Oriylarning asl vatani va ularning keng yoyilishi
Qadimgi hinduoriylar va eronliklarning tillari sezilarli darajada o‘xshash ekanligi, ularning dastlabki yashagan joylari yagona o‘lka bo‘lganligi haqidagi taxminlarni yuzaga keltirgan.
Tilshunoslik va boshqa fanlarni qiyoslash natijasida qadimgi hindlar va eronliklar birga yashab, hinduoriy umumiyligini tashkil etganliklari ma’lum bo‘ldi. Masalan, bu xalqlarning tillari va qadimiy yozma asarlarining (“Avesto”, “Veda”) bir-biriga yaqinligi, diniy va ijtimoiy o‘xshashliklar fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Taxminlardan yana biri, hinduoriy qabilalarining ajdodlari, dastlab, Markaziy Osiyo va unga qo‘shni o‘lkalarda yashaganlar. Bu hududda yashagan qabilalarning ayrimlari Hindistonga, ayrimlari esa Old Osiyoga kelib qolganlar. Ularning nutq va madaniyati izlari taxminan miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga oiddir. Shuningdek, Midiya forslarining ajdodlari bo‘lgan Eron qabilalari G‘arbiy Eronga qarab harakat qilganlar. Albatta, bu fikrga qo‘shilmaydigan olimlar ham bor.
Boshqa nuqtai nazarni yoqlovchilar hinduoriylarning asl vatani janubiy rus dashtlari ekanligini ta’kidlaydilar. Hinduoriylar janubiy rus dashtlaridan Kavkaz orqali Hindiston va Eronga harakat qilganlar. Ba’zi olimlar oriylarni Hindistonga ikkala yo‘l orqali, ya’ni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali kelishi mumkinligini taxmin qiladilar.
Arxeologik topilmalar
tahrirHar yili Markaziy Osiyoda arxeologlar tomonidan qo‘lga kiritilgan materiallar ko‘payib bormoqda. Qazilma ishlari va yangi topilmalar Markaziy Osiyoda bronza davri madaniyati va Markaziy Osiyoning Xarappadagi keyingi madaniyati o‘rtasidagi o‘zaro aloqlar haqida guvohlik beradi.
Oriy qabilalarining joylashishiga kelsak, bu albatta uzoq davom etgan qiyin jarayon bo‘lgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida ro‘y bergan. Veda matnlari ma’lumotlari va arxeologik materiallar umumiy miqyosda hinduoriy qabilalarining sharqqa harakatini va Gang vodiysi o‘lkalarining o‘zlashtirilishini kuzatishga imkon beradi.
Mahalliy qabilalar bilan harbiy to‘qnashuvlar, oriy qabilalarining ichida o‘zaro nizolar bo‘lib turgan.
Olimlar oldida yana bir qiyin masala turibdi. Ular dastlab Hindistonning qaysi viloyatlarida paydo bo‘lganlar? Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi yodgorlik – Rigveda miloddan avvalgi II ming yillik oxirlariga mansub deb aytilyapti. Lekin Rigvedaning yagona bo‘lib yig‘ilishi jarayoni ancha ko‘p vaqt talab qilgan. Rigveda hinduoriylarning kirib kelishi ancha oldin, taxminan miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, olimlar hinduoriy qabilalarining Hindistonga Rigveda asoschilari paydo bo‘lmasdan oldin kelgan bo‘lishi mumkinligini ham inkor qilmaydilar.
So‘nggi yillarda hinduoriylar bilan veda davrining aniq arxeologik madaniyatini bog‘lashga imkon beruvchi muhim arxeologik materiallar paydo bo‘ldi. Tadqiqotlar Panjob, Jamna va Gangning yuqori qismlari, bu daryo bo‘ylarida, Ollohobod hamda shimoli-sharqiy Rajaston o‘lkalarida kulrang naqshli madaniyat tarqalganini ning ko‘rsatadi. Olimlar bu taraqqiyotni ikki qismga bo‘lganlar. Birinchisi, shimoliy o‘lkalarda miloddan avvalgi XI asrgacha bo‘lgan davrda tarqalgan, ikkinchisi esa Xarappadan janubda va shimoli-sharqiy Panjobda miloddan avvalgi 1000-500 yillargacha bo‘lgan davrda tarqalgan qismlardir. Olimlarning keyingi kashfiyotlari so‘nggi Xarappa qishloqlarining kulrang naqshli sopol madaniyati bilan bevosita aloqalari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatdi. Bu topilmalar so‘nggi xarappaliklarning bu madaniyat asoschilari bilan nafaqat muloqotda bo‘lganlari, balki ular bilan uzoq vaqt mobaynida hamkorlik qilganliklarini ko‘rsatadi.
Qalin o‘rmonlar bilan qoplangan joylarda harakat qilish ancha qiyin bo‘lgani uchun hinduoriylar o‘rmon massivlarini tozalashga majbur bo‘lganlar. Ular ba’zi o‘lkalarda mahalliy qabilalarning qarshi liklariga uchramaganlar va yangi-yangi yerlarni egallab, tez sur’atda janub va sharqqa qarab harakat qilganlar.
Dushmanlik munosabatlariga duch kelgan hinduoriy qabilalari ba’zi hududlarda mahalliy qabilalarni kuch ishlatish yo‘li bilan o‘zlariga bo‘ysundirganlar.
Hinduoriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyatsiya jarayoni va oriylarning sharqqa tomon harakati tezroq kechgan. Ularning Shimoliy Hindiston va keyinchalik, janubiy viloyatlar bo‘ylab yoyilishi veda qabilalari ijtimoiy va siyosiy tuzumlarining rivojlanishi natijasida sodir bo‘lgan. Bu veda matnlarida o‘z aksini topgan.
Tilshunoslik fani hinduoriylarning mahalliy qabilalar bilan o‘zaro aloqalari haqidagi ma’lumotlarni isbotlaydi. Rigvedada dravid va mundaga oid so‘zlar uchraydi. So‘nggi veda matnlarida boshqa til lardan kirgan so‘zlar soni ko‘p uchraydi. Sanskritdan, masalan, mahalliy o‘simliklar va hayvonotga oid oriylarga oid bo‘lmagan so‘zlar talaygina. Bundan tashqari, tilga oid ma’lumotlar mahalliy qabilalarning diniy tushunchalari hinduoriylarga ta’sir qilgani haqida ham xabar beradi.
Sekin asta o‘zida hinduoriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujas sam etgan Shimoliy hamda Sharqiy Hindistonning ayrim qism aholisi uchun umumiy bo‘lib qolgan yangi madaniyat vujudga kelgan. Tek shirishlar, arxeologik, lingvistik, adabiy va diniy yodgorliklar mate riallarini qiyoslashdan kelib chiqqan holda, olimlar bu madaniyatni faqat oriylarniki deb qarab, uni “kelgindi” madaniyat sifatida o‘rga nish noto‘g‘ri degan xulosaga keldilar.
Miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Gang vodiysi-ning o‘zlashtirilishi va Shimoliy Hindistonda hinduoriylarning yoyilish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu vaqtdan boshlab veda davrining bar ham topib, Magadxa-mauriylar davri boshlangan bo‘lishi mumkin.
Veda qabilalarining asosiy mashg‘ulotlari
tahrirVeda qabilalarining asosiy mashg‘ulotlari dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Yerga ishlov berishning rivoj topishi va aholining o‘troq hayot tarziga o‘tishiga ishlab chiqarishda temirdan foydalanish turtki bo‘ldi. Arxeologik qazishlarning ko‘rsatishicha, miloddan av valgi X asrda shimoliy Hindistonda temir ma’lum bo‘lgan, ammo uning keng tarqalishi keyinroq yuz bergan. Temir qurollar yordamida Gang vodiysi o‘rmonzorlarini o‘zlashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, sun’iy sug‘orish oson kechgan. Temir hunarmandchilik taraqqiyotiga turtki berdi. Yerni yog‘och omoch bilan haydalsa-da, hosilni yig‘ishda o‘roqdan foydalanilgan. Ko‘p o‘tmay yog‘och omoch o‘rnini temir mola egallagan. Bu esa toshloq yerlarni haydashda ancha qo‘l keldi. Yerga ishlov berishning turi juda ko‘p edi. Bu: yer haydash, ekish, hosilni yig‘ish, donni yanchish va b. Rigvedada sug‘orish uchun zarur bo‘lgan charxpalaklar, sug‘orish maqsadida qurilgan maxsus kanallar bo‘lgan.
Veda davrida aholi boshoqli ekinlarning ko‘p xillari, jumladan, arpa, sholi, dukkakli ekinlar (loviya, no‘xat va h.k.) yetishtirganlar. Hinduoriylar sholini bilishmagan, uni o‘stirish usulini mahalliy xalqdan o‘rganganlar. Veda qabilalari hayotida yerga ishlov berish bilan bir qatorda chorvachilik ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ularning boyliklari, asosan, chorva bilan o‘lchangan. Xastinapur shahri vayronalaridan buqa, echki, qo‘y, cho‘chqa va otlarning suyak lari topilgani bu dalilni tasdiqlaydi.
Aholining transport vositalari ho‘kiz qo‘shilgan arava va ot qo‘shilgan yengil aravachalardan iborat bo‘lgan. Veda qabilalari unchalik katta bo‘lmagan mustahkam qo‘rg‘onlarda yashaganlar. Rigvedada nomi tilga olingan shaharlar - puralar qishloq markazlari va paxsadan qurilgan turar joylar bo‘lgan.
Gang vodiysidagi shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy topgan. Temirchilar, duradgorlar, to‘quvchilar, zargar va qurolsozlar ko‘p chilikni tashkil etgan. Dehqonchilik asboblari va qurol-aslaha yasovchilar, uy joy quruvchilar, temirchi va duradgorlar e’zozlangan. Bu davrda qabilalar o‘rtasida ichki va tashqi savdo taraqqiy etgan. Tashqi savdo dengiz orqali olib borilgan. Rigvedadagi madhiyalarda, masalan, yuz eshkakli okean kemalari, okean tubidagi qimmatbaho narsalar to‘g‘risida so‘z boradi.
Manbalar
tahrirO'zbek tilida:
1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.
2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.
3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.
Rus tilida:
1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.
2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.
3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.
Hind tilida:
1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५
रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८
2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९
3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५
4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२
Urdu tilida:
.6ڈاکٹر مبارک علی "جدید تاریخ"، فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١
.7محمد علی چراغ "تاریخ ِ پاکستان " سنگ ِ میل ، ٢٠١٢
.8 رماشنکرترپاٹھی "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ فروغ اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨ مترجم :سید سخی حسن نقوی
.9 شیخ محمد رفیق مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر عصمت نانر "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠
پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10
11.ڈاکٹر مبارک علی "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥
.12 ڈاکٹر مبارک علی "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧
.13 محمد علی چراغ "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠
.14مولانا ابو ا لکلام آزاد "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣
Ingliz tilida
1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.
2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.
3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.
4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.
5. Hameed. Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute. Islamabad, Pakistan, 2008.
6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999
7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.
8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010
9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002
10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.
11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008
Davriy nashrlar:
Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.
2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.
3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.
4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |