Ominaxon Omonova
Ominaxon Ergashevna Omonova (1957.21.8, Andijon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1977). 1977-yildan Andijon shahridagi 27-maktabda tarix oʻqituvchisi, 2001-yildan Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi Kuygan-yor akademik litseyida huquqshunoslik fani oʻqituvchisi. Yosh avlodga bilim berishda turli metodik qoʻllanmalardan foydalanadi. Maktabda fan kabineti tashkil etib, zamonaviy oʻquv qurollari bilan jihozlagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |