Olimjon Toʻychiyev

oʻzbek davlat arbobi

Olimjon Alijonovich Toʻychiyev — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. Turin universiteti rektori.

Olimjon Alijonovich Toʻychiyev
 Turin Universiteti rektori
Mansab davri
2024-yil 10-yanvar – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Jamshid Inoyatxoʻjayev
 Innovatsion rivojlanish agentligi
direktori
Mansab davri
2023-yil 18-yanvar – 2024-yil 10-yanvar
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-iyul 1991-yil (1991-07-02) (32 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

1991-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tugʻilgan[1].

Maʼlumoti tahrir

2010—2015-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bakalavriatura talabasi. 2016—2018-yillarda shu universitet magistraturasi talabasi. 2016—2017-yillarda Germaniyaning Xoxenxaym universiteti talabasi.

Mehnat faoliyati tahrir

2014-yilda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektoratida ish yurituvchi sifatida faoliyatini boshlaydi. Shu yilning oʻzida universitetning texnopark boʻlimi texnigi, foydalanish texnik boʻlimida komendant bo'lib ishlaydi. Keyinchalik universitet texnopark boʻlimi muhandisi etib tayinlanadi va ushbu lavozimda 2016-yilga qadar faoliyat yuritadi.

2017-yilda universitet texnopark boʻlimi yangi loyihalar boʻyicha muhandisi etib tayinlanadi. Shu yili Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari[2] lavozimiga tayinlanadi.

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish boshqarmasi boshligʻi[3] etib tayinlanadi.

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari[4] lavozimiga tayinlanadi va shu bilan birga Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisolashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati direktori vazifasini ham bajaradi.

2021-yilda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori[5] lavozimiga tayinlanadi.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimida ishlagan.

2024-yil 10-yanvarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektori etib tayinlangan[1][6].

Mukofotlari tahrir

2013-yilda ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, oʻzbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratgani uchun „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir