Oriflame Holding AG (Oriflame) terini parvarish qilish, shaxsiy parvarish, parfyumeriya va rangli kosmetika, sogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari va aksessuarlar ishlab chiqish va sotishga ixtisoslashgan Shvetsiya-Shveysariya kompaniyasi. 2004-yildan 2015-yilgacha kompaniyaning aksiyalari NASDAQ OMX Nordic Stokgolm fond birjasida sotilgan va kompaniya Lyuksemburgda „Oriflame Cosmetics SA“ nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan. 2015-yilda kompaniyada asosiy guruh qayta tashkil etilgan, roʻyxatga olish Lyuksemburgdan Shveytsariyaga oʻzgartirilgan. 2015-yil iyul oyidan boshlab „Oriflame Holding AG“ aksiyalari NASDAQ OMX Nordic roʻyxatiga kiritilgan.

Oriflame Holding AG
Turi Nodavlat aksiyadorlik jamiyati
Qachon asos solingan 1967-yil 1-yanvar
Joylashuvi
Asoschi(lari)
Rahbariyat Anna Malmhake (CEO)
Alexander af Jochnick (rais)
Mahsulot(lar)i
Aylanma daromadi €1.5 milliard
Ishchilar soni 6000
Vebsayti oriflame.com

Kompaniyaning mahsulotlarni ishlab chiqish markazlari Stokgolm va Dublinda joylashgan. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, dunyoning 63 mamlakatida, oʻz mahsulotlarini veb-saytlarda va muntazam yangilanib turadigan kataloglarga muvofiq taklif qiladi. Oriflame kompaniyasi toʻgʻridan-toʻgʻri sotish usuli bilan ishlaydi (oʻz mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn yoki oflayn, kompaniyaning hamkorlari – maslahatchilar orqali sotish).

Tarixi

tahrir

Oriflame 1967-yilda Shvetsiyada aka-uka Jonas va Robert af Jochnick tomonidan doʻstlari bilan birgalikda tashkil etilgan. Kompaniya nomini Oriflamma – Qirollik bayrogʻi sharafiga oladi (oriflamma – lotincha: aureum – oltin, flamma – olov), dastlab qurbongoh bayrogʻini ifodalagan va fransuz qirollari tomonidan jangovar bayroq sifatida ishlatilgan.

Faoliyati

tahrir

Oriflame terini parvarish qilish mahsulotlarining bir necha xillari bilan boshlagan boʻlishi mumkin, ammo bugungi kunda kompaniyaning beshta mamlakatda zavodlari va ikkita tadqiqot markazi mavjud. Kompaniyaning doimiy sotiladigan 1000 ga yaqin tovarli assortimentga ega. Axborot taʼminoti kompaniyaning dizayn agentligi tomonidan ishlab chiqilgan 35 tilda 100 million nusxadagi tirajli kataloglar va boshqa bosma materiallar yordamida amalga oshiriladi. Mahalliy bozorlarda ushbu strategiya brendning mashhurligini oshirishga yordam beradigan reklama kampaniyalari va intensiv jamoatchilik bilan aloqa dasturlari bilan qoʻllab-quvvatlanadi.

Tanqidlar

tahrir

Eronda kompaniyaning bosh ofisi yopilib, 4 nafar xodim hibsga olingan. Keyinchalik garov evaziga ozod qilindi[1][2]. Bir necha oy oʻtgach, Eron razvedka vaziri Oriflameni Eron milliy xavfsizligiga putur yetkazish niyatida ayblagan[3].

2014-yilda Oriflamening Rossiya boʻlimi Federal soliq xizmati tomonidan ataylab kam hisobot berish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashda gumon qilingan[4]. 2016-yil yanvar oyida Rossiya Federal soliq xizmati transchegaraviy operatsiyalar va Oriflame kompaniyasiga 580 million rubldan ortiq miqdorda qoʻshimcha soliq toʻlovlari boʻyicha sudda gʻalaba qozongan[5][6]. 2017-yil aprel oyida katta miqdordagi firibgarlikda ayblanib, ofis yana tintuv qilinadi[7].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. BFM.ru. „В Иране закрыт офис шведской компании Oriflame“ (ru). BFM.ru - деловой портал. 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  2. BFM.ru. „Власти Ирана отпустили под залог главу отделения Oriflame“ (ru). BFM.ru - деловой портал. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  3. „Иран обвинил Oriflame в попытке подорвать госбезопасность“. lenta.ru. 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  4. „Российское подразделение Oriflame заподозрили в неуплате налогов“. lenta.ru. 2014-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  5. „ФНС выиграла суд о трансграничных операциях «Орифлейм»“. РБК. 2017-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  6. Ведомости. „Суд поддержал ФНС в споре с Oriflame по уходу от налогов“. www.vedomosti.ru (2014-yil 27-noyabr). 2020-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  7. „В российском офисе шведской компании Oriflame начались обыски“. lenta.ru. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.

Havolalar

tahrir