Orttirilgan nochorlik — subyektning oʻz nazorati ostida boʻlmagan takroriy qoʻzgʻatuvchi stimullarni boshdan kechirganidan keyin namoyon boʻladigan xatti-harakatidir. Avvaliga bu subyektning qoʻzgʻatuvchi stimuldan qochish yoki undan qochishga urinishlarini toʻxtatib qoʻyish natijasida oʻz kuchsizligini tan olishi sababli yuzaga kelgan deb hisoblangan. Aynan shunday jarayondan soʻng subyekt oʻrganilgan nochorlik belgisiga ega boʻlgan deb hisoblangan[1]. Soʻnggi bir necha oʻn yilliklar davomida nevrologiya orttirilgan nochorlik haqida batafsilroq tushuncha berdi va asl nazariya aslida boshqacha ekanligini koʻrsatdi: miyaning odatiy holati nazorat mavjud emas, „foydalilik“ mavjud deb taxmin qilgan holda, nazorat ortida „foydalidek“ koʻringan narsani birinchi navbatda oʻzlashtiradi. Biroq, agar subyekt uzoq muddatli qoʻzgʻatuvchan stimulga duch kelgan boʻlsa, u oʻrganilmaydi[2].

Odamlardagi orttirilgan nochorlik shaxsiy samaradorlikkonsepsiyasi bilan bogʻliq; bu shaxsning maqsadlarga erishish uchun tugʻma qobiliyati mavjudligiga boʻlgan ishonchini ifodalaydi. Orttirilgan nochorlik nazariyasi — bu klinik depressiya va u bilan bogʻliq ruhiy kasalliklar vaziyatning natijasini nazorat qilish imkoni yoʻqdek koʻrinishi yoki chindan ham yoʻqligi natijasida yuzaga kelishi mumkin deb hisoblovchi nazariyadir[3].

Tadqiqot va nazariya asoslari

tahrir

Ilk tajribalar

tahrir
 
Shuttle qutisidagi muqarrar zarba mashgʻulotlari

Amerikalik psixolog Martin Seligman 1967-yilda Pensilvaniya universitetida depressiyaga boʻlgan qiziqishi sababli orttirilgan nochorlik boʻyicha tadqiqot boshladi[4]. Keyinchalik bu tadqiqot Seligman va boshqalarning tajribalari bilan kengaytirildi. Dastlabkilaridan biri Seligman va Overmier tomonidan oʻtkazilgan tajriba edi: ushbu tadqiqotning 1-qismida uchta guruhda itlarga jabduq taqildi. 1-guruh itlari bir muddat oddiygina jabduqlarga solindi va keyinroq qoʻyib yuborildi. 2 va 3-guruhlar „boʻyinturuqli juftliklar“ dan iborat edi. 2-guruhdagi itlarga tasodifiy vaqtda elektr toki berildi, tokni itlar tutqichni bosib toʻxtatishlari mumkin edi. 3-guruhdagi har bir it 2-guruh iti bilan juftlashtirildi; 2-guruhda boʻlgan it har doim tok zarbasini olganida, uning 3-guruhdagi juftiga ham bir xil intensivlikdagi va davomiylikdagi zarba berildi, lekin uning dastagi zarbani toʻxtata olmasdi. 3-guruhdagi itga zarba tasodifan tugagandek tuyuldi, chunki uning 2-guruhdagi jufti uni dastak orqali zarbani toʻxtatib turgandi. Shu tariqa 3-guruh itlari uchun zarba „qutilib boʻlmaydigan“ holatda edi.

Tajribaning 2-qismida xuddi shu uch guruh itlar shattle-box apparatida (bir necha dyuym balandlikdagi toʻsiq bilan boʻlingan ikkita toʻrtburchak boʻlinmani oʻz ichiga olgan kamera) sinovdan oʻtkazildi. Barcha itlar qutining bir tomonidagi zarbalardan boshqa tarafga past qismdan sakrab oʻtishlari mumkin edi. 1 va 2-guruhlardagi itlar bu vazifani tezda oʻzlashtirib olishdi va zarbadan qutulishdi. 3-guruh itlarining koʻpchiligi avvalroq oʻzlari duch kelgan zarbaga qarshilik qilolmaganlari sababli bu galgi zarbaga ham passiv yondashishdi va har zarba olganida ingrashdi[4].

Oʻsha yilning oxirida yangi itlar guruhlari bilan oʻtkazilgan ikkinchi tajribada, Maier va Seligman 3-guruh itlari sinovning ikkinchi qismida zarbaga toʻsqinlik qila olmaganliklari ehtimolini istisno qildilar, chunki ular aslida baʼzi xatti-harakatlarga xalaqit beradigan xulq-atvor xususiyati — „qochish“ni oʻrganib olgandi. Bunday qorishgan xatti-harakatlarning oldini olish uchun 3-guruh itlari falaj qiluvchi dori (kurare) bilan harakatsizlantirilib, Seligman va Overmier tajribasining 1-qismidagi kabi protseduradan oʻtkazildi. 2-qismda avvalgidek sinovdan oʻtkazilganda, 3-guruh itlari xuddi avvalgidek nochorlikni koʻrsatdi. Bu natija interferensiya gipotezasini istisno qilish uchun koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi.

Ushbu tajribalardan, nochorlikning faqat bitta davosi bor degan xulosa kelib chiqqan. Seligmanning gipotezasiga koʻra, itlar qochishga harakat qilmaydilar, chunki ular baribir hech narsa zarbani toʻxtata olmaydi deb kutishadi. Ushbu taxminni oʻzgartirish uchun tajriba oʻtkazuvchilar itlarni koʻtarib, oyoqlarini qimirlatib, itlar elektr tokidan qochish uchun qilishlari kerak boʻlgan harakatlarni takrorladilar. Itlar oʻz-oʻzidan toʻsiqdan sakrab oʻta boshlaguncha buni kamida ikki marta qilish kerak edi. Biroq, majburlashlar, mukofotlar va harakatni koʻrsatib berish jarayonlari ham 3-guruhning „nochor“ itlariga hech qanday taʼsir koʻrsatmadi[4].

Keyingi tajribalar

tahrir

Keyingi tajribalar qoʻzgʻatuvchi stimul ustidan nazorat yetishmasligini his qilishning depressiv taʼsirini tasdiqlashga xizmat qildi. Misol uchun, bir tajribada odamlar shovqinli joyda aqliy vazifalarni bajarishga undaldi. Shovqinni oʻchirish uchun kalitdan foydalanishi mumkin boʻlganlar undan kamdan-kam hollarda foydalanishdi, lekin ular shovqinni oʻchirish imkoni yoʻq boʻlganlarga qaraganda yaxshiroq ishlashdi. Ular uchun bu shovqinni kamaytirish imkoni borligini bilishning oʻzi kofiya boʻlgandi[5]. 2011-yilda hayvonlarni oʻrganish[6] asosida stressli stimullarni nazorat qiladigan hayvonlar prefrontal korteksdagi baʼzi neyronlarning qoʻzgʻaluvchanligida oʻzgarishlar boʻlishi maʼlum boʻldi. Vaziyatni nazorat qilish imkoniga ega boʻlmagan hayvonlar bu taʼsirni koʻrsata olmadilar va orttirilgan nochorlik va ijtimoiy tahlikaga xos belgilarni koʻrsatdilar.

Keng tarqalgan nazariyalar

tahrir

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, insonning maʼlum vaziyatni nazorat qilolmaslik hissiga boʻlgan munosabati ham individual, ham vaziyat oʻrtasida farq qiladi, yaʼni oʻrganilgan nochorlik baʼzan bir vaziyatga xos boʻlib qoladi, baʼzida esa vaziyatlar boʻyicha umumlashtiriladi[5]. Bunday oʻzgarishlar orttirilgan nochorlikning asl nazariyasi bilan izohlanmaydi, balki ular shaxsning atributsional yoki izohlash uslubiga bogʻliq deb qaraladi[7]. Ushbu nuqtayi nazarga koʻra, kimdir noxush hodisalarni qanday qabul qilishi yoki izohlashi ularning orttirilgan nochorlik holatiga va keyinchalik depressiyaga tushish ehtimoli ortishi yoki kamayishiga taʼsir qiladi. Masalan, pessimist odamlar salbiy hodisalarni doimiy („hech qachon oʻzgarmaydi“), shaxsiy („bu mening aybim“) va keng miqyosda („men hech narsani toʻgʻri qilolmayman“) qabul qilishadi. Natijada, orttirilgan nochorlik va tushkunlikdan azob chekish ehtimoli ham oshaveradi.

1978-yilda Lyn Yvonne Abramson, Seligman va Jon D. Teasdale atributsion nazariyadan foydalangan holda Seligmanning tadqiqotini qayta ishlab chiqdilar. Ular odamlar salbiy tajribalarni ichkidan tashqiga, barqarordan beqarorgacha va globaldan oʻziga xosgacha boʻlgan uchta miqyosda tasniflashda farqlanadi, degan fikrni olgʻa surdi. Ular salbiy hodisalarni ichki, barqaror va global sabablarga koʻproq bogʻlaydigan odamlarda boshqalarga qaraganda koʻra tushkunlikka tushish ehtimoli koʻproq ekanligiga ishonishardi.

Bernard Weiner 1986-yilda orttirilgan nochorlikka bogʻliq yondashuvning batafsil tavsifini taklif qildi. Uning atribution nazariyasi globallik / oʻziga xoslik, barqarorlik / beqarorlik va ichkilik / tashqilik oʻlchovlarini oʻz ichiga oladi[8]:

  • Global atribut, shaxs salbiy hodisalarning sababi turli kontekstlarda oʻzaro aloqador ekanligiga ishonganida yuzaga keladi.
    • Oʻziga xoslik atributi, shaxs salbiy hodisaning sababi faqat maʼlum bir vaziyatga xos deb hisoblaganda yuzaga keladi.
  • Barqaror atribut, shaxs sababni oʻzgartirib boʻlmasligiga ishonganida yuzaga keladi.
    • Berqaror atribut, shaxs sababni vaqtning bir nuqtasiga xos deb hisoblaganda yuzaga keladi.
  • Tashqi atribut sababni vaziyat yoki tashqi omillarga bogʻliq deb hisoblaydi.
    • Ichki atribut sababni shaxs ichidagi omillarga bogʻliq deb belgilaydi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, salbiy voqealarga ichki, barqaror va global munosabat bildiruvchilarda muvaffaqiyatsizlikka depressiv munosabatda boʻlish xavfi yuqori boʻlishi mumkin.

Neyrobiologik nuqtayi nazar

tahrir

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, dorsal raphe yadrosida 5-HT (serotonin) faolligi oshishi orttirilgan nochorlikda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ojiz xatti-harakat ifodasi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa asosiy miya sohalariga bazolateral amigdala, amigdala markaziy yadrosi va stria terminalis yadrosi kiradi. Shuningdek, nochorlik holatlarida medial prefrontal korteks, dorsal hipokampus, septum va gipotalamusda faollik boʻlishi kuzatilgan.

Benjamin N. Greenwood va Monica Fleshner „Exercise, Learned Helplessness, and the Stress-Resistant Brain“ nomli maqolada mashqlar stress bilan bogʻliq tahlika va depressiya kabi kasalliklarni oldini olishga qanday yordam berishi mumkinligini muhokama qiladi. Ular gʻildirakli yugurish mashqlari kalamushlarda orttirilgan nochorlik xatti-harakatlarning oldini olishini dalil sifatida keltirishadi[9]. Shuningdek, ular jismoniy mashqlar miqdori emas, shunchaki mashq qilishning oʻzi muhim ekanligini taʼkidlaydilar. Maqolada, shuningdek, orttirilgan nochorlikning neyrosirkulyatsiyasi, serotonin (yoki 5-HT) ning roli va stressga chidamli boʻlishda miyaga yordam berishi mumkin boʻlgan jismoniy mashqlar bilan bogʻliq nerv moslashuvlari ham muhokama qilinadi. Biroq, mualliflar yakunda shunday xulosaga kelishdi: "Ushbu taʼsirning asosiy neyrobiologik mexanizmlari nomaʼlumligicha qolmoqda. Jismoniy mashqlar orttirilgan nochorlikning oldini olish mexanizmlarini aniqlash depressiya va tashvishning murakkab neyrobiologiyasini yoritishi va stress bilan bogʻliq kayfiyat buzilishlarining oldini olish boʻyicha yangi strategiyalarga yetaklashi mumkin[10].

Salomatlikka taʼsirlari

tahrir

Voqea-hodisalarni nazorat qilib boʻlmaydi deb hisoblaydigan odamlarda ruhiy va jismoniy holatga tahdid soladigan turli alomatlarni uchratish mumkin. Ular stressni boshdan kechiradilar, koʻpincha passivlik yoki tajovuzkorlikka sabab boʻladigan asabiylik belgilarini koʻrsatadilar, shuningdek, muammolarni hal qilish kabi kognitiv vazifalarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin[11]. Ularda nosogʻlom xulq-atvorni oʻzgartirish ehtimoli kamroq, bu ularni, masalan, parhez, jismoniy mashqlar va tibbiy davolanishga koʻpincha jiddiy eʼtibor berishmaydi.

Depressiya

tahrir

Anormal va kognitiv psixologlar laboratoriya hayvonlarida depressiyaga oʻxshash alomatlar va orttirilgan nochorlik oʻrtasida kuchli bogʻliqlikni topdilar. University of Colorado (Kolorado universiteti) professori Steven Mayerning taʼkidlashicha, ruhiy tushkunlik modeli „stressga javob beruvchi limbik va miya sopi tuzilmalari ustidan medial prefrontal kortikal inhibitiv nazoratning buzilishi“ tufayli yuzaga kelishi mumkin. Psixologik kasalliklar va orttirilgan nochorlik stressli hodisalar tufayli birga kechishi mumkin. Mayer, shuningdek, depressiya boshqa ruhiy kasalliklar bilan bogʻliq boʻlgan yagona ruhiy kasallik boʻlmasligi mumkinligini taʼkidlaydi. Xuddi shunday, 2021-yilda National Institute of Health (Milliy sogʻliqni saqlash instituti) depressiv modellarning keng doirasini koʻrib chiqdi. U orttirilgan nochorlik modeliga urgʻru bergan edi. Ushbu model travmadan keyingi stress va klinik depressiya bilan yuqori darajada oʻxshashligi tufayli depressiv simptomlarni osonroq aniqlash imkonini beradi, bu „Overlapping neurobiology of learned helplessness and conditioned defeat: Implications for PTSD and mood disorders“ maqolasida alohida taʼkidlangan.

(Ushbu maqola haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun yuqoridagi Neyrobiologik nuqtayi nazar boʻlimiga qarang)

Pessimistik qarashga ega boʻlgan katta yoshlilar va oʻrta yoshli ota-onalar koʻpincha depressiyadan aziyat chekishadi[12]. Ular muammolarni hal qilish va kognitiv restrukturada noʻnoq boʻlib, ishdan va ish joyidagi shaxslararo munosabatlardan qoniqmaydilar[13]. Pessimistlarning immuniteti ham zaif boʻlishi mumkin. Ular oddiy kasalliklarga (masalan, shamollash, isitma) va jiddiy kasalliklarga (masalan, yurak xuruji, saratonga) nisbatan zaif qarshilik koʻrsatadilar. Bu, shuningdek, kasalliklarni yengishda muammolar koʻp boʻlishiga olib keladi[14].

Ijtimoiy taʼsir

tahrir

Orttirilgan nochorlik turli xil ijtimoiy vaziyatlarda ham hal qiluvchi omil boʻlishi mumkin.

