Shimoliy Irlandiya

(Olsterdan yoʻnaltirildi)

Shimoliy irlandiya — Buyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi. Irlandiya o.ning shim.sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 14,2 ming km². Aholisi 1675 ming kishi (1997). Asosiy shahri — Belfast. Maʼmuriy jihatdan 26 okrugga boʻlingan.

SH.I.ning 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixi Irlandiya tarixi bilan uzviy bogʻliq. Bu hududda odamlar mil. av. 6ming yillikdan, kelt qabilalari esa mil. av. 4-asrdan yashay boshlagan. Ilk oʻrta asrlarda bu hudud mustaqil Olster Irland Qirolligining tarkibiga kirgan. 12-asr oxirida rasman ingliz taxtiga tobe boʻlgan boʻlsa ham amalda hokimiyat klan qabilasi boshliklari qoʻlida boʻlgan (qarang Olster, tarixiy viloyat). 16-asrda Irlandiya hududining barcha qismida Angliya hukmronligi oʻrnatilgach, hozirgi Shimoliy Irlandiya hududi Olster viloyati tarkibiga kirgan. 1919—21 yillardagi irland xalqining inglizlarga qarshi olib borgan milliy ozodlik urushi natijasida 1921-yil imzolangan AngliyaIrlandiya shartnomasiga koʻra, Buyuk Britaniya Irlandiyaning katta qismiga dominionlik huquqini berdi (1949-yildan Irlandiya Respublikasi), ammo Sh.I. hududidagi hukmronligini saqlab qoldi. Irlandiyaning ana shu ajratib olingan qismida rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi tarkibida muxtor viloyat (Shim. Irlandiya) tashkil etildi.[1]

Manbalar tahrir

  1. „Shimoliy Irlandiya“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil