Otbosar — (qoz. Атбасар) shahar, Akmola viloyatidagi Otbosar tumanining maʼmuriy markazi (1928). Astana shahridan shimoli-gʻarbga tomon 232 km masofada, Jabay daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shahar aholisining soni 1897-yil 3 ming, 1997-yil 35,3 ming, 2006-yil 29,1 ming 2012-yil 29 909 kishini tashkil qildi.

Otbosar

qoz. Атбасар
shahar
51°48′0″N 68°22′0″E / 51.80000°N 68.36667°E / 51.80000; 68.36667 G OKoordinatalari: 51°48′0″N 68°22′0″E / 51.80000°N 68.36667°E / 51.80000; 68.36667 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Akmola viloyati
Tuman Otbosar tumani
Hukumat
Asos solingan 1845
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2012)
29,909
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71643 [1]
Pochta indeks(lar)i 020400[2]
Avtomobil kodi C, 03
Otbosar xaritada
Otbosar
Otbosar

Tarixi tahrir

Poydevori 1846-yili qurilgan. 19-asrning 40 — 50 yillarida oʻzi bilan nomdosh okrugning, 1869-yildan Akmola viloyati Sarisu vezining markazi. Oktyabr revolyutsiyasigacha bunda yiliga Otbosar (Petrov) yarmarkasi oʻtkazilib turdi. 1928-yil tuman markaziga aylandi. Akmola — Qartali temir yoʻlining barpo etilishi (1940) shaharning undan ham rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berdi.

Sanoati tahrir

Ulugʻ Vatan urushi vaqtida shaharga chetdan koʻplab aholi va bir nechta korxonalar koʻchirilib keldi. Otbosarda batamom mexanikalashtirilgan, yangi texnika bilan jihozlangan Qozogʻistondagi eng yirik elevatorlarning biri ishga tushurildi. Hozirgi kunda avtomobil, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi, v.b. korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shaharda qishloq xoʻjaligini mexanikalantiruvchi va elektrlandiruvchi mutaxasislar toyyorlaydigan kolledj, oʻrta va asosiy, musiqa maktablari bor [3].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir