Omma — oddiy qilib tushuntirilganda, „olomon“, „omma“ va „avom“ soʻzlari insonlarning maʼlum jihatlardagi mushtaraklik (milliy, kasbga doir, jinsiy va hokazo) tufayli birlashishini anglatadi[1]. Psixologik nuqtai nazarga koʻra, bu soʻzning ahamiyati baland. Barcha insonlarning gʻoya va hislari mushtaraklik kasb eta boshlagan nuqtada, insonning tafakkurga ega boʻlgan shaxsiyati yoʻqolib boradi. Tafakkur tarzi bir xil shaklga kirgan odamlar jamoasini tashkiliy omma deb atash mumkin.

Ommaning xususiyati

tahrir

Shaxsiy tafakkur tarzi yoʻqolib, hislar va gʻoyalar bir xil shaklga kirishi ommaning asosiy xususiyatlaridan biridir.

Ammo bu doim ham omma tarkibidagi shaxslarni bir vaqtning oʻzida bitta joyda boʻlishi kerakligini anglatmaydi.

Boshqa bir tomondan, butun boshli millat maʼlum taʼsirlar oqibatida ommaga aylanib qolishi mumkin.

Ommaning tafakkurga taʼsiri

tahrir

Ommaning fikrlash tarzini aniqlik bilan tushuntirib berish mushkul, chunki uning ayrim jihatlari nafaqat millatga qarab balki ommaning tabiatiga qarab ham farqlanishi mumkin. Shaxslarning hayot tarzi, yashash manzili va xarakteri qanday boʻlmasin, ularning ommaga birlashishi ular yolgʻiz va alohida boʻlganda tuyadigan hislari, oʻylaydigan fikrlari va harakatlaridan umuman farqli oʻy his va harakatlarni amalga oshirishiga olib keladi. Baʼzi bir gʻoya va hislar faqat ommaviy koʻrinishdagina mavjud boʻlib, harakat maqomiga oʻta oladi.Ommada umumiy xususiyatlarning ustunlik qilishi omma tafakkur qobilyati nima uchun baland boʻlmasligini izohlaydi.

Omma va shaxs

tahrir

Deylik, har biri turli sohalarda boʻlgan, turfa xil odamlar toʻplanib ommaga doir qaror chiqardi. Shu holatda, qaror chiqargan insonlarning barchasi oʻz sohasida yetakchi mutahassislar boʻlishiga qaramay, ularning qarorni bir toʻda ahmoq tomonidan chiqarilgan qarorga nisbatan ustun koʻrib boʻlmaydi. Agar ommani tashkil etgan shaxslarning barchasida mavjud turli xususiyatlar qoʻshilsa, umuman yangi hislatlar vujudga keladi.

Shaxs ommadan ajralib turishga harakat qilsagina, u alohida yuksak darajada rivojlanishi mumkin. Ommadan ajralib turadigan mashhur shaxslar, olimlar, tadbikorlar, shifokorlar va boshqa kasb egalari doimo oʻz fikrlariga, dunyoqarashlariga ega boʻladilar. Shuningdek ularning rivojlanishida ommadan ajralib turadigan teran ish bilan shugʻulanish malakasi alohida oʻrin tutadi.

Masalan, „Microsoft“ kompaniyasi bosh ijrochi direktori Bill Geyts yiliga ikki marta „Tafakkur haftaligi“ga vaqt ajratar, hafta davomida oʻzini hamma narsadan ajratib qoʻyar, vaqtini oʻqish va katta gʻoyalar haqida fikrlash bilan oʻtkazardi[2].Uning va boshqa taniqli shaxslarning ommadan ajralib turishining sababi aynan ularning ommadan farqli boʻlgan xususiyatlaridir.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Lebon, Gustav. "Omma psihologiyasi". Toshkent: "Yoshlar matbuoti" — 18-bet-bet. ISBN 978-9943-20-712-7. 
  2. Kel, Nyuport. "Diqqat". Toshkent: "Asaxiy books" — 8-bet-bet. ISBN 978-9943-23-167-2.