Oybek Karimsher oʻgʻli Mamazulunov (1989-yil 25-dekabr, Andijon) — oʻzbek bokschisi, oʻrta va engil vazn toifasida ringga tushadi. U 2010-2016-yillar mobaynida boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi safida jangga koʻtarilgan, jahon chempionati bronza medali sovrindori, Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori, Osiyo chempioni, koʻplab xalqaro turnirlar gʻolibi va sovrindori boʻlgan.

Oybek Karimsher oʻgʻli Mamazulunov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 25-dekabr 1989-yil (1989-12-25) (34 yosh)
Andijon , Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Boks
Ushbu maqola bokschi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Olmaota 2013 81kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Bronza Incheon 2014 81kg gacha
Osiyo chempionati
Oltin Amman 2013 81kg gacha

Tarjimai hol tahrir

Oybek Mamazulunov 1989-yil 25-dekabrda Oʻzbekistonning Andijon shahrida tugʻilgan.

U ilk bor 2010-yilgi mavsumda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida oʻrta vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, oʻzini tanitgan.

2011-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga qoʻshildi va Bishkekdagi Duyshenqul Shopokov xotirasiga bagʻishlangan musobaqada gʻolib chiqdi.

2012-yilda Oybek engil vazn toifasida ringga koʻtarildi, Shopokov memorialida yana eng yaxshisi boʻldi, yarim finalda rossiyalik Egor Mexonsevga yutqazib, Toshkentdagi Sidney Jekson memorialining bronza medali sohibiga aylandi[1].

Uning sport faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli mavsumlardan biri 2013-yilda u Ammanda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2] va Olma-Otadagi jahon chempionatida  yarim finalda qozogʻistonlik Adilbek Niyazymbetovga imkoniyatni boy berib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2014-yilda u Incheondagi Osiyo oʻyinlarida yarim ogʻir vazn toifasida qoʻlga kiritgan bronza medalini medallar  roʻyxatiga qoʻshib qoʻydi. U Olma-Ota shahrida boʻlib oʻtgan Prezident kubogida ishtirok etib, chorak finalda Qozogʻiston vakili Daniyar Yeleussinov ustidan gʻalaba qozondi[3].

2015-yilda Samarqandda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida 81 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medali sovrindori boʻlgan.

2016-yilda Atirauda oʻtkazilgan xalqaro turnirda kumush medalni olishga erishdi.

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган мураббий Сидней Джаксон хотирасига бағишланган халқаро турнир ўз ниҳоясига етди[sayt ishlamaydi] Olympicboxing.uz
  2. Ойбек Мамазулунов завоевал золотую медаль и звание чемпиона Азии (Wayback Machine saytida 6-iyul 2022-yil sanasida arxivlangan) Olympicboxing.uz
  3. Ўзбекистон боксчилари Осиё ўйинларида (натижалар ва барча совриндорларимиз)[sayt ishlamaydi] Olympicboxing.uz