Olxoʻri sharbati
Olxoʻri sharbati – tabiiy holda suvda qaynatilgan yoki quritilib qaynatilgan olxoʻri mevalaridan tayyorlanadigan ichimlik. Sharbat odatda past darajali qaynash haroratida tayyorlanadi, parhez ichimlik sifatida tavsiya qilinadi. Baʼzi tamaki mahsulotlari, kokteyllar tarkibiga qoʻshiladi[1][2].
Tarkibi
tahrirOlxoʻri sharbati tarkibida 81% suv, 17% uglevodlar, 0.6% protein va oz miqdorda yogʻ mavjud. AQShda shisha yoki maxsus idishda konservalangan olxoʻri sharbatida quritilgan olxoʻridan qolgan qattiq moddalarning ogʻirligi 18.5% ni tashkil qiladi[3].
Oziqa miqdori
tahrirOlxoʻri sharbatining 100 gr miqdori 71 kilokaloriyani beradi. Mikroelementlardan B6 vitamini kunlik qiymatning 17% ini tashkil qiladi. Tarkibidagi fitokimyoviy moddalardan fenol birikmalari (xlorogen va neoxlorogen kislotalar) hamda sorbitol mavjud[4].
Ishlab chiqarilishi
tahrirOlxoʻri sharbati asosan issiq ekstraksiya usulida ishlab chiqariladi. Bu jarayonda olxoʻri mevalari past haroratda uzoq vaqt qaynatiladi. Suyuq ekstraktga aylangach sharbat hosil boʻla boshlaydi. Quyuq qismidan ajratib olish uchun bir necha marta filtrdan oʻtkaziladi. Olxoʻri sharbati barcha mintaqalarda ommaviy ishlab chiqariladi[5].
Olxoʻri sharbatidan konsentrat (qoʻshimcha modda) tayyorlashda ham foydalaniladi. Bunda suyuq sharbat ekstrakt hosil qilish uchun past haroratda koʻp miqdorda shakar qoʻshilib, qayta qaynatiladi. Shuning uchun uning tami juda shirin boʻlib, koʻproq oziq-ovqat mahsulotlariga maza berish, pecheniye va tortlarda namlikni ushlab turish va shirin taʼm berish uchun ishlatiladi[6].
Dorivorligi
tahrirOlxoʻri sharbati asosan surgi dori sifatida buyuriladi. Yengil ich qotishi holatlarida tabiiy ichni suruvchi vosita boʻlib hizmat qiladi[7]. 1990-yillarda AQSh oziq-ovqat va farmasevtika tashkiloti tomonidan oddiy olxoʻri sharbati samarali surgi dori sifatida tasdiqlangan[8].
Tarixi
tahrirDastlab olxoʻri sharbati tijorat maqsadida 1934-yilda AQShda tayyorlangan[9]. Oʻsha vaqtda u atigi 40 000 dona ishlab chiqarilagan[10].
Matbuotda oʻrni
tahrirStar Trek kompaniyasi tomonidan yaratilgan Yesterday’s Enterprise epizodida Klinton qahramoni Wolf Guinanni olxoʻri sharbati bilan tanishtiradi. U bu ichimlikni „jangchilar ichimligi“ deb nomlaydi va keyingi epizodlarda muntazam ravishda ichib boshlaydi[11]. Suits serialida Louis Litt (Aktori Rick Hoffman) ham olxoʻri sharbatini isteʼmol qiladi[12].
Manbalar
tahrir- ↑ „Prune Juice - Purple Dragon Cocktail Recipe“.
- ↑ „Constipolitan Drink Recipe - Cocktail“.
- ↑ Varzakas, T.; Labropoulos, A.; Anestis, S. (2012). Sweeteners: Nutritional Aspects, Applications, and Production Technology. CRC Press. p. 187. ISBN 978-1-4398-7673-2. Retrieved March 15, 2019.
- ↑ Stacewicz-Sapuntzakis, M; Bowen, PE; Hussain, EA; Damayanti-Wood, BI; Farnsworth, NR (2001). "Chemical composition and potential health effects of prunes: a functional food?". Critical Reviews in Food Science and Nutrition 41 (4): 251–86. doi:10.1080/20014091091814. PMID 11401245.
- ↑ Tressler, D. K.; Joslyn, M. A. (1954). The chemistry and technology of fruit and vegetable juice production. Avi Pub. Co. p. 40. Retrieved March 15, 2019.
- ↑ „Additives in tobacco products: Prune Juice Concentrate“. 2012. German Cancer Research Center.
- ↑ Stacewicz-Sapuntzakis, M; Bowen, PE; Hussain, EA; Damayanti-Wood, BI; Farnsworth, NR (2001). „Chemical composition and potential health effects of prunes: a functional food?“. Critical Reviews in Food Science and Nutrition. 41 (4): 251–86. doi:10.1080/20014091091814. PMID 11401245. S2CID 31159565.
- ↑ Atherton, Matt (February 13, 2019). „Stomach bloating – the 80p fruit juice to get rid of trapped wind pain and tummy aches“. Daily Express. Retrieved March 21, 2019.
- ↑ Canning Trade. Canning Trade, inc. 1966. Retrieved March 15, 2019.
- ↑ Tressler, D. K.; Joslyn, M. A. (1954). The chemistry and technology of fruit and vegetable juice production. Avi Pub. Co. p. 40. Retrieved March 15, 2019.
- ↑ James Van Hise (1992), Trek: The Next Generation, p. 111, ISBN 1-55698-353-0
- ↑ Ethan Phillips, William J. Birnes (2012), Star Trek Cookbook, p. 126, ISBN 978-1-4516-8696-8