Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi

(Ost Indiya kompaniyasidan yoʻnaltirildi)

Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi (inglizcha: East India Company), 1707-yilgacha Angliya Ost-Indiya kompaniyasi — 1600-yil 31-dekabrda Elizabeth I farmoniga koʻra asos solingan va Hindiston bilan savdo qilish borasida keng imkoniyatlarga ega boʻlgan aksiyadorlik jamiyati[1]. Ost-Indiya kompaniyasi yordami bilan Britaniyaning Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari kolonizatsiyasi amalga oshirilgan[2].

Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi
Turi aksiyadorlik jamiyati, konsern
Qachon asos solingan 1600-yil
Qchon tugatilgan 1874-yil 1-yanvar
Tugatilish sababi bankrotlik
Joylashuvi London, Angliya
Asoschi(lari) John Watts, George White

Qirolicha farmoni bilan Ost-Indiya kompaniyasi Hindiston bilan savdoda monopoliyaga aylanib olgan. Dastavval kompaniya 125 ta aksioner va 72 000 funt sterling kapitalga ega edi[3][4]. Kompaniya aksionerlar oldida javobgar boʻlgan gubernator va direktorlar kengashidan iborat boʻlgan. Keyinchalik kompaniya boshqaruv va harbiy funksiyalarga ham egalik huquqini qoʻlga kiritgan. 1858-yilda esa ushbu huquqlaridan mahrum boʻlgan. Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasidan soʻng Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi ham birjaga oʻz aksiyalarini joylashtirgan[5][6].

Kompaniya Hindiston tashqarisida ham oʻz manfaatlarini koʻzlagan. Asosiy maqsadi Britaniya orollariga eltuvchi xavfsiz dengiz yoʻllarini yaratish boʻlgan[7]. Keyinchalik kompaniya Yevropa va Osiyodan qaytayotgan kemalar uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan Avliyo Yelena orolini qoʻlga kiritgan. Aynan Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi harbiylari Avliyo Yelena oroliga surgun qilingan Napaleonni qoʻriqlashgan.

Kompaniyaning shtab-kvartirasi Londondagi Ost-Indiya uyida joylashgan. Hozirda bu yerda Lloyd’s of London sugʻurda firmasi faoliyat yuritadi.

Hindistondagi operatsiyalari

tahrir

Kompaniya 1600-yil 31-dekabrda „Ost-Indiya hududlarida savdo bilan shugʻullanuvchi London savdogarlar kompaniyasi“ (inglizcha: Governor and Company of Merchants of London trading with the East Indies) nomi bilan tashkil etilgan[8]. 1601–1610-yillar davomida kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyoga 3 marotaba savdo ekspeditsiyalari uyushtirgan. Ularning birinchisiga oʻz missiyasini yaxshi bajarganligi uchun ritsarlik unvonini olgan James Lancaster boshchiliik qilgan. Kompaniyaning Hindistondagi faoliyati 1612-yilda imperator Jahongirshoh kompaniyaga Surat shahrida faktoriya yaratishlariga ruxsat berishi bilan boshlangan. Dastavval kompaniya har xil nomlardan foydalangan: „Hurmatli Ost-Indiya kompaniyasi“ (inglizcha: Honourable East India Company), „Ost-Indiya kompaniyasi“ (East India Company, EIC), „Bahadur kompaniyasi“.

Kompaniyaning asosiy raqobatchilari ushbu hududlarga qolgan yevropaliklarga nisbatan deyarli yuz yil oldin kelgan portugallar, eng asosiy raqib esa Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi (Verenigde Oostindische Compagnie, VOC) edi. Gollandlar birinchi navbatda ziravorlar savdosiga qiziqqan va monopoliya hisobiga baland narxlarni ushlab turishga harakat qilishgan. VOCning kapitali Britaniya kompaniyasi kapitalidan 10 barobar koʻp edi. XVII asr oʻrtalariga kelib portugallarni ushbu hududlardan siqib chiqargan gollandlar dengiz savdosida yaqqol hukmronlik qilishni boshlagan. Mustaqil britan savdogarlari ushbu kompaniya bilan raqobat qila olmas edi, bundan tashqari gollandlar raqiblari faktoriyalarini kuch ishlatish yoʻli bilan yoʻq qilishar edi. Hindiston bilan savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilganda Boburiylar imperiyasi mansabdorlari savdogarlarning farqiga bormas edi. Misol tariqasida, 1633-yilda ingliz qaroqchilari Suratdagi kemani talon-taroj qilganlarida, mahalliy mansabdorlar oʻgʻirlikka umuman aloqasi boʻlmagan kompaniyadan kompensatsiya toʻlovlarini talab qilgan. Bunday sharoitlarda mustaqil savdogarlar qonundan tashqari deb eʼlon qilingan.

1647-yilga kelib kompaniya Hindistonda 23 ta faktoriyaga ega edi. Hindiston matolari (paxta va ipakdan tayyorlangan) Yevropada oʻta talabgir hisoblangan. Shuningdek choy, gʻalla, boʻyoqlar, paxta, keyinchalik bengal opiumi olib ketilar edi.

Xitoydagi operatsiyalari

tahrir

1711-yilda kompaniya Xitoyning Guanjou shahrida choy sotib olish maqsadida savdo shirkatiga asos solgan. Dastlab choy kumushga sotib olingan. Keyinchalik kompaniyaga tegishli Hindiston plantatsiyalarida yetishtirilgan opiumga ayirboshlangan.

Xitoy hukumatining 1799-yilgi opium olib kirishga qarshi qaroriga qaramay kompaniya yiliga 900 tonna miqdordagi opiumni kontrabanda yoʻli bilan olib kiravergan. Xitoy bilan savdo faqatgina Hindiston bilan savdo miqdoriga nisbatan kamroq edi.

1839-yilda Xitoy gubernatori tomonidan kontrabanda opiumning yoʻq qilinishi Afyun urushlari (1839–1842) boshlanishiga sabab boʻlgan.

Saudiya yarimorolidagi operatsiyalari

tahrir

XVIII asr oxiridan boshlab kompaniya Ummon davlatiga qiziqa boshlagan. 1798-yilda sulton Said huzuriga fors Mahdi Alixan yuborilgan va fransuzlarga qarshi ittifoq tuzishgan. Amalda bu Ummonni protektoratga aylantirilganini anglatar edi. Ushbu kelishuvga muvofiq sulton oʻz davlati hududiga fransuz kemalarini kirishini taqiqlashi, davlat hududiga fransuz va gollandlarni umuman qoʻymaslik, Fransiya va Gollandiya Ummon hududida oʻz savdo hududlarini yaratishiga yoʻl qoʻymasligi, Fransiya bilan kurashda Angliyaga yordam berish shartlarini olgan. Lekin oʻsha davrda sulton oʻz davlati hududida faktoriya qurishga ruhsat bermagan. 1800-yilda kelishuv toʻldirilgan va Angliya Ummon davlatida oʻz rezidentiga ega bo'lgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • К. А. Antonova, G. М. Bongard-Levin, G. G. Kotovskiy. Istoriya Indii, М., 1979. 
  • А. Guber, А. Xeyfets. Novaya istoriya stran zarubejnogo Vostoka, М., 1961. 
  • B. Adams. The Laws of Civilizations and Decay. An Essays on History, Nyu-York, 1898 — 305-bet. 
  • E. Xobsbaum. Vek Revolyutsii. Yevropa 1789—1848, Rostov-na-Donu, 1999. 
  • Ensiklopedicheskiy slovar / F. A. Brokgauz, I. A. Yefron
  • Vsemirnaya istoriya, М., 2000. ISBN 985-433-711-1. 
  • K. A. Fursov. Derjava-kupes: Otnosheniya angliyskoy Ost-Indskoy Kompanii s angliyskim gosudarstvom i indiyskimi patrimoniyami. — M.: Tovarishestvo nauchnix izdaniy KMK, 2006.
  • K. A. Fursov. Ost-Indskaya Kompaniya: Istoriya velikogo oligarxa // Novoe vremya. — M., 2001. — № 2—3. — 40—43-b.
  • K. A. Fursov. Otnosheniya angliyskoy Ost-Indskoy kompanii s Mogolskim sultanatom: problema periodizatsii // Vestnik Moskovskogo Universiteta. Seriya 13: Vostokovedenie. — 2004. — № 2. — 3—25-b.
  • Y. G. Yefimov. Konsepsiya „subimperializma“ angliyskoy Ost-Indskoy kompanii P. Dj. Marshalla // X regionalnaya konferensiya molodix issledovateley Volgogradskoy oblasti, 2005-yil 8—11-noyabr: Tezisi dokladov. — Vip. 3. Filosofskie nauki i kulturologiya. Istoricheskie nauki / Volgogradskiy gosudarstvenniy universitet [i drugie vuzi]. — Volgograd: VolGU, 2006. — 180—181-b.
  • Y. G. Yefimov. Angliyskaya Ost-Indskaya kompaniya vo vtoroy polovine XVIII veka: Vopros o natsionalnoy identichnosti (k postanovke problemi) // XI regionalnaya konferensiya molodix issledovateley Volgogradskoy oblasti, 2006-yil 8—10-noyabr. Vip. 3. Filosofskie nauki i kulturologiya. Istoricheskie nauki: Tezisi dokladov / Volgogradskiy gosudarstvenniy universitet [i drugie vuzi]. — Volgograd: VolGU, 2007. — 124—126-b.

Manbalar

tahrir
  1. Not many days ago the House of Commons passed (1873-yil 8-aprel), s. 9.
  2. Roos, Dave „How the East India Company Became the World's Most Powerful Monopoly“. History (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  3. Scott, William „East India Company, 1817–1827“ (en). Archives Hub. Senate House Library Archives, University of London. 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  4. Parliament of England (31 December 1600). Charter Granted by Queen Elizabeth to the East India Company Vikimanba. „Governor and Company of Merchants of London Trading into the East-Indies“
  5. Farrington, Anthony. Trading Places: The East India Company and Asia 1600–1834 (en). British Library, 2002. ISBN 9780712347563. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr. 
  6. „Books associated with Trading Places – the East India Company and Asia 1600–1834, an Exhibition“. 2014-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Lawson, Philip. The East India Company: A History. London: Longman, 1993 — 2-bet. ISBN 978-0-582-07386-9. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr. 
  8. Tracy, James D. „Dutch and English Trade to the East“, . The Construction of a Global World, 1400–1800 CE, Part 2, Patterns of Change, The Cambridge World History. Cambridge: Cambridge University Press, 2015 — 249-bet. ISBN 9780521192460. „"In 1608 an EIC ship called at Surat, the main port of Gujarat, and a good place to obtain the Gujarati cottons that had an established market in the Moluccas. But the English were not allowed to establish a factory here until 1615..."“ 

Havolalar

tahrir