Osiyo va Afrika xalqlari birdamlik tashkiloti

Osiyo va Afrika xalqlari birdamlik tashkiloti (OSNAA) — xalqaro  jamoat tashkiloti boʻlib, uning maqsadi Osiyo va Afrika xalqlarining imperializm, mustamlakachilik, neokolonializm, irqchilik, sionizm va fashizm"ga qarshi ozodlik kurashini birlashtirish, muvofiqlashtirish va kuchaytirishni hamda ularning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini taʼminlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan. Ushbu tashkilotning Bosh qarorgohi — Qohirada joylashgan.

Tarixi

tahrir
 
SSSR pochta markasi, 1987-yil: OSNAAning 30 yilligi

Osiyo-Afrika birdamlik[sayt ishlamaydi] kengashi nomi ostida Qohirada (1957-yil 26-dekabr — 1958 -yil 1-yanvar) Birinchi Osiyo-Afrika birdamlik konferensiyasi  (2016-yil 8-martda Wayback Machineda arxivlangan)da tashkil etilgan. Keyinroq 1960-yil aprel oyida Konakridagi ikkinchi konferensiyada Osiyo va Afrika xalqlari birdamlik tashkiloti (OSNAA)ga aylantirilgan.

OSNAA nizomi 1974-yilda qabul qilingan. Tashkilot 80 ga yaqin aʼzo tashkilotlarni birlashtiradi; Yevropa sotsialistik mamlakatlari birdamlik qoʻmitalari OSNAA faoliyatida assotsiativ aʼzo sifatida, bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, WFTU, WFDW, WFDY, Butunjahon tinchlik kengashi, Xalqaro talabalar ittifoqi ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan.

OSNAAning oliy organi — qurultoy (uch yilda bir marta chaqiriladi); tashkilot rahbarlari — OSNAA aʼzolari va kuzatuvchilardan iborat yillik Kengash sessiyalari, yiliga 2 marta — aʼzolari harakatning taniqli namoyandalari bo‘lgan muvofiqlashtiruvchi organ Prezidiumining sessiyalari chaqirilgan. Ishchi organ Bosh kotib boshchiligidagi Doimiy kotibiyat hisoblangan.

OSNAA oylik „Afro-Asiatic Peoples“ (ingliz, arab va fransuz tillarida) jurnalini nashr etgan.

Mazkur tashkilotga (OSNAA) 2008-yildan 2011-yilgacha misrlik taniqli yozuvchi va jamoat arbobi Ahmad Hamrush[1] prezident bo‘lgan.

2008-yilda Qohirada Osiyo va Afrika xalqlari birdamlik tashkilotining 50 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtgan[2].

Yana qarang

tahrir
  • Osiyo va Afrika mamlakatlari birdamligi Sovet qoʻmitasi
  • Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqlarining birdamlik tashkiloti

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  • Organizatsiya solidarnosti narodov Azii i Afriki — statya iz Bolshoy sovetskoy ensiklopedii.