Ozan Muhammed Kabak (2000-yil 25-martda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, Bundesliganing 1899 Hoffenheim klubi va Turkiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ozan Kabak
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ozan Muhammed Kabak
Tavallud sanasi 25-mart 2000-yil (2000-03-25) (24 yosh)
Tavallud joyi Ankara, Turkiya
Boʻyi 1.87 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1899 Hoffenheim
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2017 Galatasaray
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2019 Galatasaray 14 (0)
2019 VfB Stuttgart 15 (3)
2019—2022 Schalke 04 40 (3)
2021Liverpool (Ijara) 9 (0)
2021—2022Norwich City (Ijara) 11 (0)
2022- 1899 Hoffenheim 1 (0)
Milliy terma jamoa
2015 TurkiyaU15 7 (1)
2015—2016 Turkiya U16 15 (5)
2016—2017 Turkiya U17 15 (3)
2018 Turkiya U18 11 (4)
2019- Turkiya 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-avgust 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-iyun 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Galatasaroy tahrir

Ozan „Galatasaroy“ yoshlar akademiyasiga 2011-yilda qoʻshilgan. U 2017-yilning 1-iyulida Galatasaroy bilan ilk professional shartnomasini imzolagan[1]. Ozan 2018-yil 12-may kuni „Galatasaroy“ safida „Yeni Malatyaspor“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda professional debyut qilgan[2]. 2018-yil 24-oktabrda u Chempionlar ligasidagi ilk oʻyinini 2018\19-yilgi mavsumda "Schalke 04" ga qarshi oʻz uyida 0:0 hisobidagi durang bilan oʻtkazgan[3].

VfB Stuttgart tahrir

2019-yilning 17-yanvarida Kabak Bundesliganing VfB Stuttgart jamoasiga oʻtgan va u jamoa bilan 2024-yilning iyunigacha shartnoma imzolagan[4]. 3-mart kuni u „ Hannover 96“ga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida ikkita gol urgam va oʻzining karyerasidagi ilk gollarini nishonlagan[5]. Shunday qilib, 18 yosh, 11 oy va 7 kunligida u Bundesliganing bir uchrashuvida ikki marta gol urgan eng yosh turkiyalik markaziy himoyachi va uchinchi eng yosh „Stuttgart“ futbolchisiga aylangan[6].

Schalke 04 tahrir

2019-yil 30-iyun kuni Kabak „Schalke 04“ga 5 yillik shartnoma asosida 15 million yevro evaziga qoʻshilgan, „Schalke“ oʻz shartnomasida klubdan ozod qilish bandini ham qoʻshib qoʻygan (istalgan vaqtda futbolchi xizmatidan voz kechishi mumkin)[7]. U klubdagi birinchi mavsumida doimiy maydonga tushib, 28ta oʻyinda, 3ta gol urgan[8]. 2020-yil sentabrida u beshta oʻyinga diskvalifikaciya qilingan va „Werder“ futbolchisi Lyudvig Avgustinsonga tupurgani uchun 15 ming yevro jarimaga tortilgan. Shundan soʻng Kabak Twitter orqali Augustinssondan uzr soʻragan va unga qizil kartochka koʻrsatilgan voqea tasodif ekanligini taʼkidlagan[9].

Liverpool (ijara) tahrir

2021-yilning 1-fevralida Kabak 2020/21-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida "Liverpool" bilan shartnoma imzolagan. Xabar qilinishicha, kelishuv 1 million funt sterlingga teng boʻlgan, shuningdek, „Liverpool“ning Chempionlar ligasidagi oʻyinlari va oʻyiniga qarab qoʻshimchalar uchun 500 ming funt sterling toʻlashi mumkin boʻlgan. Shartnoma yana, taxminan 18 million funt sterlingga belgilangan va qoʻshimchalar bilan 26,5 million funtga koʻtarilishi mumkin boʻlgan sotib olish opsiyasini ham oʻz ichiga olgan[10][11]. 2021-yil 13-fevralda u „Liverpool“dagi debyutini Premer-liga doirasida „Leicester City“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va safarda 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchragan[12][13]. 16-fevral kuni u UEFA Chempionlar ligasining 2020\21-yilgi mavsumida RB Leypsig ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va bu musobaqada ingliz klubi safida maydonga tushgan ilk turkiyalik futbolchiga aylangan. Mavsum oxirida „Liverpool“ Kabakni doimiy ravishda sotib olishdan bosh tortgan[14].

Norwich City (ijara) tahrir

2021-yil 30-avgustda Kabak Angliya premier ligasiga yangi koʻtarilgan „Norwich City“ klubiga mavsum oxiriga qadar ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[15].

1899 Hoffenheim tahrir

2022-yil 23-iyulda Kabak 1899 Hoffenheim klubiga oʻtgan va 2026-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolagan[16].

Xalqaro faoliyati tahrir

Ozan Turkiyaning yoshlar terma jamoasi vakili hisoblanadi. U 2017-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Turkiya U17 terma jamoasi sardori boʻlgan[17] va UEFA tomonidan eng yaxshi 10 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritilgan[18]. 2019-yil 17-noyabr kuni Kabak Turkiya kattalar terma jamoasi safida Andorraga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan va Turkiya 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[19].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Galatasaray 2017-18 Süper Lig 1 0 0 0 0 0 1 0
2018-19 Süper Lig 13 0 0 0 4 0 17 0
Jami 14 0 0 0 4 0 18 0
VfB Stuttgart 2018-19 Bundesliga 15 3 2 0 17 3
Schalke 04 2019-20 Bundesliga 26 3 2 0 28 3
2020-21 Bundesliga 14 0 0 0 14 0
Jami 40 3 2 0 42 3
Liverpool (Ijara) 2020-21 Premier Liga 9 0 4 0 13 0
Norwich City (Ijara) 2021-22 Premier Liga 11 0 1 0 0 0 12 0
1899 Hoffenheim 2022-23 Bundesliga 1 0 1 1 2 1
Karyerada jami 90 6 4 1 0 0 8 0 2 0 104 8

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Turkiya 2019 1 0
2020 6 0
2021 6 0
2022 4 0
Jami 17 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Galatasaroy

Shaxsiy yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Galatasaray'da bir ilk… Ozan Kabak…“.
  2. „GALATASARAY A.Ş. EVKUR YENİ MALATYASPOR - Maç Detayları TFF“. www.tff.org.
  3. „Galatasaray 0–0 Schalke“. UEFA (24-oktabr 2018-yil).
  4. „VfB sign Ozan Kabak“. VfB Stuttgart (17-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2019-yil.
  5. „Mario Gomez, Ozan Kabak and Steven Zuber fire VfB Stuttgart to victory in relegation six-pointer with Hannover“. Bundesliga (3-mart 2019-yil). Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
  6. „Ozan Kabak: Who is VfB Stuttgart's rising defensive star?“. Bundesliga (18-aprel 2019-yil). Qaraldi: 21-aprel 2019-yil.
  7. „FC Schalke 04 sign Ozan Kabak from Stuttgart“. FC Schalke 04 (30-iyun 2019-yil).
  8. „AC Milan considering a €25 million offer for Liverpool target Ozan Kabak“. footballexpress.in (3-dekabr 2020-yil). 2020-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  9. „Liverpool complete loan deal for Schalke defender Ozan Kabak“. Goal.com (2021-yil 2-fevral).
  10. „Liverpool sign Ozan Kabak on loan from Schalke“. Independent.co.uk. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  11. „Ozan Kabak transfer: Liverpool agree deal for Schalke centre-back as Arsenal defender Shkodran Mustafi set to join Bundesliga club“. Skysports.com (1-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
  12. Carroll. „Team news: Confirmed Liverpool line-up v Leicester“. Liverpool FC (13-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-fevral 2021-yil.
  13. McNulty, Phil. „Leicester 3-1 Liverpool: Foxes take advantage of late defensive errors“. BBC Sport (13-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-fevral 2021-yil.
  14. „Ibrahima Konate: Liverpool agree to sign RB Leipzig defender for £35m on long-term deal“. BBC Sport (28-may 2021-yil). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
  15. „City complete signing of Ozan Kabak“. www.canaries.co.uk (30-avgust 2021-yil).
  16. „Kabak stärkt die TSG-Defensive“ (olmoncha). tsg-hoffenheim.de. TSG Hoffenheim (23-iyul 2022-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  17. fanatik. „Ozan Kabak kimdir?“. Fanatik.
  18. uefa.com. „Under-17 - News – UEFA.com“ (22-may 2017-yil).
  19. „Ozan Kabak and Ahmed Kutucu celebrate debut win“. FC Schalke 04 (17-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2020-yil.
  20. „O. KABAK“. SOCCERWAY. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
  21. David Frey. „VfB-Juwel Ozan Kabak zum Bundesliga-Shootingstar 2018/19 gewählt“ (De). www.tag24.de (6-iyun 2019-yil). 6-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2019-yil.
  22. „Ozan Kabak: Bundesliga's TAG Heuer Rookie of the Season for 2018/19“ (En). Bundesliga (6-iyun 2019-yil). 6-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2019-yil.
  23. „Ozan Kabak - Bundesliga Rookie of the Season 2018/2019“. Bundesliga Rookie. AWS. 31-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.