Orifjonboy madrasasi — Samarqand madrasasi. Orifjonboy madrasasi Qoʻsh hovuz guzarida joylashgan boʻlib, pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Madrasa 30 hujradan iborat boʻlgan. Unda 1 nafar mudarris 60 nafar talabaga taʼlim bergan. Madrasada 1 nafar muazzin, 1 nafar sartarosh, 1 nafar farrosh, 1 nafar meshkobchi faoliyat yuritgan. Madrasa vaqfli boʻlib, uning faoliyatini mudarris nazorat qilib turgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasaga oid vaqf hujjati 1893—1900-yillarga doir boʻlib, Orifjonboy madrasasi vaqf hujjati sifatida rasmiylashtirilgan. Madrasa gʻarbi Mirzo Ulugʻbek madrasasi vaqfi hisoblangan qadimiy gʻoʻzafurushlik doʻkoni va hovlilar, shimoli va sharqida koʻcha, janubida esa koʻplab vaqf doʻkolari mavjud boʻlgan. Madrasa tepa qavatida bir biriga tutashgan toʻrtta hujra, darsxona va ganchli bitta hujra mavjud boʻlgan. Madrasa voqifi Qoʻshhovuz guzaridagi pishiq gʻisht, ganch va yogʻochdan qurilgan 40 hujrali saroy, 8 ta choʻpkori hujra va sayisxonani vaqf qiladi. Voqif bundan tashqari madrasa uchun ayvonli timni ham vaqf qilgan. Madrasa uchun Samarqandning Orifkent tumanidagi Darxon mavzesida 70 tanob yer vaqf qilgan. Mazkur vaqf hujjati Amir Nasrullohning ikkita muhri bilan tasdiqlangan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[1]. N. P. Ostroumov maʼlumtlariga koʻra 1914-yili vaqf mulkidan 2000 rubl daromad olingan[2].

Madrasa
Orifjonboy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Orifjonboy
Homiylar Orifjonboy
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 30 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Meʼmorchiligi

tahrir

Orifjonboy madrasasi 30 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.



Manbalar

tahrir
  1. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet. 
  2. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet.