Oysha Sulton Begim — Fargʻona va Samarqandning malikasi. Boburiylar imperiyasining asoschisi va dastlabki boburiy hukmdor Boburning birinchi xotini bo'lgan.

Oysha Bobuning amakivachchasi bo‘lib, temuriylar shajarasiga mansub. Begim Boburning amakisi Samarqand va Buxoro podshosi Sulton Ahmad Mirzoning qizi edi[1].

Oilasi

tahrir

Oysha Sulton begim temuriy malika boʻlib, Sulton Ahmad mirzo (Samarqand va Buxoro podshosi) va uning rafiqasi Qutaq begimning uchinchi qizi boʻlgan. U Muhammad paygʻambarning xotini Oisha binti Abu Bakr sharafiga Oysha deb atalgan[2].

Begimning otasi Sulton Ahmad Mirzo Temuriylar saltanati hukmdorii Abu Said Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli va vorisi edi. Oyshaning amakilari orasida Fargʻona vodiysi hukmdori Umar Shayx Mirzo ham bor edi, keyinchalik Umar Shayx Mirzo uning qaynotasiga aylandi. Umar Shayxning farzandlari Bobur (bo‘lajak turmush o‘rtog‘i) va katta opasi Xonzoda Begim Oyshaning birinchi amakivachchalari edi.

Nikohi

tahrir

Oysha go‘daklik chog‘larida birinchi amakivachchasi, Umar Shayx Mirzo va xolasi Qutlug‘ Nigorxonim o‘g‘li Bobur bilan unashtirilgan edi. Ularning otalari aka-uka, onalari opa-singil edilar. Unashtirish 1488-yilda Samarqandda boʻlib oʻtgan. Oʻshanda Bobur atigi besh yoshda bo'lgan. Oysha 1499-yil avgustida Xo‘jandda Boburga o‘n bir yildan so‘ng turmushga chiqdi va keyin Farg‘onaga Bobur bilan birga qaytdi. Bobur otasi vafotidan keyin Farg‘ona vodiysi hukmdori sifatida taxtga o‘tirdi.

Yosh malika erini oldida ancha uyatchan va tortinchoq edi. Bobur uylanganining dastlabki vaqtlarida o‘n-o‘n besh kunda bir martagina Begimni ko‘rgani borardi. Bobur aytganidek, „Men unga (Oyshaga) yomon munosabatda bo‘lmagan bo‘lsam-da, bu mening birinchi turmushim bo‘lsa-da, hayo va uyatdan o‘n, o‘n besh, yigirma kunda bir marta ko‘rganman“[3]. Tez orada Bobur hatto bundan zerikdi va tashriflarini butunlay toʻxtatdi[4]. Shundan so‘ng, Oyshaning xolasi va qaynonasi Qutlug‘ Nigorxonim uni qattiq g‘azab bilan taʼna qilib (Anette Beverij tarjimasidagi tarjimai holida aytganidek, „ko‘p tanbehlar berib“) uni bir necha kunda bir marta uning oldiga jo‘natib turishardi[5]. Bobur bu vaqtda ayollarga ham, turmushga ham qiziqmas edi. Shunga qaramay, Oysha uch yillik turmushidan keyin Boburning birinchi farzandini dunyoga keltirdi. Bu Faxriniso ismli qizi edi. 1501-yilda Samarqandda tugʻilgan, bir oy yoki qirq kundan keyin vafot etgan. Uning oʻlimi Boburni eng koʻp qaygʻuga soldi, chunki u oʻz qizini juda yaxshi koʻrar edi[6].

Ajralishi

tahrir

Dastlab Bobur va Oyshaning munosabatlari ancha yaqin bo‘lgan bo‘lsa-da, keyinchalik ular janjallashib qoladi. 1503-yilda Toshkent Shayboniyxon qoʻliga oʻtishidan oldin Bobur malikani tashlab ketganga o‘xshaydi. Boburning aytishicha, Oyshaning katta opasi Robiya Sulton Begim hiyla-nayranglari bilan aldab, uni uyidan chiqib ketishga undagan[7].

Manbalar

tahrir
  1. Erskine, William. A History of India Under the Two First Sovereigns of the House of Taimur, Báber and Humáyun. Longman, Brown, Green, and Longmans, 1854 — 128-bet. 
  2. Urubshurow, Victoria Kennick. Introducing world religions. Providence, Utah: Journal of Buddhist Ethics Online Books, 2008 — 6-bet. ISBN 9780980163308. 
  3. abridged, translated from the Turkish by Annette Susannah Beveridge. Babur Nama : journal of Emperor Babur, 1.publ., New Delhi: Penguin Books, 2006 — 31-bet. ISBN 9780144001491. 
  4. Harold, Lamb. Swords from the East.. University of Nebraska Press, 2010 — 364-bet. ISBN 9780803229723. 
  5. The London Literary Gazette and Journal of Belles Lettres, Arts, Sciences. H. Colburn. 1827. pp. 22. 
  6. Shyam, Radhey. Babar. Janaki Prakashan, 1978 — 105-bet. 
  7. Babur (Emperor of Hindustan). Memoirs of Zehir-Ed-Din Muhammed Baber: Emperor of Hindustan Waddington: . Longman, Rees, Orme, Brown, and Green, 1826 — 22-bet.