Ommaviy qirgʻin qurollaridan mudofaa

Ommaviy qirgʻin qurollaridan mudofaa — qoʻshin, aholi va mamlakat xalq xoʻjaligi obʼyektlarini dushmanning yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollari taʼsiridan himoya qilishda qoʻllaniladigan chora-tadbirlar kompleksi. Bunda individual himoya vositalari, transheyalar, maxsus jihozlangan pana joylardan foydalaniladi, epidemiyaga qarshi va boshqa tibbiy tadbirlar, dezaktivatsiya, degazatsiya hamda umumdavlat mudofaa tadbirlari koʻriladi (qarang Fuqaro mudofaasi).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil