Oshiq (ozarbayjoncha: Aşıq, armancha: Աշուղ [ashugh], forscha: عاشیق‎; oshug, oshig, ashug nomlari ham mavjud[1][2]) – ozarbayjon, arman va boshqa xalqlarda shoir, xonanda va bastakor.

Oshiqlar sanʼati qadimiy turkiy oʻzon va arman gusanlar anʼanalari negizida XVI–XVII asrlarda rivoj topdi. Repertuaridan ishqiy, qahramonlik, nasihatomuz va boshqa qoʻshiklar, dostonlar („Kurugli“, „Asli va Kerem“, „Oshiq Gʻarib“ va boshqalar), Oshiqlarning ijodiy mus-baqalarida ijro etiladigan aytishuvlar oʻrin olgan. Musiqa uslubiga baland pardalarda kuylash, tor hajmdagi ohanglar, ritmik badihagoʻylik, band-naqarot shakllar xosdir. Oshiqlar musiqa ijrosida soz, tor, kemancha kabi musiqa cholgʻularidan foydalanadi. Tarixda Sayat-Nova, Jivani, Sheram, Miskin Burji, Qurboni, Dilgam, Alesker, 20-asrda A. Rzayev, M. Bayramov, Grigor, Ashot va boshqa oshiqlar tanilgan[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3.   „Oshiq“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (O-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.