Oliver Batista Meier (2001-yil 16-fevralda tugʻilgan) — germaniyalik professional futbolchi, 2.Bundesliga klubi Dynamo Drezdenda yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1]. Germaniya terma jamoasining yoshlar terma jamoasi aʼzosi. Oliver Braziliya vakili boʻlish huquqiga ega.

Oliver Batista Meier
Batista Meier Bayern Munich bilan 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-fevral 2001-yil (2001-02-16) (23 yosh)
Tavallud joyi Kaiserslautern, Germaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dynamo Dresden
Raqami 37
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SV Wiesenthalerhof
0000-2016 1. FC Kaiserslautern
2016—2019 Bayern Munich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2022 Bayern Munich II 43 (16)
2020—2022 Bayern Munich 1 (0)
2020—2021Heerenveen (ijara) 15 (1)
2022- Dynamo Dresden 8 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Germaniya U15 2 (0)
2016—2017 Germaniya U16 8 (2)
2017—2018 Germaniya U17 11 (1)
2019 Germaniya U19 6 (0)
2020- Germaniya U20 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-mart uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Batista Meier 2019-yilning 20-iyulida 3. Ligada „Bavariya II“ safida debyutini oʻtkazdi va jamoa safarda „Würzburger Kickers“ga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi[2]. 2020-yil 30-may kuni Meier asosiy jamoa safida ilk bor maydonga tushdi, bu uning Bundesligadagi debyuti edi, u Allianz Arenada Fortuna Düsseldorf ustidan 5:0 hisobidagi gʻalabaning 78-daqiqasida Serge Gnabryning oʻrniga maydonga tushdi[3].

2020-yil 10-sentabrda Oliver Batista Meier Eredivizionning Heerenveen jamoasiga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[4].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Oliver Batista Meier Germaniya terma jamoasi yoshlari tarkibidan oʻtdi va 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida oʻynadi. 2019-yil noyabr oyida Braziliya U20 terma jamoasidan unga qoʻngʻiroq qilindi va shundan keyin ikkinchi milliy terma jamoasida ishtirok eta olmaydigan boʻldi[5].

Shaxsiy hayoti tahrir

Batista Meier Rhineland-Palatinatening Kaiserslautern shahrida tugʻilgan. Batistaning otasi nemis va onasi esa braziliyalik. U nemis va braziliya portugal tilida gaplashib oʻsgan, ammo hozirda portugal tilida yaxshi soʻzlay olmasligini tan oladi[6][7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

3-dekabr, 2021-yilgi holat boʻyicha[8]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
„Bavariya“ II 2018-19 Regionalliga Bavariya 1 0 1 0
2019-20 3. Liga 18 4 18 4
2021-22 Regionalliga Bavariya 24 12 24 12
Jami 43 16 0 0 0 0 0 0 43 16
„Bavariya“ 2019-20 Bundesliga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Heerenveen (ijara) 2020-21 Eredivizion 15 1 0 0 15 1
Jami faoliyati 59 17 0 0 0 0 0 0 59 17

Yutuqlari tahrir

„Bavariya“

Individual

  • Fritz Walter medali : U17 kumush medali 2018-yilda

Manbalar tahrir

  1. „SGD verpflichtet Oliver Batista Meier“ (olmoncha). Dynamo Dresden (3-yanvar 2022-yil). 3-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2022-yil.
  2. „Würzburger Kickers – Bayern München II -:- (3. Liga 2019/2020, 1. Round)“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL (20-iyul 2019-yil). Qaraldi: 20-iyul 2019-yil.
  3. „Bayern Munich v Fortuna Düsseldorf“. theguardian.com. The Guardian (30-may 2020-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  4. „Bayern-talent Batista Meier op huurbasis naar Fryslân“ (niderlandcha). sc-heerenveen.nl. SC Heerenveen (10-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  5. „Seleção Brasileira Sub-20 é convocada para jogos com Peru e Colômbia“ (portugalcha). cbf.com.br. CBF (12-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  6. „Who is Oliver Batista Meier, Bayern Munich’s half-Brazilian teenage winger?“ (inglizcha). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  7. „Oliver Batista Meier“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 20-iyul 2019-yil.
  8. Oliver Batista Meier Soccerway saytida. Qaralgan sana: 9-yanvar 2020-yil.