Oliver George Arthur Watkins (30-dekabr 1995-yilda tug'ilgan) - angliyalik professional futbolchi, u Premier League klubi Aston Villa va Angliya milliy jamoasida markaziy hujumchi rolida to'p suradi.

Ollie Watkins
Watkins Aston Villa safida 2021-yildan beri o'ynaydi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oliver George Arthur Watkins
Tavallud sanasi 30-dekabr 1995-yil (1995-12-30) (28 yosh)
Tavallud joyi Torquay,Angliya
Boʻyi 5 fut 11 inches (1.80 m)[1]
Ampluasi Markaziy hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aston Villa
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2014 Exeter City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2017 Exeter City 68 (21)
2014–2015Weston-super-Mare (ijara) 24 (10)
2017–2020 Brentford 132 (45)
2020– Aston Villa 146 (59)
Milliy terma jamoa
2021– Angliya 12 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19:14, 19-may 2024-yil (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22:10, 3-iyun 2024-yil (utc) uchun)

U Exeter City academy tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2017-yilda Brentfordga ketishdan oldin klubda EFL Young Player of the Year sovrinini qo'lga kiritdi. Uning klubdagi uch yillik faoliyati muvaffaqiyatli bo'ldi, jumladan, 2019-20-yilgi Championshipda eng yaxshi to'purar bo'ldi va 2020-yilda "Yilning chempionat o'yinchisi" maqomiga erishdi. Watkins 2020-yil sentyabr oyida Aston Villa jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Erta hayoti va olgan ta'limi

tahrir

Oliver George Arthur Watkins[2] 30-dekabr 1995-yilda[3] Devonning Torquay shahridagi Torbay shifoxonasida tug'ilgan[4]. U yaqin atrofdagi Nyuton abbot shaxrida o'sgan va Ashburton South Dartmoor Community Collegeda o'qigan [5]. Watkins o'smirlik davrida Arsenal muxlisi bo'lgan [6].

Klubdagi faoliyat

tahrir

Exeter City

tahrir

Boshlang'ich faoliyati

tahrir

Watkins 2003-yilda 9 yoshida klubning ba'zi sinovlaridan o'tganidan so'ng U11 darajasida Exeter City akademiyasiga qo'shildi [7]. U 2012-yilda yoshlar safida stipendiya shartnomasini imzolash uchun ancha harakat qildi va 2013-14-yilda jamoa bilan Futbol ligasi yoshlar ittifoqi Janubiy G'arbiy konferentsiyasini yutgan mavsumida U18 jamoasi safida 30 ta gol kiritganidan keyin 2014-yil aprel klub bilan oyida ikki yillik professional shartnoma imzoladi [8][7][9]. Watkins 2013-14-yilgi mavsum "Hartlepool United"ga qarshi o'tgan Ikkinchi liga yakuniy o'yinida zahiradan tushib o'zining klub safidagi debyutini qildi, jamoasi 2-0 hisobida g'alaba qozongan ushbu uchrashuvda 77-daqiqada Aaron Dawson o'rniga maydonga tushdi [10].Watkins 2014-15-yilgi mavsumining birinchi uch oyida Pol Tisdale tomonidan tez-tez zahiradan maydonga tushurilgan,o'zining birinchi golini(2014-yil 7-oktabr kuni Futbol ligasi trofeyasi doirasidagi Coventry Cityga qarshi 3-1 hisobida mag'lub bo'lgan uchrashuvning ikkinchi bo'limida) kiritganiga qaramay, u jamoa safida boy yo'g'i 3 marta maydonga tushganva 2014-yil dekabr oyida Weston-super-Mare jamoasiga ijara asosida transfer qilingan [11][12][13].

2014-yilning 8-dekabr kuni Watkins Conference South klubi Weston-super-Marega bir oylik ijara asosida o'tadi [14] .Uzaytirilgan ijara muddatidan so'ng [15], Watkins 2014–15- yilgi mavsumning oxirigacha klub safida qoldi[12]. U mavsum davomida muntazam o'yinga tushdi va o'zining klubiga qaytgunga qadar 10 ta gol urdi[16].

2015-2017: Ilk jamoasi

tahrir

2015-16-yilgi mavsumni dastlabki 2 oyida maydonga tushurilmagandan so'ng, Watkins 2015-yil oktyabr oyida futbolchilar ro'yxatiga kiritilgach, liga doirasidagi bahslarda ilk bor ko'rinish berdi[17][18]. Uning 6-dekabr kuni Plymouth Argyle ustidan 2-1hisobida Devon derbisida qozongan g'alabasida urgan goli u uchun debyut gol bo'ldi. Exeter City bilan keyingi o'yinda 2-0 hisobida FA Cupning ikkinchi raunddagi Port Vale ustidan g'alabani qo'lga kiritdi. 2016-yil mart oyida Watkins doimiy asosiy tarkibga kiritilgan. Mart oyida u ajoyib o'yin o'tkazdi, olti o'yinda to'rtta gol urib, Football League oyning eng yaxshi yosh o'yinchisi va PFA muxlislarining oyning eng yaxshi o'yinchisi sovrinlarini qo'lga kiritdi[19][20] .Uning gol urish seriyasi aprel o'rtalariga qadar davom etdi va 10 ta o'yinda 8 ta gol urdi. Watkins 2015-16 yilgi mavsumni 22 ta o'yinda 10 gol bilan yakunladi[18].

Brentford

tahrir

2017-yil 18-iyul kuni Watkins Brentford jamosiga to'rt yillik shartnoma bilan qo'shildi, 1,8 million funt evaziga [21]  .U Brentford safida 8-avgust kuni EFL kubogi birinchi raundida AFC Wimbledon darvozasiga birinchi golini kiritdi [22].

Manbalar

tahrir
  1. „Ollie Watkins: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  2. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  3. „Ollie Watkins: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  4. „From the playing fields of South Devon to England and the World Cup – star footballer Ollie does mum and family proud“. Torbay Weekly. Clear Sky Publishing (2021-yil 25-mart). Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  5. Robertson, Gregor. „Ollie Watkins's mum: I used to drive him to training – then rush back to get on stage“. The Times (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  6. „Ollie Watkins: 'I'm an Arsenal fan – my grandad won't be too happy!'“. Evening Standard (2020-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.
  7. 7,0 7,1 Baker, Derek. „Feature article: Ollie Watkins – one of our own“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  8. „Watkins: "I want to prove what I can do"“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  9. „Exeter City hand professional deals to three young starlets“. Western Morning News (2014-yil 14-aprel). 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-may.
  10. „Games played by Ollie Watkins in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  11. „Ollie Watkins Player Profile“. ESPN FC. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  12. 12,0 12,1 „Brentford FC Get to know Ollie Watkins“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  13. „Games played by Ollie Watkins in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  14. „Exeter City: Ollie Watkins and Matt Jay loaned to Weston-super-Mare“. BBC Sport (2014-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
  15. „Watkins extends loan with Weston-super-Mare“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  16. „O. Watkins: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  17. „Ollie Watkins Player Profile“. ESPN FC. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  18. 18,0 18,1 „Games played by Ollie Watkins in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  19. „EFL Official Website Ollie Watkins named Football League Young Player of the Month“. English Football League. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  20. „Ollie Watkins Wins PFA Player Of The Month For March“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  21. „Brentford agree £1.8m deal to sign Exeter striker Ollie Watkins“. Sky Sports. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  22. „AFC Wimbledon 1–3 Brentford“. BBC Sport (2017-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.