Olim Muzafarovich Muxamedov (1973-yil 9-iyun, Buxoro, O‘zbekiston SSR) — oʻzbek boks murabbiyi, 2000-yildan Buxoro viloyatida boks bo‘yicha katta murabbiy, 1989-yil yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi.

Olim Muxamedov
Tavalludi 9-iyun 1973
Italiya 2013-yil

Biografiyasi tahrir

1973-yil 9-iyunda O‘zbekiston, Buxoro shahrida tavallud topgan. U 1983-yilda murabbiy Rustam Xayitovich Kamolov rahbarligida boks bilan shug‘ullana boshlagan.

1987-, 1988-, 1989-yillarda „Mehnat zahiralari“ DSO O‘zbekiston kengashining yigitlar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan.

1989-yil yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi.

1991-yilda Tojikiston ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi va boks bo‘yicha „SSSR sport ustasi“ meʼyorini bajardi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Mehnat faoliyatini 1993-yilda Buxoro shahar 10-o‘smirlar sport maktabida boks bo‘yicha murabbiy sifatida boshlagan. 1995-yildan „Olimpiya zaxiralari“ davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boks bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlab kelmoqda.

2000-yildan Buxoro viloyatida boks bo‘yicha katta murabbiy.

2008-yildan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

2007-yilda Prezidentimiz farmoni bilan „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy“ faxriy unvoni berilgan.

2009-yilda Prezident Farmoni bilan „Mehnat Shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.

2010-yilda u Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) murabbiylar komissiyasiga saylangan.

2014-yilda boks boʻyicha Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

2019-yilda u boks boʻyicha Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

2021-yildan hozirgi kunga qadar boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Uning shogirdlari orasida Abbos Atoyev, Fazliddin G‘aibnazarov, Nodir G‘ulomov, Shaxram G‘iyosov, Rajab Rahmatov, Fozil Fayziev, Suxrob Bobonazarov, Sardor Yormuhamedov, Ulug‘bek Muxammedov kabi turli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari nomdor sportchilar bor.

Murabbiylik yutuqlari tahrir

2022-yilning 14—26-noyabr kunlari Ispaniyaning Alikante shahridagi La Nusiya shahrida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) shafeligida 2022-yilgi IBA yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi[1]. Unda O‘zbekiston terma jamoasi mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor 5 ta oltin medal va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi[2].

Manbalar tahrir

  1. „Olim Muxamedov“ (olamsport.com). 2023-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  2. „Boks: Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Ispaniyadagi jahon chempionatiga joʻnab ketdi“ (xabardor.uz). 2023-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.