On Arid Ground
„On Arid Ground: Political Ecologies of Empire in Russian Central Asia“ (tarjimasi „Qurgʻoqchil yerda: Rossiya [bosib olgan] Markaziy Osiyoda imperiyaning siyosiy ekologiyasi“) — Jennifer Keating qalamiga mansub kitob. Keating oʻzi mustaqil yozgan ilk yirik asar[1]. 2022-yil Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. Kitobda Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoni bosib olganidan to Sovet Ittifoqi oʻrnatilguniga qadar boʻlgan davrda mintaqada sodir boʻlgan ijtimoiy va ekologik oʻzgarishlar haqida soʻz boradi. Asarni yozishda Keating Sankt-Peterburgdagi Rossiya davlat tarixi arxivi, Olmaotadagi Qozogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi materiallaridan foydalangan, ammo Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy arxivi materiallaridan foydalana olmagan[2].
Muallif(lar) | Jennifer Keating |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i |
tarix antropologiya |
Nashr etilgan sanasi | 2022 |
Nashriyot | Kembrij universiteti nashriyoti |
Sahifalar soni | 268 |
ISBN | ISBN 978-0-192-85525-1 |
„On Arid Ground“ tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Davisdagi Kaliforniya universiteti xodimi Ian W. Campbell Keatining Rossiya imperailizmining ekologik taʼsirini mahorat bilan ochiqlab berganini olqishladi[1]. Oksford universiteti qoshidagi New College xodimi Alexander Morrison esa kitob nafaqat Markaziy Osiyoni oʻrganuvchi olimlar, balki Yevropa kolonializmi tarixiga qiziqadiganlar uchun ham muhim asar ekanligini taʼkidladi[2]. Har ikki muallif Keating faqat paxta sanoati bilan cheklanmay, boshqa tabiiy resurslarni ham tahlil qilganini olqishladi.
Ayni damda, Campbell ayrim argumentlar yetarlicha asoslab berilmaganini tanqid qildi. Morrison esa kitob nisbatan qisqa ekanligiga eʼtiroz bildirdi, ammo buni inglizcha manbalar ozligi bilan izohlash mumkinligini taʼkidladi. Shuningdek, Campbell ham, Morrison ham Keatingni boshqa ekologiya tarixchilari kabi hayvonlar va jonsiz tabiatni „faol agent“ oʻlaroq tasvirlaganini tanqid qildi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Campbell, Ian W. (1-sentyabr 2024-yil). „Jennifer Keating. On Arid Ground: Political Ecologies of Empire in Russian Central Asia “. The American Historical Review (inglizcha). 129-jild, № 3. 1225–1226-bet. doi:10.1093/ahr/rhae221.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ 2,0 2,1 Morrison, Alexander (14-iyun 2024-yil). „On Arid Ground: Political Ecologies of Empire in Russian Central Asia, by Jennifer Keating“. The English Historical Review (inglizcha). 139-jild, № 596. 278–280-bet. doi:10.1093/ehr/ceae023.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()