Oydin tunlar“ – XIX asr taniqli rus yozuvchisi Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy qalamiga mansub roman.

Oydin tunlar
Asosiy maʼlumotlar
Janr qissa, sentimental roman
Muallif Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy
Orginal tili rus
Yozilgan sana 1848
Oydin tunlar

Yaratilish tarixi

tahrir

Roman Dostoyevskiy tomonidan 1848-yilning sentabr-noyabr oylarida yozilgan[1].

1848-yil 31-oktabrda roman nashr etilishi uchun Peterburg senzura qoʻmitasidan ruxsat olingan. Roman ilk marta „Otechestvennyye zapiski“ jurnalining oʻn ikkinchi sonida doʻsti, shoir va yozuvchi Plesheevga bagʻishlab nashr etilgan[1].

Keyinchalik roman sezilarli darajada qayta koʻrib chiqilgan. Asarning 1860-yil nashr etilgan versiyasida Pleshcheevga atab yozilgan ayrim oʻrinlari saqlanib qolgan. 1865-yilgi nashrda esa bu oʻrinlar asardan olib tashlangan[1].

Syujeti

tahrir

Asar bosh qahramoni xayolparast, orzumand, yolgʻiz va gʻamgin yigit. Oydin bir tunlarning birida xayol surib yurgan yigit tasodifan Nastenka ismli bir qiz bilan uchrashadi va unga oshiq boʻladi, shu bilan birga Nastenkaning nigohida u oʻzining umr yoʻldoshi va birodari timsolini ham koʻradi. Nastenka unga hayotida boʻlib oʻtgan bir voqeani aytib beradi. Uning yoshlik yillari ota-onasi vafotidan soʻng koʻzlari ojiz buvisi bilan oʻtadi. Buvisi uzoq vaqt Nastyani qoʻyib yubormaydi va hatto uni oʻzidan uzoqlashtirmaslik uchun nabirasining koʻylagini oʻz koʻylagiga toʻgʻnagʻich bilan qadab qoʻyadi. Nastyaning hayoti bir xilda, qaygʻuli kechardi. Ammo ularning uyiga tashrif buyurgan va Nastyaga rahmi kelgan yangi mehmonning sharofati bilan uning hayotida hamma narsa oʻzgarib ketadi. Nastya bu yangi mehmonni sevib qoladi va u bilan qochib ketishni istaydi, lekin baxtga qarshi yigit juda kambagʻal boʻladi va oradan bir yil oʻtib, Nastyani olib ketishga vaʼda berib, u yerdan ketishga majbur boʻladi. Oradan bir yil oʻtgach ham ortiga qaytmagan yigit haqida butun shahar xabar topadi, shunday boʻlsa-da, Nastya oʻsha yigitni chin yurakdan sevgani uchun uni kutishda davom etadi. Ammo yigitdan darak boʻlmaydi va hatto u Nastyaning maktublariga biror marotaba boʻlsa ham javob xati yozmaydi. Va, nihoyat, sevgan insoni uni tashlab ketganini tan olishga majbur boʻlgan Nastenka endigina uchratgan oʻsha xayolparast yigitning unga nisbatan boʻlgan his-tuygʻulariga javob berishga qaror qiladi. Biroq shunday kunlarning birida Nastenka toʻsatdan eski sevgilisi bilan uchrashib qoladi va hali ham oʻsha insonni sevishini anglab, yangi xayolparast oshigʻidan qochib ketarkan, unga oʻzining bu xiyonati uchun kechirim soʻrab yozgan xatini qoldiradi. Bosh qahramon – oʻsha xayolparast va qalbi toza oshiq yigit Nastenkani chin yurakdan kechiradi va uni yoʻqotganiga qaramay, unga boʻlgan sevgisini qalbida pokiza saqlashda davom etadi. Nastenka uni tashlab ketganiga qaramay, qizni oʻzining hayotidagi eng goʻzal hodisot deb biladi va Nastenkaga, unga sevishni oʻrgatgani, muhabbat deb atalmish „oniy halovat“ni tuhfa etgani uchun faqat va faqat baxt tilaydi, Nastenkaning qalbi hech qachon ozor chekishini istamaydi. Oʻzi esa pok muhabbatidan ayriladi va bu hayotda yana yolgʻiz qoladi.

Bosh qahramonlar

tahrir

Hikoyaning bosh qahramoni xayolparast va orzumand yigit. Ushbu mavzu Dostoyevskiyning „Xozyayka“ va „Slaboe serdtse“ hikoyalarida, shuningdek, „Peterburgskaya letopis“ felyetonlarida ham allaqachon yoritib berilgan edi[1].

Dostoyevskiy ijodi ustida tadqiqot olib boruvchi olimlar „Peterburgskoy letopis“ning toʻrtinchi felyetonini „Oydin tunlar“ asarining qoralamasi degan xulosaga kelgan. Ushbu asarda allaqachon „Oydin tunlar“ asari yaratilishidan bir yarim yil oldin xayolparast obrazining psixologik portreti yoritib berilgan. Xuddi shu oʻrinda yozuvchi oʻzining uchinchi felyetonida keltirilgan Sankt-Peterburg yozgi tabiatini ham xuddi oʻsha xayolparast timsoliga oʻxshash tasvirlar bilan keltirib oʻtadi[1]. Dostoyevskiy asarlaridagi xayolparast obrazlari hozirgi katta qatlamli oʻqimishli kishilardan ajralib turadi. Adibning 1860—1870-yillarda yaratgan asarlari qahramonlarida xayolparastning haqiqiy hayotni topishga urinayotgan intilishlari tasvirini sezishimiz mumkin[1].

„Oydin tunlar“ asari bosh qahramoni prototipi qisman Dostoyevskiyning oʻzidir. „Peterburgskoy letopis“ning toʻrtinchi felyetoni soʻngida yozuvchi: „… biz hammamiz ozmi-koʻp xayolparastlarmiz!“ jumlalarini keltirib oʻtgan[1]. Badiiy adabiyotda xayolparast obrazi qiyofasida Gogolning „Nevskiy prospekt“ qissasidagi Piskarev, shuningdek, Gofman asarlarining bir qancha qahramonlarini koʻrishimiz mumkin, ushbu adabiy qahramonlarning barchasini atrofdagi hayotdan norozilik va ideal dunyoga qochish istagi birlashtirib turadi[1].

Sharhlar

tahrir

1849-yil yanvar oyida nashr etilgan „Sovremennik“ asarida Aleksandr Drujininning ushbu asar uchun sharhi berilgan boʻlib, unda tanqidchi „Oydin tunlar“ asarini „Golyadkin“, „Slabogo serdtsa“ asarlaridan yaxshiroq deya baholagan. Drujininning fikricha, asarning eng muhim kamchiligi shundaki, xayolparast obrazi aniq bir vaqt yoki zamonni tasvirlanmagan, uning kasbi va bir qancha boshqa xususiyatlari oʻquvchiga nomaʼlumligicha qolgan. Tanqidchi: „Oydin tunlardagi xayolparast obrazining shaxsi yanada aniqroq yoritib berilganida va uning bir qancha xususiyatlari aniqroq yetkazib berilganda, asar badiiy adabiyot sohasida koʻp narsaga erishgan boʻlardi“, deb yozgan edi. Drujinin, shuningdek, „har bir sahifada uchrab turadigan bir xillik“ka sabab asarni yozishda shoshqaloqlikka yoʻl qoʻyilgan degan fikrlarni ham keltirib oʻtgan[1].

Stepan Dudishkin „Otechestvennyye zapiski“dagi oʻz sharhida „Oydin tunlar“ni 1848-yilda yaratilgan eng yaxshi asarlar qatoriga qoʻshib, Dostoyevskiy asarlarida qahramonlarning psixologik tahlili yetakchi rol oʻynashini taʼkidlagan. Dudishkin asar toʻgʻrisida shunday yozgan edi: "Muallif oʻz asarlarida bir xil soʻzlarni tez-tez takrorlashi, koʻpincha har bir nafasida ideallikka erishishga harakat qiladigan qahramonlar obrazini yaratishi, shundoq ham bechorahol insonlarning qalbi muhabbat sabab yana bir bor parchalanish holatini tasvirlashi bois tanqid qilinadi „Oydin tunlar“da esa muallif bu borada deyarli benuqson. Asar yengil va oʻynoqi ruhda yozilgan boʻlib, agar bosh qahramonning oʻziga xos xususiyatlari biroz boshqacharoq tasvirlanganida, ushbu asar badiiy jihatdan juda yetuk boʻlar edi"[1].

1859-yilda „I. S. Turgenev va uning faoliyati“ asarida Apollon Grigoryev ham „Oydin tunlar“ni tilga olib, asarni „sentimental naturalizm“ maktabining eng yaxshi namunalaridan biri deya taʼkidlaydi[1].

1860-yilda roman qayta nashr etilgandan soʻng, koʻplab shoir, yozuvchi va tanqidchilar tomonidan asarga turli sharhlar bildirildi. 1861-yilda Nikolay Dobrolyubov „Zabityye lyudi“ maqolasida asar bosh qahramonini yaratishda "Xoʻrlangan va haqoratlanganlar" romani qahramoni Ivan Petrovichdan ilhomlanilgan degan fikrlarni keltirib oʻtgan. Bundan tashqari, oʻsha yili „Syne otechestva“ va „Severnoy pchele“da ham ushbu asar haqida qisqacha ijobiy sharhlar paydo boʻlgan[1].

Yozuvchi Yevgeniy Tur 1861-yilda „Ruskoy rechi“ uchun yozgan maqolasida asarni maqtab, uni rus adabiyotidagi „eng yaxshi poetik asarlardan biri“, „maʼno jihatdan oʻziga xos va ijro jihatdan juda nafis“ deya baho bergan[1]. 1880-yillarning boshlarida asarning badiiy xususiyatlari Nikolay Mixaylovskiy tomonidan yuqori baholangan[1].

Badiiy xususiyatlari

tahrir

1860-yillarda asarning qayta koʻrib chiqilganidan keyingi versiyasida, ayniqsa, Pushkin motivlarini sezish mumkin. 1860-yillarning boshlarida Dostoyevskiy Pushkinning rus madaniyatidagi rolini sinchkovlik bilan oʻrganib chiqqan va uni „rus ruhi va rus maʼnaviyatining kuchli timsoli“, „Misr kechalari“ asarini esa „rus adabiyotidagi eng buyuk sanʼat asari“, „sheʼriyatimizning badiiy jihatdan eng mukammal asari“ deb atagan[1].

