Ozraptor ("Avstraliya oʻgʻrisi" degan maʼnoni anglatadi) — bir qancha suyak qoldiqlardan maʼlum boʻlgan Avstraliya Oʻrta Yura davri Colalurasida yashagan ehtimoliy, abelizavr teropod dinozavr turi vakili[1].

Ozraptor
Vaqt diapazoni: Oʻrta Yura davri
~169 million yil oldin
Ilmiy tasniflanishi edit
Oilasi: Animalia
Turkum: Chordata
Kladasi: Dinosauria
Kladasi: Saurischia
Kladasi': Theropoda
Kladasi: Averostra
Tur: Ozraptor

Long & Molnar, 1998
Maxsus nomi:
Subotaii
Biologik nomlanishi
Ozraptor subotaii
Molnar, 1998
Ozraptorning tahminiy hajmi

Kashf etilishi va nomlashi tahrir

1967-yilda oʻn ikki yosh atrofidagi Shotlandiya kollejining toʻrt nafar oʻquvchilari Jeraldton yaqinidagi Bringo temir yoʻlini kesish maydonida tosh qoldiqlarni topishadi va uni Gʻarbiy Avstraliya universiteti professori Reks Priderga koʻrsatishadi. Qoldiqlar qirilib ketgan toshbaqa turiga tegishli deb oʻylashadi va topilmani Londondagi Britaniya Tabiat tarixi muzeyi mutaxassislariga joʻnatishadi[2]. 1990-yillarda Jon Albert Long va Ralf Molnar tomonidan toshga aylangan suyaklarni oʻrganib chiqish orqali, topilmalar teropodlar turkumiga mansub, deya taʼriflanadi[3].

1998-yilda Long va Molnar ushbu topilmani qayta oʻrganadilar va uni Ozraptor subotaii turi deya nomlaydilar va tavsiflaydilar. Umumiy nom avstraliyaliklarning laqabi boʻlgan „Ozzies“ va lotincha raptor soʻzlaridan olingan. Maxsus qoʻshimcha nom — subotaii fantastik qahramon, "Varvar Konan " filmidagi tez yuguruvchi oʻgʻri va kamonchi „Subotay“ sharafi nomlangan[4].

 
Ozraptorning taxminiy o'lchami nisbati

Holotip, UWA 82469, taxminan 169 million yil oldin, oʻrta Yura davriga tegishli Colalura qumtoshida topilgan. Ushbu topilmalar asosi chap tizza va toʻpiq orasidagi distal suyakdan iborat edi. Rhoetozavr bilan birga Ozraptor ham Avstraliyadan topilgan eng qadimgi dinozavrlardan hisoblanadi[5].

Namuna 8 sm(3.1in) uzunlikda va 4 sm (1.6 in) kenglikga ega boʻlgan. Ushbu oʻlchovlarga koʻra, oyoq suyagining umumiy uzunligi taxminan 17 — 20 santimetr (6,7 — 7,9 dyuym) deya baholanadi. Hamda ushbu zavrning umumiy boʻy uzunligi 2 metr (6,6 ft)ni tashkil etganligi aniqlangan. Uni dinozavrning oʻziga xos turi sifatida eʼlon qilish uchun imkon beruvchi uchta diagnostik xususiyat aniqlangan: tos suyagining koʻtarilish jarayoni dum uchi bilan toʻrtburchak shaklga egaligi; tos suyagi yuza qismida vertikal tizma borligi; medial kondilning zaif rivojlanganligi.

Tasniflashi tahrir

Faqatgina qisman oyoq suyagidan maʼlum boʻlgan Ozraptorni tasniflash qiyin. 1998-yilda olimlar ushbu zavr tasnifini aniqroq koʻrsata olmaydilar. 2004-yilda Tomas Xolts uni Aveteropod aʼzosi deb hisoblagan. 2005-yilda Oliver Rauhut tomonidan oʻtkazilgan yana bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, u haqiqatan ham teropod, aniqrogʻi, astragalar trubasida aniq vertikal median tizma mavjudligiga asoslangan Abelisauroidea turi vakilidir[6]. Yagona tur, deya tasniflangan-da, Ozraptor, eng qadimgi abelizavrid boʻlar edi. Biroq, Rauhut keyinchalik uning belgilarining hech biri aslida abelizavrlar bilan bogʻlanmagan degan xulosaga keladi va shuning uchun Ozraptor eng yaxshi holatda Theropoda indet deb tasniflanishi kerakli tasdiqlanadi[7].

Manbalar tahrir

  1. Tykoski, R. and Rowe, T. (2004). „Ceratosauria“. in Weishampel, David B.; Dodson, Peter; and Osmólska, Halszka (eds.): The Dinosauria, 2nd, Berkeley: University of California Press. p. 109. ISBN 0-520-24209-2.
  2. Welles, S.P. and Long, J. A. (1974). The tarsus of theropod dinosaurs. Annals of the South African Museum 64: 191-218.
  3. Long, J.A. (1998). Dinosaurs of Australia and New Zealand and other animals of the Mesozoic Era. Harvard University Press, UNSW Press, pp 94-96. ISBN 0-86840-448-9
  4. Long, J.A. and Molnar, R.E. (1998). „A new Jurassic theropod dinosaur from Western Australia“. Records of the Western Australian Museum 19 (1): 221-229
  5. Long, J.A. (1998). Dinosaurs of Australia and New Zealand and other animals of the Mesozoic Era. Harvard University Press, UNSW Press, pp 94-96. ISBN 0-86840-448-9ISBN 0-86840-448-9
  6. Rauhut, O.W.M. (2005). „Post-cranial remains of ʻcoelurosaurs’ (Dinosauria, Theropoda) from the Late Jurassic of Tanzania“. Geological Magazine 142 (1): 97-107
  7. Rauhut, O.W.M. (2012). „A reappraisal of a putative record of abelisauroid theropod dinosaur from the Middle Jurassic of England.“ Proceedings of the Geologists' Association. 123(5), 779-786.