Ona — Maksim Gorkiyning 1906–yilda AQShdagi sayohati davomida yozilgan roman[1]. Unda inqilobiy fikrlaydigan ishchilar tasvirlanadi. Gorkiy oʻzining ushbu romanini eng omadsiz asarlaridan biri deb hisoblagan. Chunki zamonaviy tanqidchilar koʻpincha uni tanqid qilishgan, badiiy kamchiliklarini koʻrsatishgan, shu bilan bir qatorda uni Gorkiyning inqilobdan oldingi romanlari ichida eng muhimi deb ham atashgan. Roman esa hali hamon yozuvchining eng mashhur asarlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Ona
Мать
Asosiy maʼlumotlar
Janr roman
Muallif Maksim Gorkiy
Orginal tili ruscha
Yozilgan sana 1906
Nashriyot Appletonʼs Magazine
Ona (roman)

Syujeti

tahrir

Voqea hodisalari taqdiri fabrikada ishlash bilan bogʻliq boʻlgan Rossiya qishlogʻi ishchilarining 20-asr boshlaridagi hayot yoʻli orqali tasvirlanadi. Chilangar bevasi Pelageya Nilovnaning oʻgʻli Pavel Vlasov ichishni tashlab shahardan olib kelingan kitoblarni oʻqiy boshlaydi. Keyinchalik atrofiga oʻzi kabi ichkilikni tashlagan doʻstlarini yigʻadi. Vlasovning doʻstlari orasida sotsialistik internatsionalizm gʻoyalarini targʻib qiluvchi ukrainalik Andrey Naxodkani va qarashlari Pavelning qarashlaridan farq qiladigan dehqon Mixail Ribinni ajratib koʻrsatish mumkin (Richard Friborn uni anarxist deb ataydi; Gorkiy keyingi davrda Naxodka rolini kamaytirdi)[2]. Zavodda ishchilarning ogʻir ahvoli haqida varaqalar paydo boʻladi. Pavelning onasi avvaliga uning bu faoliyati bilan faxrlanadi, ammo keyinchalik undan qoʻrqadi. Uyda tintuv oʻtkaziladi, lekin hech narsa topilmaydi. Pavelning doʻstlaridan biri Andrey hibsga olinadi. Zavod ish haqidan ushlab qolishni joriy qiladi. Pavel norozilik namoyishini uyushtirishga harakat qiladi, biroq ishchilar unga ergashishmaydi va uning oʻzi ham boshqalar singari hibsga olinadi. Pelageya Nilovna endi varaqalarni oʻzi yetkazib berishni boshlaydi.

Pavel va Andrey qamoqdan chiqib 1-may namoyishni uyushtirishadi. Rasmiylar tomonidan tarqatib yuborilgach, ikkalasi ham yana qamoqqa tushishadi. Pelageya Nilovna esa tashviqot ishlarini davom ettiradi va oʻgʻli bilan ham koʻrishib turadi. Pavelning qamoqdan qochishini uyushtirib berishga harakat qiladi, lekin Pavel buni rad etadi.

Sud jarayoni boʻlib oʻtadi, uning natijasida barcha ayblanuvchilar manzillariga yuboriladi. Maxfiy tashkilot aʼzolari Pavelning nutqini chop etishga qaror qilishadi va Pelageya Nilovna varaqalarni boshqa shaharga olib ketishga chaqiriladi. Vokzalda bir odam unga sal-pal tanish koʻrinadi va uni sud va qamoqxonada koʻrganini eslaydi. Ona ishlari fosh qilinganini tushunadi. Bir kishi uni oʻgʻirlikda ayblaydi, u esa siyosatchilardan biri boʻlgan oʻgʻlining nutqini olib borayotganidan gʻazab bilan javob beradi va odamlarga varaqalar tarqatmoqchi boʻladi. Ammo jandarmlar uning gapirishiga imkon bermay ushlab olishadi.

Yaratilish tarixi

tahrir

Roman 1906–yilda Rossiyada davom etayotgan inqilob vaqtida yozuvchining Amerika Qoʻshma Shtatlariga safari chogʻida yozilgan va keyinchalik muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Muallif bu asarda inqilobiy ruhni qoʻllab-quvvatlamoqchi boʻlgani va uni „targʻibot maqsadida“ yozganini tan olgan. Bosh qahramon Pavel Vlasovning prototipi inqilobiy ruhga ega ishchi Pyotr Zalomov boʻlib, kitobda tasvirlangan voqealar 1902 yildagi 1-may Sormovo namoyishi voqealariga asoslangan. Gorkiy asarning davomini yozishni maqsad qilgan. Yakuniga yetmay saqlanib qolgan „Oʻgʻil“ qoralamalarida Pavel Vlasov bosh qahramon boʻlishi oʻylab qoʻyilgandi. Ushbu reja qisman Исповедь hikoyasida oʻz ifodasini topgan.

Zalomova Gorkiyning uzoq qarindoshi boʻlib, uni birinchi marta bolaligida, oilasiga tashrif buyurganida koʻrgan. Bundan tashqari, Sormovo tumani Gorkiyning ona shahri Nijniy Novgorodda joylashgan[3].

Xristian motivlari

tahrir

Romanda „xudo qurish“ va adabiy xushxabar gʻoyalari aks etgan. Gorkiy Bibliya tasvirlaridan foydalangan holda qahramonlarni goh farishtalar, goh havoriylar bilan taqqoslab, bosh qahramonni esa Masih bilan qiyoslagan. Bosh qahramonning oʻgʻli Pavelning ismi havoriy Pavelga ishora qiladi. Masihni shaxsan bilmagan Pavelning qayta tugʻilishi vahiy bilan boshlangani kabi, Pavel Vlasov ham imonsizlikdan „yangi nasroniylikka“ ishonuvchiga, oddiy ishchidan partiya rahbariga aylanadi. Biroq, bibliyada keladigan amrlar qahramonlarni juda qattiq oʻylantiradi va natijada, bu hikoya tufayli Gorkiyning oʻziga qarshi kofirlik aybi qoʻyilib, jinoiy ish ochiladi[1][4].

Musiqada

tahrir

1956-yilda Tixon Xrennikov roman syujeti asosida „Ona“ operasini yozdi. Premyera esa katta teatrida boʻlib oʻtdi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „ГОРЬКИЙ“ (ru). Православная энциклопедия. 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-aprel.
  2. The Russian Revolutionary Novel: Turgenev to Pasternak (en). Cambridge University Press, 1985. 0521317371. 
  3. Encyclopedia of the World Novel, Companion to literature. Infobase Learning, 2015 — 1409-bet. 9781438140735. 
  4. „Евангелие от Максима | Literaturniy institut imeni A. M. Gorkogo“. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.