Sahnalashtirilishi

tahrir

Musiqa

tahrir
  • 1967 – kamer operasi „Belyye nochi“, kompozitor Yuriy Butsko.
  • 1984 – opera „Belyye nochi“, kompozitor Stanaylo Raichich.
  • 2015 – opera „Belyye nochi“, kompozitor Yevgeniy Karmazin[2].
  • 1994 – „Belyye nochi“ (F. M. Dostoyevskiy romani va Gofman sheʼridan ilhomlangan holda), rejissyor Grigoriy Dityakovskiy, Bryantsev nomidagi Yoshlar teatri.
  • 2003 – „Belyye nochi“, rejissyor Nikolay Druchek, „Pyotr Fomenko ustaxonasi“ teatri.
  • 2006 – „Belyye nochi“, rejissyor Natalya Milchenko, Mixail Chexov nomidagi Dramatik sanʼat laboratoriyasi (Yekaterinburg).
  • 2006 – „Belaya noch“, rejissyor Oleg Kulikov, Fontanka Yoshlar teatri.
  • 2007 – „Belyye nochi“, rejissyor Marina Brusnikina, Chexov nomidagi Moskva badiiy teatr maktabi.
  • 2008 – „Belyye nochi“, rejissyor Nikita Kobelev, „Klyuch“ teatr-studiyasi (Naberejnye Chelni)[3].
  • 2009 – „Mechtatel, ili chernyye komedii belix nochey“ (F. M. Dostoyevskiy asaridan ilhomlanib), rejissyor Vladimir Vorobyev, Vladimir Malishitskiy kamer teatri[4].
  • 2011 – „Belyye nochi“, rejissyor Ivan Gertner, Dayrin Ekzyu, „Piligrim“ teatr-studiyasi (Germaniya)[5].
  • 2011 – „Belyye nochi“, rejissyor Kseniya Ravvina, Oliy musiqa va ijro sanʼati maktabi (Mayn, Frankfurt).
  • 2011 – „Belyye nochi“, rejissyor Didye Vey, Epilog teatri (Fransiya)[6].
  • 2016 – „Belyye nochi“, rejissyyor Natalya Nikolayeva, Rybinsk drama teatri.
  • 2019 – „Belyye nochi“, rejissor Edgar Zakaryan, G. A. Tovstonogov nomidagi Katta drama teatri.
  • 1934 – „Peterburgskaya noch“, rejissyor Grigoriy Roshal, Vera Stroeva (SSSR).
  • 1957 – „Belyye nochi“ (asl nomi: „Le notti bianche“), rejissyor Lukino Viskonti (Italiya).
  • 1957 – „Belyye nochi“ (asl nomi: „Noites Brancas“, rejissor Luis Gallon („Velikaya teatr tupi“ seriali epizodi; Braziliya).
  • 1958 – „Belyye nochi“, rejissyor Merab Djaliashvili (SSSR).
  • 1959 – "„Belyye nochi“ Ivan Pyryev (SSSR).
  • 1960 – „Obmanshik“, rejissyor Manmohan Desai (Hindiston).
  • 1962 – „Le notti bianche“, rejissyor Vittorio Kottafavi (Italiya).
  • 1964 – „Helle Nächte“ (TV), rejissyor Vilgelm Semmelrot (Germaniya).
  • 1964 – „Noches blancas“ (TV), „Roman“ seriali epizodi (Ispaniya).
  • 1971 – „Quatre nuits d’un reveur“, rejissyor Robert Bresson (Fransiya, Italiya).
  • 1973 – „Noites Brancas“ – Zbignev Ziebinski filmi (Braziliya)[7].
  • 1981 – „Belyye nochi“ (TV), rejissyor Stelios Rallis („Teatr po ponedelnikam“ seriali epizodi (Gretsiya).
  • 1987 – "Belyye nochi. Sentimentalniy roman iz vospominaniy mechtatelya (TV), rejissyorlar Vladimir Golovin, Andrey Andreev (SSSR).
  • 1992 – „Belyye nochi“, rejissyor Leonid Kvinixidze (Rossiya).
  • 2001 – „V noci“, rejissyor Marta Novakova (Chexiya).
  • 2003 – „Belyye nochi“ rejissyor Farzad Motamen (Eron).
  • 2003 – Iyarkai, rejissyor S. P. Jananatan (Hindiston).
  • 2005 – „White Nights“, rejissyor Alana Silver (AQSh).
  • 2006 – „Ahista Ahista“, rejissyor Shivam Nair (Hindiston).
  • 2007 – „Saawariya“, rejissyor Sanjay Lila Bxansali (Hindiston).
  • 2008 – „Two Lovers“, rejissyor Jeyms Grey (AQSh).
  • 2009 – „Kafe Nuar“, rejissyor Jung Sung-il (Janubiy Koreya).
  • 2009 – „Le notti bianche“, rejissyor Kristian Patane (Italiya).
  • 2009 – „The Seducer“, rejissyor Jons S. Koch (AQSh).
  • 2011 – „Venice Shore Nights“, rejissyor Timoti Uels (AQSh).
  • 2014 – „Strangely in Love“, rejissyor Amin Matalga (AQSh).
  • 2014 – „Priklyucheniye“, rejissyor Nariman Turebaev (Qozogʻiston).
  • 2017 – „Belyye nochi“, rejissyor Tatyana Voronetskaya, Andrey Bogatyrev (Rossiya).

Rejissyor Teylor Xekford tomonidan suratga olingan „Belyye nochi“ (1985-yil) filmining Dostoyevskiyning asariga hech qanday aloqasi yoʻq.

  • 1980 yil – „Oydin tunlar“ radio spektakli, rejissor Aleksey Batalov.

Asar radioda bir necha yillar davomida Mariya Petrova, Nikolay Persianinov, Georgiy Taratorkin tomonidan ijro etilib kelingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Semyonov. Ye. I., Solomina N. N. Primechaniya // F. M. Dostoevskiy. Polnoe sobranie sochineniy v 15 tomax / pod red. N. F. Budanovoy. – S. 558—562. —592 s. – 500 000 ekz.
  • Solomina N. N. Primechaniya // F. M. Dostoevskiy. Polnoe sobranie sochineniy v tridsati tomax / pod red A. S. Dolinina i Ye. I. Kiyko. – Leningrad: Nauka, 1972. – T. 2. – 528 s. – 200 000 ekz.
  • Podosokorskiy N. N. Prizraki „Belix nochey“ mason v pautine posmertiya, mayskaya utoplennitsa i dux sarya Solomona // Dostoevskiy i mirovaya kultura. Filologicheskiy jurnal. – 2019. № 3 (7). S. 88-116.

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Соломина 1972.
  2. „Видеоролик с премьерного спектакля 16.12.2015 г.“.
  3. „Театр-студия «Ключ»“. 2015-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-aprel.
  4. „Камерный театр“. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-aprel.
  5. „Театр-студия «Пилигрим»“. 2020-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  6. „Театр Эпилога“. 2015-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-aprel.
  7. Stranitsa filma na IMDB

Havolalar

tahrir