Orientalism
„Orientalism“ (tarjimasi „Oriyentalizm“) – Edward W. Said qalamiga mansub kitob. 1978-yil bosilib chiqqan. Unda Said „oriyentalizm“ atamasini kritik tushuncha oʻlaroq koʻrib chiqib, uning yordamida Gʻarb Oriyent, yaʼni Sharqni kamsitib tasvirlab kelayotganini koʻrsatib bergan. Oriyent xalqlari oʻlaroq odatda Osiyo, Shimoliy Afrika hamda Yaqin Sharq xalqlari tushuniladi. Saidga koʻra, oriyentalizm Sharqiy Dunyo haqidagi ilm oʻlaroq uni ishlab chiqqan imperialist jamiyatlar bilan chambarchas bogʻliqdir. Shuning uchun oriyentalizm ilmidagi asarlarning aksari siyosiy tusga ega boʻlib, ijtimoiy va siyosiy qudratga boʻysunadi.
Kitob muqovasidan Jean-Léon Gérômening „The Snake Charmer“ kartinasi oʻrin olgan | |
Muallif(lar) | Edward Said |
---|---|
Til | inglizcha |
Nashr etilgan sanasi | 1978 |
Nashriyot | Pantheon Books |
Sahifalar soni | 368 |
ISBN | ISBN 978-0-394-42814-7 |
„Orientalism“ kitobida post-strukturalizm tanqidiy tatbiq qilingan boʻlib, asar adabiy nazariya, madaniy tanqid hamda Yaqin Sharni oʻrganish ilmlariga katta taʼsir koʻrsatgan. Xususan, Yaqin Sharqni tahlil qilish, taʼriflash va izohlash jarayonida olimlar qay yoʻsinda oʻz ishlanishlarini olib borishlariga Said asarining taʼsiri katta boʻlgan[1]. Shuningdek, oriyentalizmning turli xislatlari hamda muayyan mamlakatlarning post-kolonial tarixi tahlil qilingan „Orientalism“ kitobi post-kolonializm sohasining eng muhim asarlaridan biriga aylangan[2].
Bugunga qadar kitob bir necha tilga, jumladan, arab, yapon, nemis, portugal, italyan, polyak, ispan, katalan, turk, serb-xorvat, shved, yunon, rus, norveg va xitoy tillariga oʻgirilgan. Asarning keyingi nashrlari uchun Said soʻngsoʻz (1995) hamda soʻzboshi (2003) yozib, unda asarning kutib olinishi va tanqidi, xususan, Bernard Lewis tomonidan qilingan tanqidiga toʻxtalib oʻtgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Howe, Stephen „Dangerous mind?“. New Humanist (7-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2023-yil.
- ↑ The Johns Hopkins Guide to Literary Theory and Criticism. Johns Hopkins University Press, 1994.