One day
One day – 2011-yilda suratga olingan film. Janri: romantik, drama. Rejissyor Lone Scherfig tomonidan David Nichollsning 2009-yilda nashr etilgan xuddi shu nomdagi romani asosida yozuvchining oʻzi tomonidan yaratilgan ssenariy asosida yaratilgan. Filmda bosh rollarni Anne Hathaway va Jim Sturgess, ikkinchi darajali rollarni Patricia Clarkson, Ken Stott va Romola Garai ijro etgan. 2011-yil 19-avgustda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Focus Features hamda 2011-yil 24-avgustda Buyuk Britaniyaning Universal Pictures kinokompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.
One day | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Lone Scherfig |
Ssenariynavis(lar) | David Nicholls |
Qaysi asarga asoslangan |
David Nicholls romani asosida |
Rollarda |
Anne Hathaway Jim Sturgess Patricia Clarkson Ken Stott Romola Garai |
Sharhlovchi(lar) | Benoît Delhomme |
Bastakor(lar) | Rachel Portman |
Muharrir(lar) | Barney Pilling |
Studiya(lar) |
Random House Studio Film4 Productions Color Force |
Distribyutor |
Focus Features (AQSh) Universal Pictures (Birlashgan Qirollik) |
Chiqarilgan sanasi |
2011-yil 8-avgust (New York City premiere) 2011-yil 19-avgust (Amerika Qoʻshma Shtatlari) 2011-yil 24-avgust (Birlashgan Qirollik) |
Davomiyligi | 108 daqiqa |
Mamlakatlar |
AQSh Birlashgan Qirollik |
Til | ingliz |
Byudjeti | $15 million |
Daromadi | $59 million |
Syujeti
tahrirFilm Dexter Mayhew hamda Emma Morleyning 20 yildan ortiq vaqt mobaynida aynan bir kun, yaʼni 15-iyul, St. Swithin kunida sodir boʻlgan voqealarni tasvirlaydi. 1988-yil 15-iyul sanasida Dexter va Emma Edinburg universitetini tamomlashganidan soʻng, platonik kechani birga oʻtkazishadi va „shunchaki doʻst boʻlishga“ kelishib olishadi.
Oradan bir yil oʻtgach, Dexter Emmaga yozuvchi boʻlishi uchun Londonga koʻchib oʻtishiga yordam beradi. 1990-yilga kelib, u muvaffaqiyatga erisha olmaydi va Meksika restoranda ofitsiant boʻlib ishlaydi. U yerda Emma komediya ustasi bilan uchrashadi. Ayni paytda, Dexter boshqa qizlar bilan aloqada boʻladi va dunyo boʻylab sayohat qiladi. U 1991-yil 15-iyulda Emmaning yoniga tashrif buyuradi va birga dam olishni taklif qiladi. Dexter va Emma 1992-yilda Fransiyaga boradilar. Ular bir-birlariga befarq emasliklariga qaramay, Emma Dexterning faoliyati davomida erishayotgan yutuqlarini rad etadi. 1993-yilga kelib, Dexter shov-shuvli tungi shoulardan biriga muvaffaqiyatli teleboshlovchiga aylanadi.
1994-yil 15-iyulda Dexter onasi saraton kasalligiga chalinganini eshitgach, ota-onasining yoniga tashrif buyuradi. Kechki ziyofatdan mast holda qaytgan ogʻlini koʻrgan ota bundan gʻazablanadi. Onasi esa oʻglini bu holda koʻrib hayratlanmaydi va hali ham yaxshi insonga aylanmaganligini taʼkidlaydi. Aynan oʻsha kecha Dexter Emma bilan uchrashadi va ular bir-birlari bilan aloqa qila boshlaydilar.
1995-yilga kelib, Emma maktab oʻqituvchisi Ian bilan yashay boshlaydi, biroq Emma erining dangasaligidan juda gʻazablanadi. Dexter boshlovchilik qiladigan yangi shou unga omadsizlik olib keladi. 1996-yil 15-iyulda kechki ovqat uchun Emma bilan uchrashgan Dexter kokain isteʼmol qiladi va boshqa bir ayol bilan munosabatda boʻlgan holda Emmani haqoratlaydi. Dexter Emmani haligacha yoqtirishiga qaramay, unga yomon munosabatda boʻladi va Emmaga nisbatan tuygʻularining barchasi allaqachon oʻtib ketganligini aytadi.
Oradan ikki yil oʻtgach, Dexter televideniyedagi karerasidan ayriladi va 1999-yilda Sylvie bilan jiddiy munosabat oʻrnatadi. Ayni shu paytga kelib Emma Ian bilan ajrashadi. Ian Deksterga hasad qiladi va aynan shu sababdan ham u bilan uchrashishga qaror qiladi. 2000-yil 15-iyulda Emma va Dexter birgalikda doʻstlarining toʻyida ishtirok etishadi. Dexter multimillionerga aylangan eski xonadoshi Calumdan ish taklifini oladi. Emma Dexterga oʻzining kitobini nashr ettirishi uchun shartnoma imzolaganini aytadi. Dexter esa Emaga yaqin orada Sylvia bilan turmush qurishlarini va u tez orada ota boʻlishini yetkazadi. Dexter va Emma aynan shu onda yana qayta doʻstlashib oladilar.
2001-yilga kelib, Dexter xotini Sylvia oʻzining doʻsti Calum bilan ishqiy munosabatda boʻlganidan bexabar edi, aynan shu yilda Emmaning kitobi nashr etiladi. Ikki yil oʻtib, Sylvia bilan ajrashgan Dexter Parijda istiqomat qiluvchi muvaffaqiyatga erishgan yozuvchi Emmaning yoniga tashrif buyuradi. Emma bu paytda fransuz yigit bilan munosabatlar oʻrnatginini Dexterga aytgach, umidsizlikka tushgan Dexter ortga qaytib ketadi. Emma esa bu orqali Dexterning unga qaytishini xohlagan edi. Nihoyat, bir-birlariga kerak ekanliklarini anglagan Emma va Dexter ortga qaytishadi va boʻsa olgan holda oʻzlarining ishqiy munosabatlarini boshlashadi.
Emma va Dexter 2004-yilda unashtirilishadi va oila qurishadi. Dexter Angliyada kafe ochadi, Sylviadan tugʻilgan qizi Jasminega ushbu kafe vasiyligini topshiradi. Shuningdek, Emma bilan ham farzandli boʻlishga urinishadi. 2006-yil 15-iyulda Emma velosipedda ketayotgan bir paytda uni yuk mashinasi qattiq urib yuboradi va u voqea joyida vafot etadi. Emmaning oʻlimidan chuqur qaygʻuga botgan Dexter turli yomon illatlarga ruju qoʻyadi. Yillar davomida Sylvia, Jasemine, otasi va hattoki, baxtli oila qurgan va bir necha farzandning otasiga aylangan Ian ham Dexterni yupatib kelishadi. Ian Dexterning oldiga keladi va Emma hamisha uning yonida porlaganini va uning shunday baxtga erishishiga Dexter sababchi ekanligini aytadi.
2011-yil 15-iyulda Dexter Jasemine bilan Edinburgdagi Artur oʻrindigʻiga tashrif buyuradi. Film 1988-yilgi voqealarni tasvirlaydi: ular birgalikda oʻtkazgan birichi kechadan soʻng, Dexter dastlab Emmaning bir kunni u bilan oʻtkazish taklifini rad etadi, lekin keyinchalik u bu fikrini oʻzgartiradi. Ular Artur oʻrindigʻiga koʻtarilishadi va doʻst boʻlib qolish oʻrniga kechagi tunda „boshlagan ishlarini tugatish“ga qaror qilishadi. Uyga qaytgach, ular koʻchada Deksterning ota-onasini uchratishadi va ular shunchaki doʻst ekanliklarini aytishadi. Shundan soʻng, Emma ortiga qaytadi, birozdan soʻng esa Dexter Emmaning ortidan chopib boradi va uning telefon raqamini soʻragan holda yana uchrashishga kelishishadi.
Rollarda
tahrir- Anne Hathaway Emma Morley rolida
- Jim Sturgess Dexter Mayhew rolida
- Romola Garai Sylvie Cope rolida
- Rafe Spall Ian rolida, Emmaning komedik yigiti
- Ken Stott Steven rolida, Dexterning otasi
- Patricia Clarkson Alison rolida, Dexterning onasi
- Jodie Whittaker Tilly rolida, Emmaning universitetdagi doʻsti
- Tom Mison Callum rolida, Dexterning universitetdagi doʻsti
- Jamie Sives Mr. Jamie Hazeel rolida
- Toby Regbo Samuel Cope rolida, Sylviening akasi
- Georgia King Suki Meadows rolida, Dexterning mashuqasi
- Matt Berry Aaron rolida
- Matthew Beard Murray Cope rolida, Sylviening akasi
- Heida Reed Ingrid rolida
- Amanda Fairbank Hynes Tara rolida
Ishlab chiqarish
tahrirFilm Random House Films va Focus Features hamkorligida suratga olingan hamda Film4 Productions blan birgalikda moliyalashmoqda[1].
Aktrisa Anne Hathawayning soʻzlariga koʻra, film ssenariysi unga yashirincha berilgan, chunki filmning suratga olish ishlari Buyuk Britaniya boʻlib oʻtganligi uchun rejissor Scherfig bosh rolni ijro etish uchun amerikalik aktrisalarni taklif qilmagan. Aktrisa ushbu filmda nega aynan u rol ijro etishi kerakligini rejissorga tushuntirish maqsadida Londonga uchib kelgan. Anne Hathaway keyinchalik oʻzining Scherfig bilan uchrashuvini „Bu hayotimdagi eng yomon uchrashuv… Men shunchaki hech narsa deyolmadim“, deya taʼkidlaydi. Lekin aktrisa keta turib Scgerfig tinglashi kerak boʻlgan qoʻshiqlar roʻyxatini yozib qoldiradi va „Men siz bilan menga aynan nima kerakligini aniq gaplasha olmadim. Ammo bu qoʻshiqlar nima demoqchiligimni sizga tushuntira oladi“, deydi. Scherfig ushbu qoʻshiqlarni tinglaydi va filmda bosh roliga Anne Hathawayni taklif qiladi[2].
Filmning asosiy suratga olish ishlari 2010-yilning iyul oyida boshlangan boʻlib, Shotlandiya, Angliya va Fransiyada olib borilgan[1]. Film 2010-yilning avgust oyida Edinburgda, Dexter va Emma birinchi marotaba uchrashgan shaharda suratga olingan[3]. Filmni suratga olishda, shuningdek, turli diqqatga sazovor joylar, jumladan, Artur oʻrindigʻidan ham foydalanilgan[4]. Keyinchalik, ishlar Londonga koʻchadi. Londonning shimoliy qismidagi Lido Parlament tepaligida Emmaning turli yoshlarida suzayotgan sahnalari suratga olingan[5]. Jim Sturgess va Romola Garai ishtirokidagi sahnalar uchun Stroud Greenda joylashgan Granville Roaddagi uy tanlangan[6]. Bundan tashqari filmning doʻkon va kafedagi sahnalari East Enddagi Brick Lane yaqinida joylashgan Arnold sirkidagi Leyla doʻkoni va kafesida suratga olingan[7]. Buyuk Britaniya temir yoʻl vokzalidagi suratga olish sahnalari Ridgmont stansiyasida Bedforddan Bletchley Marston Valegacha boʻlgan yoʻnalishda olib borilgan[8]. Fransiyada suratga olish ishlari Brittanydagi Saint-Malo yaqinida joylashgan Dinan va Dinardda boʻlib oʻtgan. Dengiz boʻyidagi klub grek sahnalarini tasvirlashga moʻljallangan holda Café Paradisga aylantirilgan.
Televizion serial
tahrir2021-yilning noyabr oyida Netflix ushbu roman hamda filmni teleserial koʻrinishida ekranlashtirilishini eʼlon qildi. Serialning Anna Jordan, Vinay Patel va Bijan Sheiba ishtirokidagi yozuvchi guruhiga Nicole Taylor boshchilik qilgan va teleserial Drama Republic, Universal International Studios va Focus Features tomonidan ishlab chiqarilgan[9][10]. Bosh rollarni aktyorlar Ambika Mod va Leo Woodall ijro etgan[11].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Focus Features (2010-yil 15-iyul). „One Day, starring Anne Hathaway and Jim Sturgess, begins production“. Press-reliz.„One Day, starring Anne Hathaway and Jim Sturgess, begins production“ (Press release). Focus Features. 15 July 2010. Archived from the original on 5 October 2011. Retrieved 27 August 2010.
- ↑ Slotek, Jim. „'One Day' with Hathaway“. Toronto Sun (2011-yil 14-avgust). 2012-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.
- ↑ „Anne Hathaway Spends 'One Day' in Scotland“. OK! (2010-yil 2-avgust). 2010-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-avgust.
- ↑ „Author Nicholls set for Edinburgh Book Festival“. Laterooms.com (2010-yil 19-avgust). 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-avgust.
- ↑ Akbar, Arifa. „The Diary: Anne Hathaway; Edinburgh Fringe Festival; Jonathan Miller; Jane Austen; Cineroleum“. The Independent (2010-yil 6-avgust). 2010-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-avgust.
- ↑ „Anne Hathaway movie crew takes over house“. Tottenham, Wood Green and Edmonton Journal. Archant (2010-yil 18-avgust). 2010-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-avgust.
- ↑ „Leila's, Calvert Avenue, London“. LondonTown.com. 2017-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
- ↑ Daniel. „Welcome to Fenny Stratford - Restored Ridgmont Station Now Open!“. Fennystratford.org.uk. 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
- ↑ Yossman. „Netflix Commissions Five U.K. Series Including Re-Make of David Nicholls' 'One Day' and Abi Morgan's 'Eric'“. Variety (2021-yil 30-noyabr).
- ↑ Zamlout, Nicole. „Netflix Orders Five New U.K. Shows, Including 'One Day' Remake“. Collider (2021-yil 30-noyabr).
- ↑ Geall. „Netflix's One Day: This Is Going To Hurt's Ambika Mod set to star“. Stylist (2022-yil 23-iyun).