Oshiqoʻt
(Oshiqo'tdan yoʻnaltirildi)
Oshiqoʻt (Chrorophora Neck.) - sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda bir necha turlari, xususan, olmagul O. (Ch. hierosolymitana Spreng.), qiyshiq O. (Ch.obliqua (vahl) A. Juss.) uchraydi. Bir uyli, ayrim jinsli oʻsimlik. Sershox, barglari uzun bandli, keng tuxumsimon yoki rombsimon, chetlari oʻyma tishchali, uz. 2,5—6 sm, eni 1,8—5 sm. Tojbarglari koʻp, tupguli shingilsimon, sershox, chochoqtupgulli. Changchi gullari 5—8 ta, gulkosa va gultojibarglari 5 bulakli, urugʻchi gullari 2—6 ta, uzun gulbandda urnashgan. Kusakchasi tuklar bilan qoplangan. May— sentabr oylarida gullab, urugʻlaydi. Kupincha adir va togʻli mintaqalarda, ekinlar orasida oʻsadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |