Oliver! – 1838 yilda chop etilgan Charles Dickensning "Oliver Twist" romani asosida va 1960-yildagi Lionel Bartning xuddi shu nomdagi sahna asari asosida 1968-yilda sur’atga olingan Britaniya tarixiy musiqiy drama filmi.

Oliver!
Rejissyor(lar) Carol Reed
Prodyuser(lar) John Woolf
Ssenariynavis(lar) Vernon Harris
Qaysi asarga
asoslangan

Lionel Bartning 1960-yildagi musqasi

Charles Dickensning 1837-yilgi Oliver Twist romani
Kinematografiya Oswald Morris
Muharrir(lar) Ralph Kemplen
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi 26-sentyabr, 1968-yil
Davomiyligi 153 daqiqa
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Byudjeti 10 million dollar
Daromadi 77.4 million dollar

Carol Reed filmda rejissyorlik qiladi va u "Vernon Harris", "Food, Glorious Food", "Consider Yourself", "As Long as He Needs Me", "I’d Do Anything", "You’ve Got to Pick a Pocket or Two", "Where Is Love?" kabi musiqiy asarlarni oʻz ichiga oladi.

Filmda Ron Moody, Oliver Reed, Harry Secombe, Shani Wallis, Jack Wild, Mark Lesterlar bosh rollarni ijro etga. U Surreydagi Shepperton Film Studiosida Romulus va John Woolf spektali asosida sur’atga olingan va Columbia Pictures kompaniyasi tomonidan butun dunyoga chiqarilgan.

41-Oskar mukofotida 1968-yilgi „Oliver!“ oʻn bitta Akademiya mukofotiga nomzod boʻldi va oltita, jumladan, eng yaxshi film, Carol Reed eng yaxshi rejissyor va Onna White faxrli xoreograf mokofotini qoʻlga kiritdi. 26-Oltin Globus marosimida film ikkita Oltin globusni qoʻlga kiritdi.

Britaniya Film Institute „Oliver!“ni 20-asrning 77-buyuk Britaniya filmi reytingiga kiritdi! 2017-yilda Time Out jurnali uchun 150 nafar aktyor, rejissyor, yozuvchi, prodyuser va tanqidchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra film tarixdagi eng yaxshi Britaniya filmlari reytingida 69-oʻrinni egalladi[1].

Rollarda tahrir

Teatr kassasi tahrir

Film AQSh va Kanada prokatlarida 10,5 million dollar va butun dunyo boʻylab 77,5 million dollar ishladi[2][3]. Buyuk Britaniyada film Londondagi Leicester Square teatrida 90 hafta davomida qoʻyilib, 2 million dollarga yaqin daromad keltirgan[4]. Oʻsha paytda uni butun mamlakat boʻylab 5 million kishi koʻrgan.

Nominatsiyalar tahrir

Oliver!, Columbia Picturesning boshqa eng yaxshi film nominatsiyasi „Funny Girl“ bilan birgalikda jami 19 ta Oskar mukofotini qoʻlga kiritdi, bu esa bir yilda bir studiyadan eng koʻp musqiy nominatsiyasi boʻldi.

Oliver! Eng yaxshi film uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritgan soʻnggi G-reytingli[5] film boʻldi.

  1. „The 100 best British films“ (Archive.is saytida 3 April 2019 sanasida arxivlangan). Time Out. Retrieved 26 October 2017
  2. „Box Office Information for Oliver!“. The Numbers. 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-yanvar.
  3. „Box Office and Business for Oliver!“. IMDb. 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-yanvar.
  4. 'Oliver' Ends London Run; 'Julius Caesar' Replaces“. Variety. 10 June 1970. 29-bet.
  5. All ages admitted – General audiences.