Qora oʻra yoki qora tuynuk — gravitatsiya (tortishish) kuchi taʼsirida jismning oʻz markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi obʼyekt. Kuchli tashqi gra-vitatsion maydonga ega. A. Eynshteyn nazariyasi boʻyicha "Qora tuynuk"ning yaqin atrofidagi jismlar doimo yopiq boʻlmagan egri chiziqli orbita boʻylab, I.Nyuton mexanikasiga muvofiq, uzokdagi jismlar esa konus kesimlarining biri boʻylab harakat qiladi. "Q.oʻ.", asosan, katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bos-qichida vujudga keladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Biroq "Q.oʻ." lar zich qoʻshaloq yulduzlarning koʻrinmas komponentlari ham boʻlishi mumkin. U holda ikkinchi yulduzdan "Q.oʻ."ga relyativistik (yorugʻlik teeti-giga yaqin) tezlikda tinimsiz oʻtayotgan gaz oqimi oʻzidan rentgen nurlarini tarqatadi. Qoʻshaloq yulduz hisoblangan Oq Qush X—I obʼyekti shunday "Q.oʻ."lardan biridir.

A view of the M87 supermassive black hole in polarised light.tif

Qora tuynukning xayoliy sirti hodisalar gorizonti deyiladi. Hodisalar gorizonti radiusini qora tuynuk radiusi sifatida qabul qilishadi. Eng oddiy xususiy holda u Schwarzschild radiusiga teng:

Qora tuynuklar 1916-yilda Karl Schwarzschild tomonidan Einstein tenglamalarining yechimi sifatida bashorat qilingandi.salom meni ismim hasan siz avval qora tuynuk nima ekanliga haqida fikr yuritishingiz lozim u haqida biroz o'zingizdan nazariya o'ylab topishga harakat qiling

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash