OTAJONOV Ortiq (1947.30.1, Xorazm viloyati Bogʻot tumani — 2019.17.5, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Xorazm viloyati Bog'ot tumani Jdanov (hozir Navoiy) nomli kolxozda tavallud topgan. Maktabni 7-sinfgacha Bog'otda, davomini Urganchda o'qigan. Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi boʻyicha, 1967) va Toshkent madaniyat instituti (1980)ni tugatgan. Milliy ashulachilik yoʻllarini Komiljon Otaniyozov. shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, „Lazgi“ ansamblida xonanda (1968—81), „Lazgi“ ansamblining badiiy rahbari (1982—88). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari („Feruz 1, 11“ savtlari bilan, „Chapandozi Suvora“, „Kajhang Suvora“, „Xorazm Dugohi“ va boshqalar), kuyini oʻzi bastalagan asarlar („Zebolanib kelibsiz“, „Ona diyorim“, „Xorazm farzandiman“, „Orol dardi“, „Seni kulishlaring“, „Ibiyay“, „Boshqacha“ va boshqalar), shuningdek, afgʻon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qoʻshiqlari oʻrin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. Oʻzbekiston televideniyesida „Ortiq Otajonov“ film-konserti yaratilgan. O. Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.[1]

Ortiq Otajonov
Tavalludi 30-yanvar 1947-yil(1947-01-30)
Vafoti 17-may 2019-yil(2019-05-17)
(72 yoshda)
Toshkent
Kasbi xonanda
Faoliyat yillari 1967-2019
Mukofotlari Fidokorona khizmatlari uchun rib.png
Bolalari Ulug'bek Otajonov
Unvoni O'zbekiston Xalq Artisti (1991)

O'zbekiston Xalq Artisti unvonining ilk sohibi. 1991-yil 8-noyabrda O'zbekiston Xalq Artisti unvoni ilk marta Ortiq Otajonovga Islom Karimov tomonidan shaxsan topshirilgan.

Ortiq Otajonov 2019-yil 17-may kuni vafot etdi.

OilasiTahrirlash

  • Otajonova Chinni Matchonovna - onasi (1927.3-2008.3)
  • Safarboy Otajonov - ukasi, Jahongir Otajonovning otasi.
  • Qo'zivoy Otajonov - ukasi.
  • Ulugʻbek Otajonov — oʻgʻli.
  • Zokir Otajonov - o'g'li
  • Karomat Otajonova — katta qizi.
  • Xosiyat Otajonova - qizi
  • Ali Otajonov — nabirasi.
  • Mardon Otajonov - nabirasi
  • Kamron Otajonov - nabirasi
  • Umrbek Otajonov - nabirasi, Ulug'bek Otajonovni o'g'li
  • Behzod Otajonov - nabirasi
  • Islom Otajonov - nabirasi
  • Nodir Otajonov - nabirasi
  • Jahongir Otajonov — jiyani, ukasi Safarboy Otajonovning o'g'li

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil