʻyinda bir marta toʻpni savatchaga tushirgan[2]. 2005-yilgi Yevropa chempionatida esa 8 oʻyinda 29 ochko toʻplagan holda kumush medalni qoʻlga kiritgan Olga 10 ta ribaund, 3 ta toʻp oʻtkazib yuborish va 6 ta golli uzatmani qayd etgan[3].

Yutuqlari

tahrir

Klublarda

tahrir
  • Rossiya chempioni (2004, 2005)
  • Rossiya vitse-chempioni (2003)
  • Rossiya kubogi gʻolibi (2004)
  • Jahon chempionati gʻolibi (2003)
  • Yevroliga chempioni (2005)
  • Jahon ligasi chempioni (2004)
  • Ukraina chempioni (2001, 2002)
  • Sloveniya chempioni (2000)

Terma jamoada

tahrir
  • Yevropa chempioni (2003)
  • Yevropa vitse-chempioni (2005)

Shaxsiy hayoti

tahrir

Olganing akasi professional futbolchi, otasi va onasi esa murabbiy boʻlgan. 2005-yil 3-iyun sanasida Olga VBM-SSAU klubi prezidenti Andrey Ishchukning sobiq qoʻriqchisi Aleksey Firsovga turmushga chiqqan[4]. Olganing eng sevimli filmi „Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi“ hisoblanadi. U oʻzbek, ukrain va rus taomlarini sevib isteʼmol qiladi. Ingliz, rus, sloven, fransuz va oʻzbek tillarida soʻzlasha oladi. „Bratya Grim“ va „Gosti iz budushego“ guruhlarini sevib tinglaydi[5].

Manbalar

tahrir