Oyga sayohat (inglizcha: Over the Moon, asl tarjimasi: Oy ustida) 2020-yilda katta ekranlarga chiqarilgan musiqiy va fentezi janrlaridagi kompyuter-animatsion filmdir. Pearl Studio va Sony Pictures Imageworks studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan va Netflix strimimg xizmati orqali yoyinlangan. Film rejissori — Glen Keane, ssenariy muallifi — Audrey Wells. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Cathy Ang, Phillipa Soo, Ken Jeong, John Cho, Ruthie Ann Miles, Margaret Cho va Sandra Oh kiradi.

Oyga sayohat
(Over the Moon)

Film posteri
Rejissyor(lar) Glen Keane
Prodyuser(lar)
  • Peilin Chou
  • Gennie Rim
Ssenariynavis(lar) Audrey Wells
Rollarda
  • Cathy Ang
  • Phillipa Soo
  • Ken Jeong
  • John Cho
  • Ruthie Ann Miles
  • Margaret Cho
  • Sandra Oh
Bastakor(lar) Steven Price
Muharrir(lar) Edie Ichioka
Studiya(lar)
  • Pearl Studio
  • Sony Pictures Imageworks
Distribyutor Netflix
Chiqarilgan sanasi
  • 23-oktyabr, 2020-yil(2020-10-23)
Davomiyligi 95 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha

Mazmuni tahrir

Fei Fei ismli qiz Yerning sunʼiy yoʻldoshiga borish va u yerda Oy maʼbudasi boʻlmish Changʻe mavjudligini isbotlash uchun raketa yasaydi. Qahramon bunda onasining xotiralaridan ilhom oladi. Fei Fei otasini ikkinchi marta turmush qurishga qaror qilgani uchun kechira olmaydi va unga abadiy sevgi borligini isbotlashga urinadi. Film voqealari davomida Fei Fei oʻtmish bilan yashamaslikni tushunadi. Oy maʼbudasi bilan uchrashgach, abadiy muhabbat ham abadiy qaygʻu ekanligini anglaydi. Shuning uchun hayotda yangi odamlar kirib kelishiga imkon yaratish kerakligini bilib oladi.[2]

Ovoz berganlar tahrir

  • Cathy Ang — Fei Fei
  • Robert G. Chiu — Chin
  • Phillipa Soo — Changʻe[3]
  • Ken Jeong — Gobi
  • John Cho — Ba Ba
  • Ruthie Ann Miles]] — Ma Ma
  • Sandra Oh — Zhong xonim
  • Margaret Cho — Auntie Ling
  • Kimiko Glenn — Auntie Mei

Musiqasi tahrir

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Christopher Curtis, Marjorie Duffield va Helen Park[4][5][6] yozgan.

NomiIjrochi (lar)Davomiyligi
1.„On the Moon Above“John Cho, Ruthie Ann Miles va Cathy Ang1:31
2.„Mooncakes“Cho, Miles and Ang4:19
3.„Rocket to the Moon“Ang3:48
4.„Rocket to the Moon (Reprise)“Ang2:01
5.„Ultraluminary“Phillipa Soo3:20
6.„Hey Boy“Soo and Robert G. Chiu1:47
7.„Wonderful“Ken Jeong and Ang2:37
8.„Yours Forever (Reprise)“Soo va Conrad Ricamora2:00
9.„Love Someone New“Soo and Ang3:36
Jami davomiyligi:24:48

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir