Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi

Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi – Olmaliq shahrida joylashgan, elektrotexnika, konchlik ishi va energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi. 825 oʻringa moʻljallangan.

Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi
Joylashgan yeri
Olmaliq shahri
Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumot
Maktab turi kasb-hunar
Asos solingan sanasi 1973
Direktor Dusimbetov Baxodir Ibragimovich

Tarixi

tahrir

1973-yilda 126-sonli oʻrta-texnika bilim yurti sifatida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ ga malakali ishchi kadrlar tayyorlab berish uchun tashkil etilgan. Toshkent viloyati oʻrta-texnika bilim yurti boshqarmasining 1984-yil 23-avgust sanasidagi 241-sonli buyrugʻiga asosan 17-sonli oʻrta-texnika bilim yurtiga, 1993-yil 15-iyun sanasidagi 91-sonli buyrugʻiga asosan texnika litseyiga, 1997-yil 14-mart sanasidagi 57-sonli buyrugʻiga asosan 10-sonli kasb-hunar maktabiga, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining 2004-yil 27-yanvar sanasidagi 16-sonli buyrugʻiga asosan Olmaliq konchilik kasb-hunar kollejiga, hozirgi kunda Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812 Farmoni[1] bilan Olmaliq Konchilik kasb-hunar kolleji negizida Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi tashkil etilgan.

Umumiy tavsif

tahrir

Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi energetika, elektrotexnika va konchilik ishi yoʻnalishlari boʻyicha Olmaliq shahridagi professional taʼlim muassasasidan biridir[2]. Kasb-hunar maktabida 44 ta oʻquv xonasi, shuningdek, 9 ta oʻquv ustaxonasi, 4 ta innovatsion xona, sport zali, 25262 oʻquv, siyosiy va badiiy adabiyotlarga ega axborot kutubxona markazi, 50 oʻrinli oʻquv zali, 120 oʻrinli faollar zali, 3 ta kompyuter xonasi va 120 oʻrinli oshxona mavjud. Taʼlim muassasasida 1138 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil oladi. Kunduzgi taʼlim muddati 2 yildir.

Tayyorlaydigan kasblari

tahrir
  1. Elektromontyor
  2. Elektrik
  3. Payvandlovchi
  4. Tokar
  5. Laborant-analitik
  6. Foydali qazilmalarni maydalovchi
  7. Rangli metallarni ishlab chiqarish operatori

Manbalar

tahrir
  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  2. „Olmaliq shahar Kasb hunar maktabi“. YouTube. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.