  • Hissiy zoʻravonlikka asoslangan munosabatlarda koʻpincha jabrlanuvchida orttirilgan nochorlik rivojlanadi. Bu jabrlanuvchi zoʻravon bilan toʻqnash kelganda yoki uni tark etishga harakat qilganda sodir boʻladi; zoʻravon jabrlanuvchining his-tuygʻularini rad etishi yoki ahamiyatsizdek qarashi, oʻzini unga gʻamxoʻrlik qilayotgandek koʻrsatishi, lekin munosabatini oʻzgartirmasligi yoki jabrlanuvchi uni tark etishiga toʻsqinlik qiladi. Vaziyat davom etgani sari zoʻravonlik kuchayadi, jabrlanuvchi zoʻravonga taslim boʻlishni boshlaydi va unda orttirilgan nochorlikning alomatlari vujudga keladi[15]. Bu koʻpincha Stokgolm sindromi yoki ayollarga nisbatan qoʻllangan zoʻravonlik holatlarida qurbonning zoʻravon bilan travmatik bogʻlanishga olib keladi.
  • Shikastlanishdan keyingi murakkab stress.
  • Gregory Batesonning shizofreniya nazariyasiga koʻra, bolalik davrida qoʻsh bogʻlanish asosida munosabat oʻrnatilgan odamlardagi holatlar orttirilgan nochorlikning namunasi boʻla oladi. Bunday hollarda qoʻsh bogʻlanish bolalik davridan oilaviy kontekstda doimiy va odatiy tarzda namoyon boʻladi. Bola nosogʻlom bogʻlanishni anglay oladigan darajada ulgʻaygunigacha bu holat uning shaxsiga singib boʻlgan boʻladi. Natijada u nosogʻlom bogʻlanishga qarshi tura olmaydigan boʻlib qoladi. Bunday holda, deluzional tizimlar dunyosida qoʻsh bogʻlanishning qarama-qarshi mantiqiy talablaridan qochishga intilish oʻrinli yechim boʻla oladi (qarang: "Towards a Theory of Schizophrenia — Illustrations from Clinical Data").
  • Orttirilgan nochorlikning taʼsiri koʻpincha dars sinflarda namoyon boʻladi. Bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan talabalar oʻzlarini ortiq oʻquv faoliyatini yaxshilashga qodir emasdek his qila boshlashadi. Bu atribut ularni muvaffaqiyatga erishishga urinishdan toʻxtatib turadi. Natijada ojizlikning kuchayishiga, davomli muvaffaqiyatsizlikka, oʻziga boʻlgan hurmat yoʻqolishiga va boshqa ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Agar davolanmasa, ruhiy buzilish chuqurlashib boraveradi[16].
  • Bolalarga eʼtiborsizlik qilish orttirilgan nochorlikka sabab boʻlishi mumkin. Misol uchun, agar ota-onalar chaqaloqni yupatishning iloji yoʻq degan xulosaga kelib qolishsa, bolani tinchlantirishga harakat qilishdan voz kechishlari mumkin. Bunda orttirilgan nochorlik ota-onaga ham, bolaga ham salbiy taʼsir qiladi.
  • Ijtimoiy vaziyatlarda oʻta uyatchan yoki xavotirga bezuluvchan boʻlganlar nochorlik hissi tufayli yanada passiv boʻlib qolishi mumkin  Gotlib va Beatty (1985) ijtimoiy muhitda nochor boʻlgan odamlarni boshqalar deyarli payqamasliklari mumkinligini aniqladilar, bu esa ulardagi passivlikni kuchaytiradi.
  • Qarilik individuallardagi doʻstlari va oila aʼzolarining oʻlimiga, ish va daromadning yoʻqolishiga, yoshga bogʻliq sogʻliq muammolarining rivojlanishiga aloqador ravishda orttirilgan nochorlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu qariyalar tibbiy yordam, moliyaviy masalalar va boshqa muhim ehtiyojlarini eʼtiborsiz qoldirishlariga olib keladi[17].
  • Cox, Abramson, Devine, and Hollon (2012) ning fikriga koʻra, orttirilgan nochorlik muqarrar notoʻgʻri qarashlar (yaʼni, „deprejudice“) tufayli kelib chiqadigan depressiyaning asosiy omilidir. Shunday qilib: „Qochib boʻlmaydigan xurofotlar oldida tugʻilgan nochorlik bilan qutulib boʻlmaydigan zarbalar oldida tugʻilgan nochorlik oʻzaro mos keladi[18]“.
  • Ruby K. Paynening „A Framework for Understanding Poverty“ kitobida kambagʻallar munosabati qashshoqlik sikliga, qashshoqlik madaniyatiga va avlodlar qashshoqligiga olib kelishi mumkin. Orttirilgan nochorlikning bu turi ota-onadan bolalarga oʻtadi. Ushbu mentalitetni qabul qilgan odamlar qashshoqlikdan qutulishning iloji yoʻqligini his qiladilar va shuning uchun oilalarni qashshoqlik tuzogʻiga solib, kelajakni rejalashtirishdan tiyilishadi[19].

Orttrilgan nochorlik natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy muammolar muqarrar boʻlib tuyulishi mumkin. Biroq, ularni kamaytirish yoki oldini olishning turli usullari mavjud. Eksperimental sharoitlarda oʻrganilganda, orttirilgan nochorlik vaqt oʻtishi bilan oʻz-oʻzidan yechim topishi kuzatilgan. Odamlarga ularning avvalgi tajribalaridan misol keltirgan holda oʻzlari istagan natijaga erishishlari mumkinligi eslatilib borilsa, voqealarni nazorat qilib boʻlmaydi degan tushunchaga barham berish mumkin boʻladi. Kognitiv terapiya orqali odamlarga ularning xatti-harakatlari nimanidir oʻzgartira olishi mumkinligini isbotlashda va oʻziga boʻlgan hurmatni oshirishda qoʻllanishi mumkin. Ushbu turdagi davolash usullari orttirilgan nochorlik holatidan chiqib ketolmayotgan odamlar uchun juda foydali boʻlishi mumkin. Avvaliga nu vaziyatdan qutilish qiyin boʻlishi mumkin boʻlsa-da, yetarlicha vaqt va qoʻllab-quvvatlash orqali natijaga erishish mumkin.

Kengaytmalar

tahrir

Kognitiv olim va muhandis Donald Norman nega odamlar odatiy muhitda oddiy obyektlarni ishlatishda qiyinchilikka uchraganlarida ham oʻzlarini ayblayverishlariga orttirilgan nochorlik orqali izoh bergan edi.

Buyuk Britaniyalik pedagog Phil Bagge buni oldingi muvaffaqiyatsizlik tufayli yangi narsalarni oʻrganishdan qochish, oʻqituvchilar yoki tengdoshlaridan nimanidir tushuntirib berishni soʻrashdan tiyilish va natijada zaruriy ishni bajarolmaslik holatlariga sabab qilib koʻrsatadi. Bu holat, ayniqsa, yangi kompyuter dasturlash tilidan foydalanishni oʻrganish kabi masalalarda agressiv nochorlik tarzida koʻrinishi mumkin[20].

Amerikalik sotsiolog Harrison White oʻzining „Identity and Control“ kitobida orttirilgan nochorlik tushunchasini psixologiyadan tashqari ijtimoiy harakat sohasiga ham kengaytirish mumkinligini taklif qildi. Madaniyat yoki siyosiy nuqtayi nazar istalgan maqsadlarga erishishga olib bormasa, kollektiv layoqatga nisbatan shubha yuzaga keladi.

Siyosiy muhitda paydo boʻlishi

tahrir

Siyosiy sharoitda, agar saylovchi nomzodga ovoz bersa-yu, u nomzod gʻalaba qozonmasa, orttirilgan nochorlik belgilari yuzaga kelishi kuzatilgan. Agar bu holat bir necha bor takrorlanadigan boʻlsa, bu orttirilgan nochorlikka olib kelishi mumkin. Bu esa, kelajakda saylovchilarning kamayishiga olib kelishi mumkin. Biroq, Wollman va Stouder (1991) vaziyatga xos samara va ovoz berish oʻrtasida sezilarli topilma yoʻqligini aniqladi.

Qiynoqlar natijasida paydo boʻlish

tahrir

Orttirilgan nochorlik boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar, qiynoqqa solish deb ham ataladigan kengaytirilgan tergov usullarini ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qildi. CIA interrogation manuals qoʻllanmalarida orttirilgan nochorlik „befarqlik“ sifatida tavsiflanadi, bu esa qiynoq usullarini uzoq vaqt davomida qoʻllash natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan „zaiflik — qaramlik — qoʻrquv“ holatiga olib kelishi mumkin, "Agar zaiflik — qaramlik — qoʻrquv holati asossiz ravishda uzaytirilsa, hibsga olingan odam himoyaviy befarqlikka tushib qolishi mumkin, keyin uni qoʻzgʻatish qiyin boʻladi.

Havolalar

tahrir
  1. Psychology the science of behavior. Pearson Canada, 2010 — 409-bet. ISBN 978-0-205-69918-6. 
  2. „Learned helplessness at fifty: Insights from neuroscience“. Psychological Review. 123-jild, № 4. 2016-yil iyul. 349–367-bet. doi:10.1037/rev0000033. PMC 4920136. PMID 27337390. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  3. Helplessness: On Depression, Development, and Death. San Francisco: W. H. Freeman, 1975. ISBN 978-0-7167-2328-8. 
  4. 4,0 4,1 4,2 „Learned helplessness“. Annual Review of Medicine. 23-jild, № 1. 1972. 407–412-bet. doi:10.1146/annurev.me.23.020172.002203. PMID 4566487.
  5. 5,0 5,1 „Generality of learned helplessness in man“. Journal of Personality and Social Psychology. 31-jild, № 2. 1975. 311–27-bet. doi:10.1037/h0076270.
  6. „Control over stress induces plasticity of individual prefrontal cortical neurons: A conductance-based neural simulation“. Nature Precedings. 2011. doi:10.1038/npre.2011.6267.1.
  7. „Causal explanations as a risk factor for depression: theory and evidence“. Psychological Review. 91-jild, № 3. 1984-yil iyul. 347–374-bet. doi:10.1037/0033-295x.91.3.347. PMID 6473583. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  8. Weiner, B. (1986). An attributional theory of motivation and emotion. New York: Springer-Verlag.
  9. idem, p82
  10. „Exercise, learned helplessness, and the stress-resistant brain“ (PDF). Neuromolecular Medicine. 10-jild, № 2. University of Colorado-Boulder and Department of Integrative Physiology. 2008. 81–98-bet. doi:10.1007/s12017-008-8029-y. PMID 18300002. 23 June 2011da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2012-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  11. „A revised model of learned helplessness in humans“. Journal of Personality. 48-jild, № 1. 1980-yil mart. 103–133-bet. doi:10.1111/j.1467-6494.1980.tb00969.x. PMID 7365672. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  12. Chang, E.C.; Sanna, L.J. (2007). „Affectivity and psychological adjustment across two adult generations: Does pessimistic explanatory style still matter?“. Personality and Individual Differences. 43-jild, № 5. 1149–59-bet. doi:10.1016/j.paid.2007.03.007.
  13. Henry, P.C. (2005). „Life stress, explanatory style, hopelessness, and occupational stress“. International Journal of Stress Management. 12-jild, № 3. 241–56-bet. doi:10.1037/1072-5245.12.3.241.
  14. Bennett, K.K.; Elliott, M. (2005). „Pessimistic explanatory style and Cardiac Health: What is the relation and the mechanism that links them?“. Basic and Applied Social Psychology. 27-jild, № 3. 239–48-bet. doi:10.1207/s15324834basp2703_5.
  15. „Why Abuse Can Create Learned Helplessness“ (17-may 2013-yil).
  16. Stipek, D.E.P. (1988). Motivation to learning. Allyn & Bacon: Boston.
  17. „Aging and health: effects of the sense of control“. Science. 233-jild, № 4770. 1986-yil sentabr. 1271–1276-bet. Bibcode:1986Sci...233.1271R. doi:10.1126/science.3749877. PMID 3749877. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  18. idem, p433
  19. Payne, Ruby K. Framework for understanding poverty. Highlands, Tex: Aha! Process, 2005.
  20. „How To Rid Your Primary Computing Classes Of 'Learned Helplessness'“ (inglizcha). Teachwire (23-avgust 2016-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.