Mahmud I (usmonli turkcha: محمود اول, turkcha: I. Mahmud, 2-avgust 1696 – 13-dekabr 1754) – Usmonli imperiyasining yigirma toʻrtinchi sultoni, 1730-yildan 1754-yilgacha hukmronlik qilgan. Mahmud I uzoq hukmronligi Rossiya, Gabsburglar va Fors bilan urushlar, shuningdek, Gʻarbdan ilhomlantirilgan ilk harbiy islohotlar bilan kechdi[1].

Mahmud I
محمود اول
Tughra of Mahmud I.JPG
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi
Hukmronligining boshlanishi: 20-sentyabr 1730
Hukmronligining tugashi: 13-dekabr 1754
Oʻtmishdosh: Ahmad III
Voris:Usmon III
Tugʻilgan sanasi: 2-avgust 1696-yil
Tugʻilgan joyi:Edirne, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:13-dekabr 1754-yil(1754-12-13)
(58 yoshda)
Vafot joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi

Sulton Mustafo II va uning kanizagi Soliha Sultonning oʻgʻli[⇨], Mahmud I amakisi Sulton Ahmad III ning majburan taxtdan voz kechishi natijasida taxtga oʻtirdi. Keyingi yilgi kichik qoʻzgʻolonlarni bostirgan[⇨]. Mahmud Fors bilan davom etayotgan urushga eʼtibor qaratdi: bu urush 1736-yilda hech bir tomonni qoniqtirmagan kelishuv bilan yakunlandi[⇨]. Eron shohi bilan haqiqiy tinchlik faqat 1746 yilda tuzilgan[⇨]. Gʻarbiy frontda Fors bilan boʻlgan ikki oʻrtadagi kelishmovchiliklar va Rossiyaning Azovga hujumi Gabsburg imperiyasi bilan urushga olib keldi. Usmoniylarning ketma-ket gʻalabalari Rossiya va Gabsburglarni tinchlik shartnomasini tuzishga undadi. Usmoniylar Belgrad shartnomasiga koʻra Belgradni qaytarishdi, ammo Azov Rossiyaga qoldi[⇨]. Shunday qilib, Usmoniylar Avstriya urushida qatnashmaslik va Nodirshohning oʻlimidan keyin Forsdagi tartibsizliklardan foydalanmasdan, qulay shartlar asosida gʻarbiy frontda uzoq tinchlik davriga kirishdi.

Biografiyasi tahrir

 
Sulton Mustafo II, Mahmudning otasi

Shahzoda tahrir

Mahmud Edirne saroyida tugʻilgan[2][3]. Usmoniylar sultoni Mustafo II ning joriyalaridan biri, asli yunon boʻlgan Soliha Sultondan toʻngʻich oʻgʻli boʻlib[3][2][4][5]. Mahmud I ning umumiy eʼtirof etilgan tugʻilgan sanasi 1696-yil 2-avgust ekanlig aytiladi[6][2][3][7], lekin 1696-yil 10-aprelda yoki 1696-yil 4-oktyabrda tugʻilgan, degan taxminlar ham bor. Anthony Alderson oʻzining „Structure of Ottoman dynasty“ (Usmoniylar sulolasining tuzilishi) asarida taxminiy sanalarni xato deb ataydi[6]. Mahmudning 20 dan ortiq aka-uka va opa-singillari bor edi, lekin ularning barchasi boʻlajak sulton bilan bir onadan emasdi[5].

Shahzoda Mahmudning bolalik yillari Edirnada oʻtgan. Boshlangʻich taʼlimni 1702-yil 18-mayda boshlagan[3]. Birinchi saboqlarni Mustafo IIning ustozi,shayxulislom Sayyid Fayzulloh afandidan olgan, keyingi tarbiyasi bilan Fayzullohning oʻgʻli Ibrohim afandi shugʻullangan[6][2][3].

Manbalar tahrir

  1. Farooqi, Naimur Rahman. Mughal-Ottoman relations: a study of political & diplomatic relations between Mughal India and the Ottoman Empire, 1556-1748. Idarah-i Adabiyat-i Delli, 1989.  ASIN: B0006ETWB8. See Google Books search.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Aktepe, Levy 2012.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Özcan 2003.
  4. Şakul 2009.
  5. 5,0 5,1 Akyıldız 2009.
  6. 6,0 6,1 6,2 Alderson 1956.
  7. Sakaoğlu 2015.