Oybek koʻchasi (Toshkent)
Oybek koʻchasi – Mirobod tumanining „Oybek“ va „Salor“ mahallalari hududidagi Kichik halqa yoʻli va Afrosiyob, Shahrisabz koʻchalari kesishmasi oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod |
Uzunligi | 1.5 km |
Yaqin metro bekatlari |
Mingoʻrik Oybek |
Avvalgi nomlari |
Oʻqchi (Strelkoviy) koʻchasi Kosmonavtlar koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Oybek |
Koʻchada joylashgan binolar |
Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Savdogarbank Aloqabank |
XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Yoʻnalishida chor Rossiyasining oʻqchi bataloni joylashgani bois, dastlab Oʻqchi (Strelkoviy) koʻchasi deb yuritilgan. 1961-yil 4-avgustda kosmonavt-uchuvchi German Titov, 1977-yil 6-sentabrda Kosmonavtlar koʻchasi nomi berilgan. 1990-yil 28-iyundan taniqli oʻzbek yozuvchisi Oybek nomi bilan yuritiladi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng koʻcha yoʻnalishida koʻp qavatli turar joy va maʼmuriy binolar qurilgan[1].
Mustaqillik yillari koʻchada tubdan qayta qurish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Koʻcha eniga kengaytirilib, yangi texnologiyalar yordamida qayta taʼmirlandi. Zamonaviy bino va inshootlar barpo etildi. Yoʻnalishida Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining fakulteti, „Savdogarbank“, „Aloqabank“, „Oʻzbegim“ supermarketi, „Drujba“, „Shoh“ restoranlari, "Mingoʻrik", "Oybek" metro bektalari, koʻp qavatli turar joy binolari, firma va kompaniya ofislari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Salor kanali oqib oʻtadi. Nukus va Fidokor (Anton Chexov) koʻchasilari bilan kesishadi. Sayyid Baraka koʻchasi bilan tutash. Yaqinida Qozogʻiston, Turkmaniston hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari, Belgiya Qirolligining Toshkentdagi konsulxonasi, Uspenskiy sobori, Mirobod dehqon bozori, „Grand Mir“ mehmonxonasi, xususiy shifoxona, maktab va bogʻchalar joylashgan.
Galereya
tahrirOybek koʻchalari
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.