Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi[1] – Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi. 420 oʻringa moʻljallangan.

Oqqo'rg'on tumani 2-son kasb-hunar maktabi
[[File:
|200px]]
Joylashgan yeri
Hosildor MFY
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Toshkent, Oqqorgʻon,
Maʼlumot
Maktab turi kasb-hunar
Asos solingan sanasi 2007
Ochilgan sanasi 2020
Maktab raqami +998(90)321 68 89
Direktor Xudaynazorova Ulugʻoy Ismoilovna
Oʻquvchilar soni 420
Classes 14
Area 3.46 gektar
Website


Ochilish tarixi tahrir

2007-yilda Oqqoʻrgʻon Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji sifatida malakali ishchi kadrlar tayyorlab berish uchun tashkil etilgan. Toshkent viloyati hokimyati oʻrta-maxsus, kasb- hunar taʼlimi boshqarmasi 12-mart 2007-yil 87-sonli buyrugʻi bilan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi „Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi 204-sonli qarorning birinchi bandi, 2003-yil 29 -oktabrdagi „Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashiga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“gi 473-sonli qarorlarini bajarish maqsadida hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 2007-yil 7-martdagi 34 -sonli buyrugʻi asosida tashkil etildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812 Farmoni[2] bilan Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi tashkil etilgan.

Tavsifi tahrir

Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi – Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va ishlab shiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasidan biri hisoblanadi. Kasb-hunar maktabida 14 ta oʻquv xonasi, 9 ta oʻquv ustaxonasi, innovatsion xona, binolar soni 2 ta, sport zali, , siyosiy va badiiy adabiyotlarga ega axborot kutubxona markazi, 50 oʻrinli oʻquv zali, 120 oʻrinli faollar zali, 3 ta kompyuter xonasi va 50 oʻrinli oshxona mavjud. Taʼlim muassasasida 310 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil oladi.


  • kunduzgi taʼlim, muddati 2 yil
  • Manzil:[3] Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, Hosildor MFY, Porloq yoʻl koʻchasi 1-uy


Tayyorlanadigan kasblar tahrir

  1. Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi
  2. Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari
  3. Payvandlovchi
  4. Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash
  5. Tikuvchi
  6. Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
  7. Traktorchi-mashinist

Manbalar tahrir

Erkaboyev Umar (munozara)

  1. „Oqqo'rg'on Kasb hunar maktabi“. YouTube. Qaraldi: 18-mart 2024-yil.
  2. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  3. „Oqqoʻrgʻon tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi manzili“.