Oq tuynuk – bu qora tuynukning mutloq teskarisi. Qora tuynuk ixcham massiv jismdir. U oʻziga barcha narsalarni tortuvchi boʻladi. Tortgan jism undan qutulib chiqa olmaydi, bu yorugʻlikka ham taalluqli. Oq tuynuk buning qarama qarshisidir. Yaʼni, Oq tuynuk barcha jismlarni oʻzidan itaruvchidir. Uning ichiga kirish hozirgi fizik nazariyalarga koʻra yorugʻlik tezligidan katta tezlikda harakatlanish lozim (c≈300 000 km/soniya), Oq tuynukka kelayotgan yorugʻlik itaruvchi kuch taʼsirida tezligi sekinlashadi. Optika qonunlariga koʻra u sinib, ortga qayta sochuvchi boʻlib qaytadi. Bir toʻgʻri chiziq boʻylab kelgan nur, ortiga turli tomonga sochilib qaytadi. Bu jarayon tuynukni oʻta yorqin qilishiga asos boʻladi.

Oq tuynuk haqida faqat nazariyalar mavjud boʻlib, hozirga qadar biron teleskop yordamida kuzatilmadi. Uning payda boʻlishi qora tuynukning zavoli degan qarashlar ham mavjud. Yana boshqa nazariyalarda qora tuynukka kirgan jism oq tuynukda chiqib ketadi, yaʼni zamon va makon bukilishi sodir boʻlib, makonlar aro sayohat, ixtiyoriy zamonda boʻlish mumkinligini taʼkidlaydi. Bir soʻz bilan aytganda oq va qora tuynuk birgalikda vaqt mashinasi, telepatsiya qurilmasidir. Oq tuynuk haqida koʻproq nazariyalar taklif qilgan olim Stiven Hoking „Qiyin savollarga oddiy javoblar“ kitobida quyidagi jumlalarni qayd qiladi: „…Yana shunday xayol qilish mumkinki, bir joyda qora tuynukka sakrab shoʻngʻib, boshqa joydan, oq tuynukdan qaytib chiqish mumkin boʻlishi ham ehtimlodan holi emas.“ [1]

Qoʻshimcha adabiyotlar

tahrir

Kitoblar

tahrir
  1. Qora tuynuklar va vaqt burilishlari – Kip Thorne
  2. Haqiqat sari yoʻl: Olam qonunlari boʻyicha toʻliq qoʻllanma – Roger Penrose
  3. Umumiy nisbiylik – Robert M. Wald
  4. Qora tuynuk urushi – Leonard Susskind


Maqolalar

tahrir
  1. Oq tuynuklar: Qora tuynuklarning qochqin egizaklari – Michael Finkel
  1. "Vaqt simmetrik oq tuynuklar – Hal Haggard va Carlo Rovelli
  1. Qora tuynuklarning axborot paradoksi va oq tuynuklar -- Stiven Hawking

Manbalar

tahrir
  1. Stiven Hoking. Qiyin savollarga oddiy javoblar