Osiyoda masonlik
Ushbu maqolada Osiyo davlatlaridagi mavjud masonlik tashkilotlari tarixi haqidagi umumiy nazariy maʼlumotlar aks ettirilgan.
Armaniston
tahrirArmaniston Buyuk Lojasi 2002-yilda Kolumbiya okrugi Buyuk Lojasi, Fransiya Milliy Buyuk Lojasi va Rossiya Buyuk Lojasi vakillari tomonidan tashkil etilgan tashkilot hisoblanadi. Armaniston Buyuk Lojasi Birlashgan QIrollik (Buyuk Britaniya) Buyuk Lojasi tomonidan ham tan olingan[1].
Ushbu tashkilot 2017-yilda Yerevanda o‘tkazilgan yig‘ilishda Armanistonning Buyuk Sharqiga asos solingan[2]. Dastlab u dunyoning turli mamlakatlaridan 200 ga yaqin masonlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Isroil
tahrirDastlab Isroil davlatining Buyuk Lojasi[3] Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng 1953-yilda tuziladi. Isroil davlatining Buyuk Lojasi tarkibiga 56 ta loja kiradi, ularda soni 2000 ga yaqin bo‘lgan masonlar mavjud deya faraz qilinadi. Bundan tashqari, Isroilda Fransiya Grand Lojasining 2 kichik lojasi, Fransiyaning Buyuk Sharqining 1 lojasi va Droit Humainning 1 lojasi mavjud.
Hindiston
tahrirMasonlik Hindistonga 1730-yillarda uni mustamlaka qilgan inglizlar tomonidan olib kelingan. Mustamlaka davrida Hindistondagi ushbu tashkilot UGLE (United Grand Lodge of England) yurisdiktsiyasi ostida bo‘lgan. Hindistonning mustaqil Grand Lojasi 1961-yilda tashkil etilgan. 2015-yil boshida Hindiston Grand Lojasi soni 370 lojani qamrab oladi va umumiy 22 500 masonni birlashtiradi. Hindiston Buyuk lojasi UGLE tomonidan tan olingan.
Eron
tahrirEronning Buyuk Lojasi 1969-1979-yillarda Tehronda tashkil etilgan Islom inqilobigacha mavjud edi. Uning tarkibiga koʻplab siyosiy arboblar, jumladan, uning buyuk rahnamosi boʻlgan sobiq Bosh vazir Jafar Sharif-Emomi[4] ham kirgan. Eron katta lojasi yurisdiktsiyasida 1000 ga yaqin erkin masonlardan iborat 43 loja mavjud bo‘lgan. Islom inqilobidan keyin Eronda masonlik taqiqlanadi. Hozirda “Eronning surgundagi buyuk lojasi”[5] mavjud. U Los-Anjelesda tashkil etilgan, ammo uning asosiy qarorgohi Massachusets shtatining Boston shahrida joylashgan bo‘lib, u yerda mahalliy grand lojaga 1985-yildan beri faoliyat yuritishga ruxsat bergan.
Xitoy
tahrirXitoy Xalq Respublikasida masonlik Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan taqiqlangan. Xitoyning Buyuk Lojasi (Tayvan) 1949-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u jami 750 masondan iborat 10 ta lojani o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu tashkilot UGLE tomonidan ham tan olinadi.
Koreya
tahrir1907-yil oxiri va 1908-yil boshida Koreyada yashovchi erkin masonlar yarim orolda birinchi mason lojasini yaratishga urinishadi. Loja yaratishga ruxsat 1908-yil 5-noyabrda Shotlandiyaning Buyuk Lojasi tomonidan beriladi. Loja nomi poytaxtning eng qadimgi nomlaridan biriga o‘xshab "Xanyang" deb nomlangan. Dastlab Koreyadagi erkin masonlar savdogarlar, konchilar va missionerlardan iborat bo‘lgan. Hozirda Koreya yarim orolida Hanyang lojasidan tashqari Pusan lojasi, Garri Truman lojasi (Shotlandiya Buyuk Lojasi yurisdiktsiyasi ostida) va MakArtur Lojasi (Filippin Buyuk Lojasi yurisdiksiyasi ostida) faoliyat yuritadi. MakArtur Lojasi asosan AQShning Seuldagi harbiy bazasida ishlaydi.
Livan
tahrirLivanda bir qancha tan olinmagan Grand Lojalar va Grand Orients guruhlari mavjud. Bu yerda tan olinmagan tashkilotlar soni juda oz bo‘lsa ham ular haqida ma‘lumotlar juda kam. Bu kichik Grand Lojalar va Buyuk Orientlar liberal masonlikka tegishli deyiladi[6]. Bundan tashqari, muntazam faol bo‘lgan va tan olingan UGLE lojalari ham mavjud. Masalan, Suriya va Livan Buyuk Lojasi okrugi, Nyu-York Grand Lojasi yurisdiksiyasi ostida faoliyat yurituvchi lojalar hisoblanadi. Shuningdek, Shotlandiya Buyuk Lojasi yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan Livanning Buyuk okrugi yurisdiksiyasi ostida va Vashington shtatining Buyuk Lojasi yurisdiksiyasi ostida umumiy birlashgan bitta loja mavjud.
Pokiston
tahrirPokistonda masonlik tashkiloti Britaniya imperiyasi davrida vujudga kelgan. Bu mamlakatda mason tashkilotlari 1972-yilda Zulfiqor Ali Bxutto va 1983-yilda Muhammad Ziyo-ul-Haq tomonidan taqiqlangunga qadar uzoq vaqt mobaynida faoliyat yuritgan. 1860-yilda Lahorda qurilgan Pokistondagi asosiy mason ibodatxonasi, hozirda Panjob ma‘muriyati tomonidan foydalaniladi.
Tailand
tahrirBir nechta muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, Tailanddagi daslabki loja 1911-yil 24-yanvar sanasida Bangkokda tashkil etilgan. Yuz yil o‘tgach, Tailandda umumiy oltita yirik katta lojalarda o‘nlab kichik lojalar paydo bo‘ladi.
Turkiya
tahrirMasonlik Turkiyaga XVIII asrda (1721-yil) chet ellik savdogarlar tomonidan olib kelinadi va 1748-yilda ushbu tashkilot faoliyati Mahmud I tomonidan taqiqlanadi[7]. 1909-yilda Turkiyaning erkin masonlarining umumiy Buyuk Lojasi tuzilgan bo‘lishiga qaramasdan 1935-yildan 1948-yilgacha masonlik yana taqiqlanadi. Faqargina 1948-yilga kelibgina yana Masonlarining Buyuk Lojasi Turkiyada tuzilganligi e‘lon qilinadi. Buyuk Loja Turkiya bo‘ylab umumiy 205 lojada 14000 masonni birlashtiradi UGLE tomonidan ham tan olinadi. Liberal masonlik tashkiloti 1966-yilgi bo‘linishdan keyin paydo bo‘lgan Turkiyaning Liberal masonlarining Buyuk Lojasi tomonidan tan olinadi. Ushbu tashkilotdagi umumiy masonlar soni taxminan 4000 kishidan iborat.
Filippin
tahrirFilippin Grand Lojasi 1912-yilda tashkil etilgan bo‘lib. Hozirda u 360 ta lojada 16500 massonni birlashtiradi. UGLE[8] o‘z navbatida bu Lojani tan olgan.
Shri Lanka
tahrirMasonlik Seylonga 1800-yillarning boshlarida inglizlar tomonidan olib kelingan. Hozirgi kunda Shri-Lankada jami 10 ta ingliz lojasi, 2 ta shotland va 4 ta irland lojasi faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati o‘z ishlarini Kolombodagi mason ibodatxonasida olib boradi[9]. Bundan tashqari, Kandi, Nuvara Eliya va Kurunegala shaharlarida ham mason ibodatxonalari mavjud.
Yaponiya
tahrirYaponiya Grand Lojasi[10] 1957-yilda tashkil etilgan va OGLE tomonidan tan olingan. U jami 50 lojada 1600 nafar masonni birlashtiradi. Le Droit Humain ordeni ham 2008-yilda Tokioda o‘zining “Soleil Levant” lojasiga asos soladi[11].
Yana qarang
tahrir- Mason tashkilotlari ro‘yxati
- Rossiyada masonlik
Manbalar
tahrir- ↑ „Сайт Великой ложи Армении“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „Архивированная копия“. 2019-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
- ↑ „Великая ложа Израиля“. 2021-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „Memoirs of Sharif-Emami, Prime Minister“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „Масонство в Иране“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „Freemasonry In The Islamic World“. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-fevral.
- ↑ „История масонства в Турции“. 2009-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „Великая ложа Филиппин“. 2013-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „A heritage transformed. Дата обращения: 21 февраля 2016. Архивировано 4 марта 2016 года.“.
- ↑ „Великая ложа Японии“. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „Сайт ложи Soleil Levant“. 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |